Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua
-MA’RUZA. DASTURNI TAYYORLASH VA SOZLASHNING
Download 450.29 Kb.
|
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.1. Dasturiy ilovalarni loyihalashning asosiy bosqichlari
12-MA’RUZA. DASTURNI TAYYORLASH VA SOZLASHNING
APPARAT-DASTURIY VOSITALAR Ko‘p signal protsessorlari ishlov berish tezligi nazorat yoki boshqaruv obe’ktlari tomonidan beriladigan real vaqt tizimida ishlaydi. Ish jarayonida obe’kt ishiga aralashishning va ishlayotgan ishlov beruvchi dasturga o‘zgartirish kiritishg imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun SP uchun dasturlarni tayyorlash va sozlash jarayonida foydalanuvchilar ko‘p vaqtni sarflashlari kerak bo‘ladi. Signal protsessorlarida dasturlash bir muncha unumli bo‘lgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va sozlash vositalarini talab etadi [4, 9]. 12.1. Dasturiy ilovalarni loyihalashning asosiy bosqichlari Umuman olganda SP har xil turlari uchun dasturni tayyorlash va sozlash jarayoni bir biriga o‘xshash bo‘ladi. Bu jarayon qo‘yidagi uchta fazani o‘z ichiga oladi: − simulyator yordamida algoritm ishini modellashtirish; − baholovchi platadan foydalanib protsessor imkoniyatini baholash; − tayyor qurilma tarkibida bajariluvchi kodni ichki sxemali sozlash. Protsessor simulyatori – bu shaxsiy kompyuterda ishlovchi va protsessor yuklanishini, uning tashqi qurilmalar bilan aloqasini, real apparatlardan foydalanmasdan tashqi uzilishlarga protsessor reaksiyasini imitatsiyalovchi va bajarilayotgan dasturni boshqaruvchi dasturiy instrument hisoblanadi. Modellashtirish fazasi protsessor arxitekturasi bilan tanishuvning boshida va alohida algoritmlarni sozlash bosqichida katta qiziqish kasb etadi. Ayni damda murakkab tizim tarkibida protsessor ishini modellashtirish quyidagi sabablarga ko‘ra anchagina qiyinchilik tug‘diradi. Birinchidan, simulyator protsessorning tashqi qobig‘ini modellashtirishda chegaralangan imkoniyatlarga ega. Ikkinchidan, u juda sekin ishlaydi, chunki har bir protsessor siklida bajariladigan amallarni ko‘rsatish uchun kompyuter ko‘p sonli amallarni bajarishi kerak. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar protsessor bilan tanishish 197
baholash platalari yordamida yo‘lga qo‘yishni afzal biladilar. Firmalar bunday baholash platalarini o‘z signal protsessorlarining barcha oilalari tipik vakillari uchun ishlab chiqaradilar. Ushbu baholash platalarining ko‘pchiligi tashqi kengaytirishi platalarini ulash uchun razyomlarga ega bo‘lib, bu ular yordamida to‘liq funksional tizimlarning prototiplarini yaratish imkonini beradi. Yakuniy mahsulot tarkibida sxema ichidagi emulyator-personal kompyuterda bajariladigan dasturdan protsessorning ichki tugunchalaridan to‘liq foydalanish imkonini beruvchi qurilma yordamida dasturiy ta’minotni yo‘lga qo‘yish amaliy dastur yaratish ishining final fazasi hisoblanadi. Analog Devices kompaniyasining ishlab chiqishi va sozlash vositalari misolida ma’lumotlarni ishlash amaliy dasturini yaratish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Har bir fazada qo‘llaniladigan ilova va vositalarni yaratishning asosiy fazalari oldingi boblarda ko‘rib chiqilgan signal protsessorlarning barcha so‘nggi modellari uchun o‘xshash [4, 5, 9]. Loyihalashtirishning yuqorida aytib o‘tilgan barcha uchta fazasi CROSSCORE – quyidagi 3 ta komponentani o‘z ichiga oluvchi Analog Devices dasturiy- apparat vositalari kompleksi bilan qo‘llab-quvvatlanadi: − Visual DSP++ ishlab chiqish va sozlashning integrallashtirilgan muhiti; − EZ KIT/ EZ BOARD baholash platalari va EZ EXTENDER kengayish platalari to‘plami; − sxema ichi emulyatorlari. Download 450.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling