Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


 Signallarga funksiyali ishlov berishning umumiy algoritmlari


Download 450.29 Kb.
bet40/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

4.6. Signallarga funksiyali ishlov berishning umumiy algoritmlari 
Funksional ishlov berishning asosiy algoritmlari [4, 5, 9]:

vaqt va chastota sohalarida filtrlash algoritmlari;

tasodifiy shovqinlar fonida foydali signallarni aniqlash algoritmlari;

signal va tasvirlarni siqish algoritmlari.

signallarni analitik qayta ishlash.


70
Vaqt sohasidagi filtrlash algoritmlari chekli va cheksiz impuls xususiyatli


raqamli filtrlarga asoslangan bo‘lib, ularning sxemalari va ishlashi oldinroq ko‘rib
chiqilgan edi. Ushbu algoritmlar uchun dastlabki ma’lumotlar vaqt sohasidagi
signalning joriy qiymatlari hisoblanadi. Filtrlash uchun signalning foydali tarkibiy
qismini aniqlaydigan signal chastotalari muhim bo‘lib, qolgan chastotalar va
signalning tegishli qiymatlari birdan kichik koeffitsiyentga ko‘paytiriladi yoki yo‘q
qilinadi.
Chastota sohasidagi filtrlash algoritmlari signalni oldindan spektrga
o‘zgartirish, AChX ni qurish, o‘tkazish diapozoni va spektr kengligini aniqlashni o‘z
ichiga oladi. Filtrlash chekli filtr o‘tkazish diapozoni doirasidan tashqariga
chiqadigan spektral koeffitsiyentlarni kamaytirish yoki yo‘q qilish orqali amalga
oshiriladi. Signal tarkibidagi xalaqitlar tasodifiy yoki doimiy xususiyatli bo‘lishi
mumkin. Tasodifiy xalaqitlar bir martalik bo‘lishi mumkin. Ular odatda asosiy
signalga chastota bo‘yicha to‘g‘ri kelmaydi. Doimiy xalaqitlar signalning butun
uzunligi bo‘ylab mavjud va chastotasi signalga to‘g‘ri kelishi mumkin. Doimiy
xalaqitlardan xalos bo‘lish va foydali signallarni ajratib olish korrelyatsion tahlil
yordamida amalga oshiriladi. Bunday tahlil yordamida qayta ishlashga radar
tizimlari, geofizik tadqiqotlar, nutqga raqamli ishlov berish misol bo‘ladi.
Vaqt sohasida signalni siqish algoritmlari differensial impuls-kodli
modulyatsiyasi yordamida amalga oshiriladi (4.11-rasm).
4.11-rasm. Differensial impuls-kodli modulyatsiya


71
Bunday holda, analog-raqamli o‘zgartirish jarayonida ikkita qo‘shni


qiymatlar orasidagi farq hisoblab chiqiladi va bu farq aloqa kanaliga yoki xotiraga
uzatiladi. Ushbu farqni ifodalaydigan kam miqdordagi raqamlar siqish effektini
beradi. Ba’zan siqish uchun signal detsimatsiyasi ishlatiladi.
Spektral sohadagi siqish algoritmi signallar spektri, uning AChX har doim
vaqt sohasidagi signal qiymatlariga qaraganda pastroq o‘lchovga ega bo‘lganligi
sababli ta’minlanadi. Bunday holda, siqish koeffitsiyentini yoki kam vaznli spektral
koeffitsiyentlarni yo‘q qilish orqali yoki kepstr qiymatlarini hisoblash uchun
qo‘shimcha algoritm yordamida oshirish mumkin. Bu signalning ma’lumotli
parametrlari (xususiyatlari) sonini ko‘paytirish va kirish signal modeli bo‘lgan
tegishli fizik jarayonni tanib olish sifatini oshirishga imkon beradi.
Signalga analitik ishlov berish signalning boshlanish va oxirgi momentlarini,
uning maydonini, energiyasi va quvvatini hisoblashni, hosila belgisidagi o‘zgarish
nuqtalarini, maksimalini hisoblashni o‘z ichiga oladi. Maxsus datchiklar yordamida
tezlik, chiziqli masofalar, tezlanish, aylanishlar soni, rangni o‘lchash, so‘ngra esa
ularni hisoblash mumkin. Keng tarqalgan ishlov berish usullari va algoritmlaridan
biri bu analitik funksiyalar, algebraik polinomlar g‘oyasida signallarni aks
ettirishdir. Bunday vazifalar kompyuter grafikasi, loyixalash, geodeziya va
kartografiyada keng qo‘llaniladi. Signalni polinomning universal shakliga
o‘zgartirish vaqt sohasida ham (eng kichik kvadratlar usuli yordamida) va spektral
sohada ham amalga oshirish mumkin.


Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling