Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Download 450.29 Kb.
bet98/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Visual DSP++ muhiti. 
Analog Devices protsessorlari uchun ishlab chiqish va
sozlash dasturiy vositalari, xuddi protsessorlar kabi, uzoq rivojlanish yo‘lini bosib
o‘tgan. O‘n besh yillar oldin ular DOS buyruq satridan bajarilishi kerak bo‘lgan
fayllarni yaratish uchun ketma-ket chaqiriladigan alohida uzilishlar va simulyator va
emulyator bilan ishlash uchun matnli interfeys bilan ishlovchi ikkita dastur
to‘plamidan iborat edi. 90-yillar so‘nggida ularning o‘rniga OC WINDOWS uchun
Visual DSP deb ataluvchi grafik interfeysli ishlab chiqish muhiti keldi. Joriy asrning
boshida uning nomi Visual DSP++ deb o‘zgartirildi. Dastlab ushbu paket ikkita
variantda: 16 bitli va 32 bitli protsessorlar uchun ishlab chiqarilar edi. 4. 0


198
versiyadan boshlab ADSP 21XX oilasining 16 bitli protsessorlarini qo‘llab-


quvvatlash to‘xtatildi, Blacktin 16 bitli protsessorlari va SHARC va TIGER SHARC
32 bitli protsessorlar uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish vositalari esa yagona
dasturiy mahsulotga integratsiya qilindi [13].
Bugun Visual DSP++ ishlab chiqish va sozlash integrallashtirilgan muhiti
bo‘lib, Analog Devices protsessorlari uchun dasturiy ta’minotni yaratishning asosiy
vositasi hisoblanadi va loyihalashtirishning quyidagi bosqichlarida zarur bo‘ladigan
barcha komponentlarni o‘z ichiga oladi:

foydalanuvchining grafik interfeysi;

bajariluvchi fayllar, yuklangan obrazlar va yordamchi fayllar: assembler,
protsessor, kompilyator C/C++, komponovkachi, yuklanadigan obrazlarni yaratish
dasturi, arxivator uchun zarur utilitlar;

protsessorlar modellari bilan simulyator;

emulyatorlar va sozlashli platalar bilan o‘zaro ishlash uchun dasturiy
komponentalar (drayverlar);

VDK (Visual DSP++ Kernel) real vaqt operatsion tizimning yadrosi;

dasturlar namunalari.
Protsessor turi va sozlash vositasidan (EZ KIT/DBGAGENT platasida
simulyator, emulyator yoki sozlash agenti) qat’iy nazar Visual DSP++ muhitida
loyihalar yaratish va ularni boshqarishning yagona metodologiyasidan
foydalaniladi. Loyiha ustida ishlash jarayoni yagona grafik interfeys doirasida
amalga oshiriladi. Visual DSP++ tarkibiga kiruvchi Project Wizard utilitasi
bajariladigan fayl komponovkasi yoki yuklanadigan obraz generatsiyalashish uchun
zarur bo‘lgan yangi loyihalarni yaratish, uning parametrlarini sozlash va fayllarini
shakllantirishni soddalashtiradi. C/C++ samarali kompilyatorlari, shuningdek ko‘p
sonli standart va ixtisoslashtirilgan bibliotekalar yuqori darajali dasturlash tillaridan
foydalanib ilovalarni yaratish imkonini beradi, bunda assembler kodning faqat eng
muhim qismlarida qo‘llaniladi, ko‘p vazifalikni qo‘llab-quvvatlash talab qilinadigan
murakkab ilovalar ustida ishlashda foydalanuvchi xohishiga ko‘ra, operatsion tizim


199
yadrosi loyihasiga apparat realizatsiyasi detallardan abstraklashish imkonini


beruvchi VDK (OS) ni qo‘shish va signallarni boshqarish va ularni ishlash
algoritmlariga diqqatni jamlash mumkin.
Visual DSP++ tarkibida Blackfin oilasi protsessorlari uchun ichki va tashqi
periferiya modullarining ko‘p sonli drayverlari yetkazib berilib, ular VDK bilan
birgalikda, shuningdek, avtonom rejimda qo‘llanilishi mumkin. Dasturiy ta’minotni
sozlash jarayonini maksimal soddalashtirish uchun Visual DSP++ da stek, lokal
o‘zgaruvchilar va ifodalar, registrlar va xotira tarkibini aks ettirish uchun ko‘plab
oynalar, shuningdek, dasturda tor joylarni topish imkonini beruvchi chiziqli va
statistik profillash vositalari va qator qiziqarli imkoniyatlar mavjud. Ushbu
instrumentda Background Telemetry Channel sozlash texnologiyasi joriy qilingan
bo‘lib, u dasturning bajarilish jarayonini kuzatish va muhit va dastur o‘rtasida
ma’lumot almashlashni protsessorni to‘xtatmay amalga oshirish imkonini beradi.
Sozlash muvaffaqiyatli yakunlanganda fayl yuklanadigan obrazga o‘zgarish va bu
obrazni o‘z navbatida, platadagi xotira mikrosxemasiga emulyator (yoki EZ KIT/EZ
BOARD platasi bilan ishlanganda sozlovchi agent) va Visual DSP++ ga
integrallashtirilganda Flash Programmer ilovasi yordamida yozish mumkin.


Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling