Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Download 450.29 Kb.
bet53/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Registr fayllari. 
Barcha SPlar ma’lumotlar va buyruqlarni birlashtirishning turli funksiyalarini
bajarish uchun mo‘ljallangan registlar to‘plami – registr fayllariga ega. To‘plamlar
va bu to‘plamlardagi registrlar soni turli protsessolarda yetarlicha keng diapazonda
o‘zgarib turadi va zamonaviy protsessorlarda ko‘payib bormoqda.
Registr fayllarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


99
1. Registrlardan egri amalda operand manzilini saqlash va modifikatsiyalash


uchun foydalanish. Misol uchun, TMS protsessorlaridagi yordamchi (ikkitadan
sakkiztagacha) registrlarini keltirishimiz mumkin. Shuni qayd etish kerakki, ushbu
registrlardan umumiy vazifani (masalan, ma’lumotlarni vaqtincha saqlash)
bajaruvchi registr sifatida foydalanish mumkin.
2. Registrlar to‘plami tizim ishi konfiguratsiyasini berish va saqlash (masalan,
xotira konfiguratsiyasi, uzilishlarni maskirovkalash) va tizim ishi rejimlarini nazorat
qilish uchun qo‘llanilishi mumkin. Ushbu registrlarga va ularning alohida
razryadlariga
foydalanuvchi
tizimning
initsializatsiya
bosqichida
tizim
kofiguratsiyasini va uning ish rejimini belgilovchi muayyan boshqaruvchi so‘zlarni
dasturiy tarzda yozadi. Protsessor dasturni bajarishda o‘zining muayyan vaqtdagi
holati to‘g‘risidagi o‘zgaruvchan axborotni qayd etadi. Ushbu axborot protsessor
ishini va holat o‘zgarishini boshqarishda qo‘llanilishi mumkin. Boshqaruvchi
registrlar va holat registrlari, qoidaga binoan, protsessor xotirasida nomdan tashqari
muayyan manzilga ega bo‘ladilar va ularga axborotni o‘qish uchun xotira
yacheykasiga murojaat qilgandek kirish mumkin.
3. Registrlardan operandalar, natijani qabul qiluvchilar manbalari, operandlar
va natijalar manbalari/qabul qiluvchilari sifatida foydalanish mumkin. Istalgan
universal va ixtisoslashtirilgan protsessorlarda registr arxitekturasi operandlarning
ikkita eslab qoluvchi muhitning birida: asosiy xotira yoki registrda joylashishiga
yo‘l beradi. Ishlov berish buyrug‘ining uchta turi mavjud: “registr-registr”, “registr-
xotira”, “xotira-xotira”.
“Registr-registr” buyruq turi uni bajarishda ikkita operand manbai registr
hisoblanishini anglatadi. Amal natijasi ham registrga joylashtiriladi. Yuqori
darajadagi tillar kompilyatorlari “registr-registr” turidagi oddiy buyruqdan unumli
foydalanadilar, ushbu buyruqlar tez bajariladi va bir necha AMQ ega, unumdorligi
yuqori bo‘lgan protsessorlarda mavjud. Operandlar manbai/qabul qiluvchisi sifatida
registr fayllarning qo‘llanilishi “registr-registr” buyruq turidan keng foydalanish va
S tiliga yaqin arxitekturali protsessorlarni qurish imkonini beradi.


100
Turli firmalar SPlarida va bir firmaning turli oilalariga mansub


protsessorlarda yuqorida zikr etilgan barcha buyruq turlari eng muhim buyruqlar
sifatida qo‘llaniladi, amallar natijalarini qabul qiluvchilar sifatida deyarli doim
registrlar (registrlar to‘plami) dan foydalaniladi.


Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling