Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Download 450.29 Kb.
bet48/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Bilvosita manzillash.
To‘g‘ri manzillashga xos bo‘lgan muammolarni yengish yo‘llaridan biri
buyruqning cheklangan manzilli maydoni yordamida yacheyka manzili
ko‘rsatiladigan usuldan foydalanishdir. Yacheyka esa, o‘z navbatida, operandning
to‘liq manziliga ega (6.3,
b
-rasm).
Agar ijrochi manzil o‘zi saqlanadigan registr nomi bilan ko‘rsatilsa, operand
manzillanishi egri deyiladi. (Tegishli registr manzil registri deyiladi). Bunda
operandning ijrochi manzili asosiy xotiraning yacheykasida emas, protsessor
registrlaridan birida saqlanadi (6.3,
v
-rasm). Bilvosita manzillashda kengaytirish
so‘zi, qoidaga ko‘ra, qo‘llanilmaydi. Manzillash barcha signal amallar tomonidan
qo‘llaniladi.
Ma’lumotlar va manzillar ustida amallarni mustaqil bajarish uchun ko‘pchilik
signal protsessorlar uchun manzil ineratsiyasi qurilmasi nazarda tutilgan. Motorola
firmasi protsessorlarida bu AGU manzil ineratsiyasi qurilmasi (Address Generation
Unit), Analog Devices firmasi protsessorlarida DAG1 (Data Address Generator)
m’lumotlar manzili generatori va Texas Instruments firmasining TMS320C2x
protsessorlarida yordamchi registrlarning ARAU (Auxiliary Register Arithmetic
Unit) arifmetik qurilmalari, TMS320C6xxx protsessorlarida – ma’lumotlar manzili
generatsiyasining D-moduli. Manzillarining shakllanishi uch turli registrlarni talab
qiladi, ularning shartli nomlari:

manzil registri;

surish registri;


88


arifmetika turi registrining funksiyalariga mos keladi.
Manzil registrlarining mavjudlik varianti 6.3,
v
-rasmda keltirilgan. Egri
manzil xotirada emas registrda saqlanishi tufayli operandga xotiraga kirish uchun
bitta kam murojaat talab qilinadi. Taniqli firmalarning ko‘pchilik SPlarida
manzilning 16-razryadli registridan foydalaniladi, bu xotira yacheykalarini 64 Kbayt
chegarada manzillashlash imkonini ta’minlaydi.
Surishli manzillashda ijrochi manzil buyruq manzilli maydoni tarkibini
protsessorning bir yoki bir necha registrlari tarkibi bilan yig‘ish natijasida
shakllanadi (6.3,
g
-rasm). Ayrim protsessorlarda surish uchun maxsus registrlar
(surish registrlari, asosiy yoki indeksli registrlar) nazarda tutilgan. Unda buyruqning
manzilli qismi faqat Ak maydonga ega. Agar umum foydalanuvchiga erkin registr
qo‘llanilsa, operand manzili tarkibiy qismi sifatida muayyan registrni ko‘rsatish
uchun buyruq maydonida qo‘shimcha R maydon qo‘shiladi. Umumiy hollarda
surishli manzillash ikkita manzilli maydon: Ak va R ni nazarda tutadi. Ko‘rsatilgan
manzillarni yig‘ish natijasida ijrochi manzil olinadi va u bo‘yicha operandning o‘zi
topiladi.
Bilvosita manzillashning yana bir turi – bu indeksli manzillash. Ushbu
variantda Ak buyruq maydoni xotira yacheykasi manziliga, arifmetika ragistrlari esa
ushbu manzilga nisbatan surishga ega. Indeksli manzillash interfaol hisoblashlarni
tashkil qilish uchun qulay mexanizmni taqdim etadi. Ko‘pchilik SRIB algoritmlari
ma’lumotlar massiviga ishlov berish bilan bog‘liq. Bittaga yoki boshqa konstantaga
surishli indeksli manzillash ma’lumotlar xotirasidagi qo‘shni massiv elementlariga
dasturiy murojaatni oddiy tashkil etishni ta’minlaydi.
Indeksli registr tarkibining ijrochi manzil shakllangandan keyingi avtomatik
kattalashishi postinkrementli indekslanish deyiladi. Agar avval indeksli registr
tarkibining kattalashuvi amalga oshirilib, keyin yangi qiymatdan ijrochi manzilning
shakllanishida foydalanilsa, unda preinkrement indekslanish realizatsiya qilinadi. I
da bevosita manzillash postdekrement/postinkrement manzillar I da indeksli
buyruqning asosiy amalidan so‘ng registr tarkibining avtomatik ravishda
kichiklashuvi/kattalashuvini anglatadi va ushbu buyruqda ijrochi manzil


89
o‘zgarmaydi. I da bevosita manzillashda predekrement/preinkrement manzillar 1 da


buyruqni bajarishdan oldin manzil registri tarkibining avtomat ravishda
kichiklashuvi/kattalashuvini anglatadi va buyruqni bajarishdan oldin yangi ijro
etiladigan manzil hisoblab chiqiladi.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling