78
boshqa buyruqlarini bajarishda davom etadi. Bu protsessor moduldan so‘rov qabul
qilguncha davom etadi, bu esa kiritish/chiqarish buyrug‘i tugaganligini bildiradi.
Kiritish/chiqarishning eng tezkor usuli bu xotiraga bevosita murojaat qilishidir.
Ushbu usulni amalga oshirish uchun xotiraga bevosita
kirish boshqaruvchisi
ishlatiladi. Bu protsessor ishtirokisiz ma’lumotlar uzatishni tashkil qilish uchun
mo‘ljallangan, chunki shinani boshqarish va operativ
xotira bilan tashqi qurilma
o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish uchun protsessor funksiyalarini o‘z zimmasiga
oladi. Aslida, xotiraga bevosita kirish tekshiruvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xotiraga kirish
rejimini amalga oshiradigan kiritish/chiqarish modulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: