Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua
Download 450.29 Kb.
|
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-MA’RUZA. SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH TIZIMLARINING
Nazorat uchun savollar
1. Signallarni diskret Fure o‘zgartirish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 2. Teskor Fure o‘zgartirishi jarayonini tushuntirib bering? 3. Signallarni diskret-kosinus o‘zgartirish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 4. Adamar o‘zgartirishi qanday xususiyatlarga ega signallar uchun qo‘llaniladi? 5. Hara bazis tizimi qanday bazis tizimlar guruhiga kiradi? 6. Veyvlet o‘zgartirishiga ta’rif bering. 7. Signalning kepstral parametrlarini hisoblash nima maqsadda ishlatiladi? 72
ISHLASH REJIMLARI 5.1. Signallarni qayta ishlash tizimlarining apparat ta’minoti Raqamli ishlov berish tizimlari odatda real vaqtda ishlaydi. Real vaqt tizimlari (RVT) - bu obyektlarni yoki jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatib borish va boshqarish uchun kompyuter vositalari, ya’ni ma’lumotni (signallarni) obyekt yoki jarayondan olish darajasi bo‘yicha yig‘ish, qayta ishlash va berish jarayonidir [18, 19]. Ob’ekt texnik tizim (robot, mashina, samolyot, odam) bo‘lishi, jarayon esa sanoat texnologiyasi, geofizik hodisa, biotibbiyot yoki fizik-kimyoviy jarayon bo‘lishi mumkin. Ob’ekt ovoz yozish studiyasi yoki turli xil audio va video signallarni qayta ishlash uskunalari bo‘lgan xonaning video kuzatuv tizimi bo‘lishi ham mumkin. RVT uchun SRIB apparat majmuasi (5.1-rasm): 5.1-rasm. Real vaqt tizimlarining tuzilishi – axborotni o‘lchash uskunalari – signal datchiklari (D), kirish kanallarining kommutatorlari, tasodifiy shovqinlarni silliqlash uchun analog filtrlar, o‘lchash signallarining kuchaytirgichlari, ARO‘ va RAO‘ signallari, buferlash va formatga mos kelish vositalari; Qurilma-Kirish Qurilma-Chiqish Kamutator ARO’ Filtri SP Kamutator RAO’ Rele chiqishi D1 D 2 D n In I 1 I 2 73
signalni qayta ishlash vositalari - signal protsessorlari (SP) chiplari yoki ixtisoslashtirilgan dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar shaklida tayyorlangan funksional signalni qayta ishlash protsessorlari; – monitor va boshqaruv paneli ko‘rinishidagi tasvirlash va ro‘yxatga olish vositalari; – obyektni ijro etuvchi aloqa kanali orqali axborotni boshqarish va yetkazish vositalari (agar zarurat bo‘lsa) (I). Signallar – bu o‘lchangan dinamik jarayonning modellari bo‘lib, ular vaqt argumentiga ega funksiya sifatida ifodalanadi, chunki ular obyektning xatti- harakatidagi o‘zgarishlarning xususiyatini yoki jarayon parametrlarini o‘z vaqtida aniqlashga imkon beradi. Signallar bir o‘lchovli (yozib olingan), ikki o‘lchovli (tekis shakl) yoki uch o‘lchovli (fazoviy tasvirlar) bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, SRIB – bu tashqi hodisalar oqimiga belgilangan vaqt ichida javob berishga qodir bo‘lgan apparat-dasturiy kompleks hisoblanadi. Download 450.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling