§3. Yengil sanoat leksikasining yasalish usullari
Ingliz, o‘zbek va rus tillarida yengil sanoat leksikasining so‘z yasalishi nuqtai-nazardan tahlil qilish jarayonida aniqlandiki, chog‘ishtirilayotgan tillarda ushbu sohaga oid so‘z va iboralar quyidachi so‘z yasash usullari yordamida yaratiladi:
I. Morfologik usul.
II. Morfologik-sintaktik usul.
III. Leksik-semantik usul.
IV. Leksik-sintaktik usul.
Prefiksatsiya. Tahlilimiz natijalariga ko‘ra, ingliz tilida o‘rganilayotgan soha leksikasi asosan quyidagi prefikslar yordamida hosil bo‘lgan:
Ot so‘z turkumi:
anti-: anti-bacterial, anti-crease, antiseptics, antistatic;
auto-: autoclave, automation, automatic;
bi-: bi-component, bi-constituent, bi-fibre;
Fe’l so‘z turkumi:
re-: reuse, recomb, reconstitute, recline;
dis-: discharge, dispose, disfigure;
over-: overcast, overcut, overprint;
O‘zbek tilida yengil sanoat sohasi leksikasini prefikslar yordamida yasashda
asosan quyidagi old qo‘shimchalar qo‘llaniladi:
Ot so‘z turkumi:
bio-: biomexanik, bioximik, bomexanika,biokimyo;
no-: noto‘qima, notekstil;
Sifat so‘z turkumi:
be-: beparanji, bepardoz, bexato, beandoza,beparda;
ser-: sertola, sertuk, seryamoq, serjun, serpaxta;
no-: noto‘qima, noo‘lcham, nosoz, norentabel, notekis;
Rus tilida o‘rganilayotgan soha leksikasi asosan quyidagi prefikslar yordamida yaalganligi aniqlandi:
Ot so‘z turkumi:
пере-: перекрест;
ре-: реактив.
Sifat so‘z turkumi:
не-: неглубокий, неяркий, неширокий.
вне-: производственный;
Fe’l so‘z turkumi:
в- (во-): вколоть, воткнуть, вставить;
воз- (вос-): воспроизводить, восстанавливать;
Ko‘rinib turganidek, prefiksatsiya yengil sanoat sohasiga oid so‘zlarni hosil qilish morfologik usuli sifatida ingliz va rus tillarida o‘zbek tiliga qaraganda o‘z faolligi, produktivligi bilan ajralib turadi. Ingliz tilida prefikslar yordamida ot va fe’l so‘z turkumlariga oid terminlar hosil bo‘lsa, o‘zbek tilida ot va sifat, rus tilida esa asosan fe’llar yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |