Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Protsessor shinasini tashkil etishdagi parallelizm


Download 450.29 Kb.
bet55/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Protsessor shinasini tashkil etishdagi parallelizm. 
Yuqorida xotira
elementlarining qurilishida parallelizmni tashkil etish variantlari ko‘rib chiqildi,
biroq ushbu elementlarning unumli ishlashda protsessor shinalari katta rol o‘ynaydi.
Ma’lumki, protsessorning tez ishlashi va operativ xotiradan ma’lumotlarni tanlash
tezligining nisbatan pastligi asosiy muammo hisoblanadi. Ushbu muammoni
bartaraf etish uchun xotiraning tezkor turlari ishlab chiqilgan: registr xotira, turli
darajalardagi kesh-xotira, ikki kirishli xotira. Bu usullar ishlov berish jarayonini


103
tezlashtiradi, biroq ular axborotni uzatuvchi tegishli buyruqlar protsesorli shinalarsiz


unumdorligi kam bo‘ladi [22].
Signal protsessorlar tizim ishi tezligi oxirgi OXQli ma’lumotlarni almashish
tezligiga bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar oqimi bilan ishlaydi. Protsessor uchun
ma’lumotlarni o‘qish va yozish muammosining yechimi xotira shinalarini to‘g‘ri
tashkil etish va xotiraga kirish sikllarining qilishga bog‘liq.
“Protsessor-shina-xotira” o‘zaro ta’sir liniyasini tashkil etishda parallelizm
ishlov berish yadrosini xotirani ortiqcha murakkablashtirmasdan optimal yuklash
imkonini beradi.
SP arxitekturasining rivojlanishi bilan shinalar soni va ularning razryadligi
(kengligi) ham o‘sib bordi. Shinalar vazifasining bo‘linishi xotira elementlari
funksiyalarining bo‘linishiga mos kelardi. An’anaviy manzil shinasi, ma’lumotlar
shinasi va boshqarish shinalaridan tashqari alohida buyruqlar ma’lumotlari shinalari,
operandalar ma’lumotlari shinalari, X ma’lumotlar shinalari va U ma’lumotlar
shinalari paydo bo‘ldi. Bu protsessorning o‘zini nafaqat optimal yuklash, balki
qo‘shimcha funksional tugunlar (qo‘zg‘almas va so‘zuvchi vergul, akkumlyatorlar
va surimli registrlari, MAC-ishlov berish modullari)ni axborot bilan ta’minlash
imkonini beradi. Parallelizm bazasida shinalar arxitekturasida konveyr ishlov berish
rejimini kiritish, SIMD va VLIW arxitekturasidan foydalanish imkoniyati paydo
bo‘ldi. Superskalyar arxitekturani qo‘llab-quvvatlash va ma’lumotlarning zaruriy
oqimini ta’minlash uchun Tiger SHARC protsessorida har biri 128 bit bo‘lgan uchta
ma’lumotlar shinasi mavjud.
Ishlov berishning murakkab ko‘p oqimli buyruqlarni parallel bajarishda
signallar va funksional uzellari o‘zaro harakatining tashkil etilishini TMS320C55x
signal protsessorining ishlov berish yadrosi strukturasi misolida ko‘rib chiqamiz
(8.1-rasm).


104
8.1-rasm. TMS 320S55x modelining ishlov beruvchi protsessor yadrosining


strukturasi
Protsessor yadrosi Garvard arxitekturasi bo‘yicha qurilgan bo‘lib, 4 ta
funksional modulga ega [22]:

hisoblash moduli (D);

manzilatsiya moduli (A);

buyruqlar dekoderi moduli (I);

bajarishni boshqarish moduli (P);
Modullar o‘zaro va xotira resurslari bilan quyidagi shinalar bilan bog‘liq:

ma’lumotlarni o‘qish 16 razryadli uchta shinasi;

uchta ma’lumotlarni o‘qish manzili 24 razryadli uchta shinasi;

ma’lumotlarni yozishining 16 razryadli ikkita shinasi;

ma’lumotlarni yozish manzillarining 24 razryadli ikkita shinasi;

buyruqlarni o‘qishning 32 razryadli bitta shinasi;
Буфер
команд
(I
модуль)
Buyruqlar
buferi
(I modul)
Bajarilishlar-
ni boshqarish
(Р modul)
Ma’lumotlarni
manzillash
moduli
(А modul)
Hisoblash
moduli
(D modul)
24 razryad bo’yicha ma’lumotlarni manzillashning uchta
shinasi
32 razryadda buyruqlarni o’qish shinasi
32 razryaddda buyruqlarni manzillash
shinasi
16 razryad bo’yicha yozishning ikki shinasi
24 razryad bo’yicha ma’lumotlarni manzillashning ikkita
shinasi


105


buyruqlarni o‘qish manzilining 24 razryadli bitta shinasi.
Shinalar arxitekturasi uchta 16 razryadli so‘z tanlovi va ikkita 16 razryadli va
bitta 32 razryadli so‘zni bir vaqtning o‘zida yozishini ta’minlashi mumkin.
Yozish va o‘qish bilan band shinalarning bunday soni modullarning yuqori
darajadagi erkin ishlashini ta’minlaydi, ma’lumotlarni ishlash murakkab
buyruqlarini parallel bajarishni unumdorlikni pasaytirmasdan qo‘llab-qo‘vvatlaydi.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling