Titul varaqasi namunasi O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus


 O`zbekistonning inflyatsiya ko`rsatkichi tahlili


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana25.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1119502
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
INFLYATSIYA O’ZBEKISTONDA INFLYATSION HOLAT VA UNI TAHLIL QILISH

4. O`zbekistonning inflyatsiya ko`rsatkichi tahlili 
2019 yilning avgustida iste‟mol bozoridagi o„rtacha narxlar darajasining oy 
davomidagi o„sish sur‟ati 2,9 %ni tashkil etdi. 
Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-avgust oylari davomida iste‟mol bozoridagi 
tovarlar va xizmatlar narxi 8,2 %ga qimmatlashdi. 
2018 yilning avgust oyiga nisbatan respublika iste‟mol sektoridagi o„rtacha narxlar 
darajasi 16,5 %ga oshgan. 
2018 va 2019 yillarning yanvar-avgust davrlaridagi oylik narxlar o„zgarishi deyarli 
o„xshash tendensiyaga ega: yanvar oyidan may oyigacha o„rtacha narxlar darajasining 
ko„tarilganligi, keyingi ikki oy davomida esa narxlar arzonlashib, avgust oyida 


24 
iste‟mol narxlari indeksi 100 %lik ko„rsatkichdan yuqorini tashkil etgan. Biroq, 
taqqoslanayotgan davrlarning fevral-iyul oylaridagi narxlar o„zgarishi ko„rsatkichlari 
nisbatan bir-biriga yaqin bo„lib, yanvar va avgust oylaridagi tavofut sezilarli darajani 
tashkil etgan (2018 va 2019 yillarning yanvar oylarida 2,7 % ga qarshi 1,5 %, 2018 va 
2019 yillarning avgust oylaridagi ko„rsatkichlar 0,3 %ga qarshi 2,9 %ni tashkil etgan). 


25 
Markaziy bank hisob-kitoblariga ko„ra inflyatsiyaning eng yuqori darajasi joriy 
yilning ikkinchi choragida kuzatilishi mumkin. Ayni vaqtda, 2020 yilning ikkinchi 
yarmida tariflar o„sishining inflyatsiyaga ta‟siri pasayib boradi va yil oxirida inflyatsiya 
darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqinlashadi. 
O„tgan yillardagi inflyatsiya xususiyatining tahlili shuni ko„rsatadiki, davlat tomonidan 
tartibga solinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining muntazam tizimli ravishda 
oshirib kelinishi inflyatsiyaning asosiy omillaridan bo„lgan. Ta‟kidlash joizki, ushbu 
sohalarda narxlar shakllanishining bozor tamoyillarini joriy qilishni kechiktirish 
keyinchalik ham narxlarni har yil oshirib borishni talab qiladi. Bu, o„z navbatida, 
qo„shimcha inflyatsion bosimni yaratishda davom etadi va 2023 yilga kelib inflyatsiya 
bo„yicha maqsadli ko„rsatkichga – targetga erishishni qiyinlashtiradi. 
Narxlarning o„zgartirishni bir bosqichda amaga oshirish orqali bozor tamoyillarini 
joriy etilishi inflyatsiyaga ma‟lum darajada qisqa muddatli ta‟sir ko„rsatishi mumkin, 
biroq bu, o„z navbatida, ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish yo„lidagi 
muammolarni bartaraf etishga, respublika hududlarida energiya resurslaridan 
foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga hamda tovarlar va xizmatlar taklifi 
hajmining ko„payishiga xizmat qiladi. 
Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2020 yilning fevral oyida yillik inflyatsiya 
yanvar oyiga (14,3 foiz) nisbatan 0,8 foiz bandga va 2019 yilning dekabr (15,2 foiz) 
oyiga nisbatan 1,7 foiz bandga pasayib, 13,5 foizni tashkil qildi. 
2020 yil fevralda bazaviy inflyatsiya 2019 yil dekabrga nisbatan solishtirganda 1,4 
foiz bandga pasayib, 12,5 foizlik darajagacha tushdi. 
Inflyatsiya 
darajasining 
pasayishiga, 
birinchi 
navbatda, fundamental 
omillar, jumladan, iqtisodiyotni kreditlash hajmi va byudjet xarajatlarining o„sish 
sur‟atlarining sekinlashuvi, shuningdek, 2019 yilda yuzaga kelgan bir martalik omillar 
(o„tgan yil yanvar oyida QQSga tortiladigan bazaning kengayishi, avgust oyida milliy 
valyuta kursining devalvatsiyasi hamda energiya resurslari narxining oshishi, oktabr 
oyida un va non narxining erkinlashtirilishi) ta‟sirining qisqarishi sabab bo„ldi. 
Mavsumiy tebranishlarning ta‟sirining kamayishi joriy yilning yanvar-fevral 
oylarida oziq-ovqat 
mahsulotlari narxlarining barqaror bo„lishiga 


26 
xizmat qildi va ushbu guruh narxlarining o„sishi 2,4 foiznitashkil qildi (2019 yilning 
yanvar-fevral oylarida 4,9 foiz). 
Saqlash infratuzulmasining kengayishi va issiqxonalar tarmog„ining rivojlanishi 
hisobiga qish oylarida meva va sabzavotlar narxining keskin oshishi kuzatilmadi. 
Xususan, 2019 yilning yanvar-fevral oylarida mevalar 15,6 foizga, sabzavotlar 13,8 
foizga oshgan bo„lsa, joriy yilda narxlar o„sishi qariyb ikki barobarga pasayib, mos 
ravishda 7,7 foiz va 6,3 foizni tashkil qildi. 
2020 yilning yanvar-fevral oylarida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning o„sish 
sur‟ati 2019 yilning mos davriga (6,0 foiz) nisbatan 3,5 foiz bandga pasayib 2,5 
foizni tashkil etdi. 
Kredit portfeli umumiy o„sish sur‟atining pasayishiga qaramasdan bozorning turli 
segmentlarida kreditlarning o„sish dinamikasi turlicha bo„ldi. 
Jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi iste‟mol va ipoteka kreditlari segmentida 
yuqori o„sish sur‟ati (5,2 foiz) kuzatildi (umumiy kredit portfeli o„sishining 38 foizini 
tashkil qildi). Ushbu kreditlar bo„yicha foiz stavkalarning nisbatan yuqori bo„lishiga 
qaramasdan, ularga bo„lgan talabning yuqoriligi quyidagilar bilan izohlanadi: 

iste‟mol kreditlar bozori nisbatan yangi bo„lganligi uchun uzoq yillar davomida 
yig„ilib qolgan yuqori talab; 

iste‟molchilar moliyaviy savodxonlik darajasining yuqori emasligi; 

eng asosiysi, mamlakatda bir necha yillar davomida yuqori inflyatsiya 
kuzatilganligi sababli, iqtisodiyotda yuqori foiz xarajatlarini qaytarishning qiyin 
bo„lmasligi to„g„risidagi fikrlarning saqlanib qolishi. 
Xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkalarining nisbatan past ekanligi ushbu 
kreditlar hajmining 3,4foizga oshishiga sabab bo„ldi. 
Byudjet xarajatlari va iqtisodiyotni kreditlash hajmini qisqartirish bo„yicha amalga 
oshirilgan 
choralar 
muayyan 
darajada importga 
bo„lgan 
talabning 
muvozanatlashuviga olib keldi. Xususan, 2020 yilning yanvar oyida importning yillik 
o„sish sur‟ati 23 foizgacha (2019 yilning yanvar oyida 43 foiz, fevral oyida 40 
foiz) sekishlandi.
Noaniqlik 
va 
xatarlar. Jahon iqtisodiyotida koronavirus tarqalishi bilan 


27 
bog„liq bo„lgan iqtisodiy muammolar O„zbekiston iqtisodiyotiga ham muayyan darajada 
ta‟sir ko„rsatishi mumkin. 
Bunda ta‟sir 
ko„lami jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning davomiyligi bilan 
baholanadi. 
Iste‟mol savatchasida sezilarli ulushga ega bo„lgan Xitoydan import qilinadigan 
ayrim tovarlar hajmining qisqarishi ichki bozorda narxlarga ma‟lum bosimni yuzaga 
keltirishi mumkin. 
Ichki narxlar darajasiga “koronavirus” ta‟sirining bir martalik qisqa muddatli 
bo„lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoydan import qilinadigan tovarlar bo„yicha 
qoplanmagan talab ichki ishlab chiqarishning kengayishi va boshqa davlatlardan yangi 
import yo„nalishlarining yo„lga qo„yilishi orqali qoplanadi va natijada o„rta muddatli 
istiqbolda narxlar barqarorlashadi. 
Ichki bozorda go„sht va go„sht mahsulotlariga bo„lgan talabning sezilarli oshishiga 
nisbatan taklif hajmining nomuvofiq o„sishi narxlarga ma‟lum darajada bosim yaratadi. 
Chorvachilik sohasini tubdan rivojlantirish va bu uchun zarur bo„lgan ozuqa 
bazasini shakllantirish orqali ichki bozorni uzluksiz go„sht mahsulotlari bilan 
ta‟minlash, ma‟lum bir vaqtni talab qiladi. Shu bilan birga, boshqa davlatlardan 
(Belarus, Ukraina, Qozog„iston, Qirg„izston) go„sht importining yetarli darajada 
emasligi, shuningdek, go„sht importi narxining oshishi o„rta muddatli istiqbolda go„sht 
narxiga ta‟sir ko„rsatadi. 
Yana bir bor ta‟kidlash lozimki, transport infratuzilmasini, bozorlarda raqobatni 
rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz gaz va elektr energiya bilan ta‟minlash 
sohalarida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflyatsiya darajasi barqaror 
pasayishining asosiy omillaridan hisoblanadi. 
Inflyatsiya prognozi. 2020 yilning yanvar-fevral oylarida inflyatsiyaning pasayib 
boruvchi tendensiyasi kreditlarning yuqori o„sishni oldini olish va fiskal intizomning 
kuchaytirilishi orqali iqtisodiyotda inflyatsiya bosimini va inflyatsiyaga nomonetar 
omillar ta‟sirini pasaytirish, xususan tartibga solinadigan energiya resurslari narxlarini 
erkinlashtirish jarayonini kelgusi yillarga qoldirmasdan amalga oshirish mumkinligini 
ko„rsatdi. 


28 
Bunda, inflyatsiya darajasini prognoz doirasida ushlab turish quyidagilar omillar 
hisobiga ta‟minlanadi: 

umumiy 
fiskal 
balans taqchillik, 
O„TTJ 
daromad 
va 
xarajatlari 
muvozanatlashuvini ta‟minlagan holda, 2020 yilda tasdiqlangan parametrlarga (YaIMga 
nisbatan 2,7 foiz) to„liq mos bo„lishini ta‟minlash; 

banklar kredit portfelining mo„tadil o„sish sur‟ati, ya‟ni YaIMning nominal hajmi 
o„sish sur‟atidan oshmaydigan (25 foiz atrofida) darajada bo„lishi hamda kelgusi davrda 
kredit bozorida segmentlashuv darajasining pasayishi bilan pul-kredit siyosatining 
joriy sharoitini saqlab qolish; 

tashqi qarzning muvozanatli o„sishi, xususan, xorijiy valyutadagi kreditlar o„sishi 
va iqtisodiyotdagi qarz yukining muvozanatlashuvi hamda dollarizatsiya darajasining 
pasayishi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling