Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua
Texas Instruments (TI) firmasining ikki yadroli signal protsessorlari
Download 450.29 Kb.
|
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org
Texas Instruments (TI) firmasining ikki yadroli signal protsessorlari.
TMS320DM64x protsessorlari TI kompaniyasining multimediyali SPning navbatdagi avlodi - DaVinci modelining ikki yadrli protsessorlari uchun fundament bo‘lib xizmat qildi. TMS320DM64x protsessorlarni ishlab chiqarishda to‘plangan tajribadan foydalanib, TI kompaniyasi TMS320C6000 protsessorlar yuqori unumli oilasini va zamonaviy qo‘shimcha ishlov berish yadrosini integratsiyalash asosida multimediali protsessor yaratdi. Yuqori unumli asosiy protsessor (DSP-yadro) 172
protsessor analogi qo‘llangan, qo‘shimcha universal ishlov berish qurilmasi sifatida esa ARM926 yadrosidan foydalanilgan. Bo‘larning hammasi audio va video signallarga ko‘p oqimli ishlov berishning deyarli har qanday masalasini hal etish imkonini beradi. DaVinci modelining SP ning umumlashtirilgan strukturasi 11.4- rasmda keltirilgan [28]. 11.4-rasm. DaVinci modеlidagi SPning umumiy strukturasi. DSP-yadrosining mavjudligi audio va videma’lumotlarga ishlov berishning istalgan algoritmalarini dasturiy amalga oshirish imkonini beradi. ARM yadrosi DSP yadrosiga to‘g‘ri keladigan yuklamalarni sezilarli darajada pasaytirish imkonini beradi. Xotira va saqlash qurilmalari interfeysi tashqai ulanadigan modullar bilan almashinuvning yuqori tezligini kafolatlaydi. Ulanishning qo‘shimcha moduli standart tashqi portlar liniyasi bo‘yicha almashinuvni amalga oshiradi. Ketma-ket interfeyslar bloki aniq qurilmalarni amalga oshirishda moslashuvchanlikni ta’minlaydi. Alohida tashkil etuvchilarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz. 11.5-rasmda TMS320C64xx oilasi DSP-yadrosining umumiy strukturaviy sxemasi taqditm etilgan. Video ma’lumotlarga ishlov berish tizimi Tashqi xotira saqlovchi qurilmalar interfeysi Qo’shimcha qayta ulash moduli Ketma-ket interfeyslar bloki DSP yadrosi АRМ yadrosi 173
Bu klassik bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘riqnomalarni bajarish imkoni beradigan VLIW-arxitektura. Yadro ikkita bir xil qismga (ishlov berish yo‘llariga) bo‘lingan 8 ta funksional bloklarni o‘z ichiga oladi. Ulardan 6 ta blok AMQ (S1, S2, D1, D2, L1 i L2) funksiyasini, ikkitasi esa (M1 va M2). ko‘paytiruvchi hisoblanadi. Akkumulyator yo‘q, biroq uning funksiyasini bajara oladigan 64 ta umumiy foydalanishdagi registr (UFR), mavjud. Yadro ikki darajali keshga ega: birinchi daraja - bu L1P (32 kbayt dasturlar kodi uchun) va L1D (80 kbayt ma’lumotlar kodi uchun), ikkinchi daraja – L2 (64 kbayt dasturlar va ma’lumotlar kodi uchun). Bundan tashqari tashqi ma’lumotlarning tashqi omboridan foydalanish va xotiradan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish rejimiga (DMA) ega xotira kontrolleri (TXK) mavjud. Adresatsiya baytli - bu 8,16,32,64-razryadli ma’lumotlar. To‘lib ketishdan 8- razryadli himoya mavjud. Buyruqlar tizimi bitlar bo‘yicha chiqarib olish, o‘rnatish va chiqarib tashlashni ta’minlaydi. Buyruqlarning o‘zi - 16-razryadli. Aniqlikni oshirish uchun 32-razryadli ko‘paytirish amalga oshirilgan. 300 MGs taktli chastotaga ega ikkinchi ARM926 yadro xotiraning quyidagi hajmiga ega: 8 kbayt – kesh ma’lumotlar, 16 kbayt – kesh yo‘riqnomalar, 16 Kbayt – ОЗУ. ARM standart yadrodan foydalanish standart OT (Linux), dan foydalanish, tarmoq protokoli opsiyalarining moslashuvchan so‘zlanishini amalga oshirish, shuningdek oddiy foydalanuvchi interfeysini amalga oshirish va ishlab chiqarilayotgan qurilma tomonidan boshqaruvning moslashuvchan tizimini ta’minlash imkonini beradi. L2 64 Кbayt L1D 80 Кbayt 32 РОН 32 РОН LIP 32 Кbayt М1 D1 S1 L1 1 potok М2 D2 S2 L2 2 potok EMS 174
BTU656 (8 yoki 16 bit, 75 MGs) standartlarga javob beradigan, shuningdek, JK-panellarni ulash imkonini beradigan integratsiyalashgan videochiqishga ega. Video-chiqish kompozit chiqishni va S-video chiqishni ta’minlaydigan 4 ta 10- razryadli 54 MGs SAPni ulaydi va NTSC/PAL televizion formatlarni ta’minlaydi.. DaVinci protsessorlari oilasida uchta guruhni ajratish mumkin [32]. Birinchisi – yuqori unumli va eng qimmat TMS320DM6446 va TMS320DM4643. Bu DSPlar qurilmalarning ushbu klassida maksimal unumdorlikni ta’minlaydi va tashqi qurilma modullarining mumkin bo‘lgan maksimal soniga ega bo‘ladilar. TMS320DM6446 protsessori audio va video ma’lumotlar uchun to‘liq funksionalli ko‘p oqimli kodekni amalga oshirish uchun, TMS320DM6443 – faqat ma’lumotlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Ikkinchi guruhi hozirgi vaqtda bitta protsessor - TMS320DM644 ni o‘z ichiga oladi. Bu universal protsessor bo‘lib, uning bazasida to‘liq funksionalli audio va video kodekni amalga oshirish mumkin, biroq uning unumdorligi ushbu oiladagi eng ommabop protsessorlar unumdorligidan past. Uchinchi guruhi - bu TMS320DM643x protsessori. Ularda ARM yadrosi yo‘q, bu esa chiplar narxini sezilarli darajada pasaytirish imkonini berdi. Ularning vazifasi IP-kameralar yoki vide-kuzatuv va qo‘riqlash kameralari kabi audio va videoga ishlov berishning oxirgi qurilmalarni amalga oshirish. DaVinci protsessorlari bazasida turli qurilmalarni amalga oshirishning keng imkoniyatini ta’kidlab o‘tish kerak. Ushbu seriya bazasida audio va video ma’lumotlarga ishlov berishning istalgan zamonaviy qurilmalari amalda realizatsiya qilingan bo‘lishi mumkin.. Download 450.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling