Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


 Signal protsessorlarida qo‘llaniladigan manzillash usullari


Download 450.29 Kb.
bet46/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

6.2. Signal protsessorlarida qo‘llaniladigan manzillash usullari 
Istalgan kompyuterning buyruqlar tizimi arxitekturasida, jumladan, signal
protsessorlarda operandlarni manzillashlashning turli usullari ko‘zda tutilgan. Eng
avval “ijrochi manzil” va “manzilli kod” tushunchalarini aniqlash kerak.
Operandning ijrochi manzili deb, xotira yacheykasi nomerining operand
manbai va priyomnigi sifatida xizmat qiluvchi ikkilamchi kodi ataladi. Ushbu kod
xotiraning manzilli kirishlariga uzatiladi, u orqali ko‘rsatilgan yacheykaga murojaat
amalga oshiriladi. Agar operand asosiy xotirada emas, signal protsessor registrida
saqlansa, ushbu registr nomeri uning ijrochi manzili bo‘ladi.
Buyruqning manzilli kodi – buyruqning manzilli maydonidagi ikkilamchi kod
bo‘lib, undan operandning ijrochi manzilini shakllantirish kerak.
Zamonaviy kompyuterlarda ijrochi manzil va manzilli kod, qoida bo‘yicha
mos kelmaydi va ma’lumotlarga kirish uchun tegishli o‘zgartirish talab qilinadi.
Manzillash usuli – bu operandning ijrochi manziliniing buyruq manzilli kodi
bo‘yicha shakllantirish usulidir. Manzillash usuli axborotni ishlash jarayoni
parametrlariga katta ta’sir ko‘rsatadi [22].
Buyruqda manzillar bilan bir qatorda bajarilishi kerak bo‘lgan amal turi ham
ko‘rsatiladi. Shunday qilib, buyruq umumiy holatda:

bajarilishi kerak bo‘lgan amalni;

amal bajarilishi kerak bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar manzillari;

amal natijasi joylashtirilishi kerak bo‘lgan amalni ko‘rsatishi kerak.
Shunga binoan buyruq operatsion qismdan va manzilli qismdan tuzilgan (6.3-
rasm). Buyruq formati uning strukturasini, buyruqning alohida maydonlari soni va
joylashishini belgilaydi.
Shunday qilib, manzillash – bu operandga murojaat bo‘lib, buyruqda unga
ko‘rsatma bor. Operandlar, saqlanish joyiga ko‘ra, turli usullar bilan ko‘rsatilishi
mumkin. Saqlanish joyiga ko‘ra operandlar:


85


ma’lumotlar xotirasi yacheykalari manzillari bilan (yacheyka nomeri
manzil deyiladi);

agar operandlar registrlarda saqlansa, registrlar nomi bilan;

agar operand buyruqning o‘zida bo‘lsa, konstantalar bilan ko‘rsatilishi
mumkin.
Saqlanish joyi operandni ko‘rsatish mumkin usullarini belgilaydi.
Ma’lumotlar xotirasi yacheykalari manzillari uchun to‘g‘ri yoki bevosita manzillash
qo‘llaniladi, ragistrlar nomi uchun to‘g‘ri manzillash, konstantalar uchun – bilvosita
manzillash qo‘llaniladi.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling