Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Download 450.29 Kb.
bet50/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Akkumlyator.
Akkumlyator – AMQ (Arifmetik-mantiqiy qurilmalar) da
bajariluvchi amallarning oraliq natijalarini vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan
registr. Universal mikroprotsessorlar tuzilmasida akkumlyator AMQ tarkibiga kiradi
va ko‘pincha alohida ko‘rsatilmaydi (7.3-rasm).
7.3-rasm. Universal mikroprotsessorlarda akkumulyatorning funksiyasi
Bunda uning vazifasi oraliq natijalarni nafaqat vaqtincha saqlash, balki
inversiya, siljitishning eng oddiy amallarini bajarish hamdir. Akkumlyator nafaqat
AMQ, balki ma’lumotlar shinasi (MSH) bilan ham bog‘liq. Ishlashning oraliq
natijasi AMQ ga BR2 bufer registrlaridan biri orqali siklning navbatdagi bosqichlari
uchun uzatiladi, SHD ga ishlov berishning so‘nggi natijalari xotiraga yozish uchun
uzatiladi.
MlSH
BR1
BR2
AMQ
Akkumuliyator


94
Ko‘pchilik SPning arxitekturasiga ikkita akkumlyator ko‘zda tutilgan, bu esa


oraliq natijalarni saqlashni talab qiluvchi amallarning bajarilish tezligini oshirish
imkonini beradi. Texnik jihatdan akkumlyator bir necha registrlardan (kengaytirish
registri, katta va kichik so‘z registri) tuzilishi mumkin. Ularning asosiy vazifasi –
oraliq natijalarni hisoblash aniqligini oshirishdir.
7.2. Qo‘shimcha arifmetik qurilmalar 
Turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi asosiy AMQ ga qo‘shimcha
ravishda SRIB protsessorlarda yordamchi arifmetik qurilmalar qo‘llaniladi. Ular
turli matematik amallarni asosiy AMQ bilan bir vaqtda amalga oshirish, bu bilan
tizimning unumdorligini oshirish imkonini beradi.
Masalan, TMS320 protsessorlarda yordamchi registrlarning arifmetik
qurilmasi (YRAQ) yordamchi registrlar bilan ishlash uchun qo‘llaniladi
(7.4-rasm).
7.4-rasm. Yordamchi registrlarning arifmetik qurilmasi.
Yordamchi registrlar, asosan, ma’lumotlarning egri manzilatsiyasi uchun
qo‘llaniladi, shuningdek umumiy vazifalarni bajaruvchi registrlar sifatida xizmat
qilishi mumkin. Registr va operandlarning ma’lumotlar xotirasidan ma’lumotlar
shinasi bo‘yicha uzatiladigan miqdori YRAQ uchun kiruvchi axborot bo‘lishi
mumkin. YRAQ registr miqdorini o‘zgartirish va ma’lumotlar xotirasi (MSh)
MSH
МХ
МSH
МХ
Yordamchi
registr blogi
YRAQ


95
manzillashtirish shinasiga (MSh) uzatiluvchi ma’lumotlarni olish va registrlarda


saqlash uchun qo‘llaniladi.
7.5-rasmda Analog
Devices
firmasining
AMQ
protsessorlari
va
ko‘rsatkichlarining funksional sxemasi keltirilgan. Ushbu protsessorlarda
ko‘paytirish natijalarini to‘plash uchun (ya’ni MAC – amallarni bajarish uchun)
ko‘paytirib-qo‘shuvchi qurilmasi tarkibiga kiruvchi to‘plagich – alohida summator
qo‘llaniladi. MR registrdan R maxsus shina (natija shinasi) bo‘yicha to‘planish
natijasi asosiy AMQ ga kelgusida ishlov berish uchun uzatiladi. Ayrim paytda SP
ga investitsiyaning faqat mantiqiy amallarini, modul bo‘yicha qo‘shishlarni bajarish
uchun qo‘shimcha qurilma qo‘shiladi.
7.5-rasm. TMS protsessorlaridagi qo‘shimcha ko‘paytirib-qo‘shuvchi.
So‘nggi modellarning ko‘pchilik protsessorlari AMQda hisoblashlarning bir
necha natijalarini saqlash imkonini beruvchi minimum ikkita akkumlyatorga ega.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling