Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


-MA’RUZA. DASTURNI TAYYORLASH VA SOZLASHNING


Download 450.29 Kb.
bet97/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

12-MA’RUZA. DASTURNI TAYYORLASH VA SOZLASHNING 
APPARAT-DASTURIY VOSITALAR 

Ko‘p signal protsessorlari ishlov berish tezligi nazorat yoki boshqaruv


obe’ktlari tomonidan beriladigan real vaqt tizimida ishlaydi. Ish jarayonida obe’kt
ishiga aralashishning va ishlayotgan ishlov beruvchi dasturga o‘zgartirish kiritishg
imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun SP uchun dasturlarni tayyorlash va sozlash
jarayonida foydalanuvchilar ko‘p vaqtni sarflashlari kerak bo‘ladi. Signal
protsessorlarida dasturlash bir muncha unumli bo‘lgan dasturiy ta’minotni ishlab
chiqish va sozlash vositalarini talab etadi [4, 9].
12.1. Dasturiy ilovalarni loyihalashning asosiy bosqichlari
Umuman olganda SP har xil turlari uchun dasturni tayyorlash va sozlash
jarayoni bir biriga o‘xshash bo‘ladi. Bu jarayon qo‘yidagi uchta fazani o‘z ichiga
oladi:

simulyator yordamida algoritm ishini modellashtirish;

baholovchi platadan foydalanib protsessor imkoniyatini baholash;

tayyor qurilma tarkibida bajariluvchi kodni ichki sxemali sozlash.
Protsessor simulyatori – bu shaxsiy kompyuterda ishlovchi va protsessor
yuklanishini, uning tashqi qurilmalar bilan aloqasini, real apparatlardan
foydalanmasdan tashqi uzilishlarga protsessor reaksiyasini imitatsiyalovchi va
bajarilayotgan
dasturni
boshqaruvchi
dasturiy
instrument
hisoblanadi.
Modellashtirish fazasi protsessor arxitekturasi bilan tanishuvning boshida va alohida
algoritmlarni sozlash bosqichida katta qiziqish kasb etadi. Ayni damda murakkab
tizim tarkibida protsessor ishini modellashtirish quyidagi sabablarga ko‘ra
anchagina qiyinchilik tug‘diradi.
Birinchidan, simulyator protsessorning tashqi qobig‘ini modellashtirishda
chegaralangan imkoniyatlarga ega. Ikkinchidan, u juda sekin ishlaydi, chunki har bir
protsessor siklida bajariladigan amallarni ko‘rsatish uchun kompyuter ko‘p sonli
amallarni bajarishi kerak. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar protsessor bilan tanishish


197
va o‘z algoritmlarini real sharoitga yaqin, ya’ni modellashtirish fazani chetlab o‘tib,


baholash platalari yordamida yo‘lga qo‘yishni afzal biladilar. Firmalar bunday
baholash platalarini o‘z signal protsessorlarining barcha oilalari tipik vakillari uchun
ishlab chiqaradilar. Ushbu baholash platalarining ko‘pchiligi tashqi kengaytirishi
platalarini ulash uchun razyomlarga ega bo‘lib, bu ular yordamida to‘liq funksional
tizimlarning prototiplarini yaratish imkonini beradi. Yakuniy mahsulot tarkibida
sxema ichidagi emulyator-personal kompyuterda bajariladigan dasturdan
protsessorning ichki tugunchalaridan to‘liq foydalanish imkonini beruvchi qurilma
yordamida dasturiy ta’minotni yo‘lga qo‘yish amaliy dastur yaratish ishining final
fazasi hisoblanadi. Analog Devices kompaniyasining ishlab chiqishi va sozlash
vositalari misolida ma’lumotlarni ishlash amaliy dasturini yaratish jarayonini ko‘rib
chiqamiz. Har bir fazada qo‘llaniladigan ilova va vositalarni yaratishning asosiy
fazalari oldingi boblarda ko‘rib chiqilgan signal protsessorlarning barcha so‘nggi
modellari uchun o‘xshash [4, 5, 9].
Loyihalashtirishning yuqorida aytib o‘tilgan barcha uchta fazasi
CROSSCORE – quyidagi 3 ta komponentani o‘z ichiga oluvchi Analog Devices
dasturiy- apparat vositalari kompleksi bilan qo‘llab-quvvatlanadi:

Visual DSP++ ishlab chiqish va sozlashning integrallashtirilgan muhiti;

EZ KIT/ EZ BOARD baholash platalari va EZ EXTENDER kengayish
platalari to‘plami;

sxema ichi emulyatorlari.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling