Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Download 450.29 Kb.
bet41/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Nazorat uchun savollar 
1. Signallarni diskret Fure o‘zgartirish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
2. Teskor Fure o‘zgartirishi jarayonini tushuntirib bering?
3.
Signallarni diskret-kosinus o‘zgartirish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
4. Adamar o‘zgartirishi qanday xususiyatlarga ega signallar uchun qo‘llaniladi?
5. Hara bazis tizimi qanday bazis tizimlar guruhiga kiradi?
6. Veyvlet o‘zgartirishiga ta’rif bering.
7. Signalning kepstral parametrlarini hisoblash nima maqsadda ishlatiladi?


72
5-MA’RUZA. SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH TIZIMLARINING 


ISHLASH REJIMLARI 
5.1. Signallarni qayta ishlash tizimlarining apparat ta’minoti 
Raqamli ishlov berish tizimlari odatda real vaqtda ishlaydi. Real vaqt tizimlari
(RVT) - bu obyektlarni yoki jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatib borish va
boshqarish uchun kompyuter vositalari, ya’ni ma’lumotni (signallarni) obyekt yoki
jarayondan olish darajasi bo‘yicha yig‘ish, qayta ishlash va berish jarayonidir [18,
19]. Ob’ekt texnik tizim (robot, mashina, samolyot, odam) bo‘lishi, jarayon esa
sanoat texnologiyasi, geofizik hodisa, biotibbiyot yoki fizik-kimyoviy jarayon
bo‘lishi mumkin. Ob’ekt ovoz yozish studiyasi yoki turli xil audio va video
signallarni qayta ishlash uskunalari bo‘lgan xonaning video kuzatuv tizimi bo‘lishi
ham mumkin.
RVT uchun SRIB apparat majmuasi (5.1-rasm):
5.1-rasm. Real vaqt tizimlarining tuzilishi

axborotni o‘lchash uskunalari – signal datchiklari (D), kirish kanallarining
kommutatorlari, tasodifiy shovqinlarni silliqlash uchun analog filtrlar, o‘lchash
signallarining kuchaytirgichlari, ARO‘ va RAO‘ signallari, buferlash va formatga
mos kelish vositalari;
Qurilma-Kirish
Qurilma-Chiqish
Kamutator
ARO’
Filtri
SP
Kamutator
RAO’
Rele
chiqishi
D1
D
2
D
n
In
I
1
I
2


73


signalni qayta ishlash vositalari - signal protsessorlari (SP) chiplari yoki
ixtisoslashtirilgan dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar shaklida
tayyorlangan funksional signalni qayta ishlash protsessorlari;

monitor va boshqaruv paneli ko‘rinishidagi tasvirlash va ro‘yxatga olish
vositalari;

obyektni ijro etuvchi aloqa kanali orqali axborotni boshqarish va yetkazish
vositalari (agar zarurat bo‘lsa) (I).
Signallar – bu o‘lchangan dinamik jarayonning modellari bo‘lib, ular vaqt
argumentiga ega funksiya sifatida ifodalanadi, chunki ular obyektning xatti-
harakatidagi o‘zgarishlarning xususiyatini yoki jarayon parametrlarini o‘z vaqtida
aniqlashga imkon beradi. Signallar bir o‘lchovli (yozib olingan), ikki o‘lchovli (tekis
shakl) yoki uch o‘lchovli (fazoviy tasvirlar) bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, SRIB
– bu tashqi hodisalar oqimiga belgilangan vaqt ichida javob berishga qodir bo‘lgan
apparat-dasturiy kompleks hisoblanadi.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling