Tizimidagi hamid olimjon va zulfiya nomidagi ijod maktabi


N I Z O M I Umumiy qoidalar


Download 65.56 Kb.
bet2/4
Sana25.02.2023
Hajmi65.56 Kb.
#1230799
1   2   3   4
Bog'liq
O`zbegim Zulfiyasi tanlovining axborot xati va nizomi

N I Z O M I



  1. Umumiy qoidalar

1.1 Ushbu ijodiy tanlov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablari o‘quvchi va o‘qituvchilari o‘rtasida tashkil etiladi.


1.2 Tanlov Zulfiya adabiy merosini, ona-Vatanga cheksiz sadoqat va muhabbat tuyg‘usi hamda oliyjanob insoniy fazilatlar ulug‘langan betakror she’riyatini yosh avlod ongiga chuqurroq singdirish, ta’lim-tarbiya jarayonida samarali qo‘llashga qaratilgan.



  1. Tanlovning maqsad va vazifalari

2.3 Tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad:


- ijodkor va iste’dodli o‘quvchilarni hamda ilmiy salohiyati yuqori, ijodkor, tajribali ustozlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
- Zulfiya hayoti va ijodini o‘rganish, targ‘ib etish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shoir ijodi mazmun-mohiyatini o‘quvchi-yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati va o‘zbek adabiyotida, milliy ma’naviyatimizda shoir ijodini ibrat qilib ko‘rsatish;
- shoirning ilmiy merosi o‘zbek va jahon adabiyoti, ma’naviyati rivojida tutgan o‘rnini asoslashdan iborat.
Shuningdek, tanlovning tashkil etilishi:
- o‘quvchilarga she’r ilmi, adabiyot nazariyasi, nutq madaniyati, notiqlik san’ati, o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini chuqurroq o‘rgatish;
- Zufiya adabiy merosini o‘rganish orqali yoshlarda vatanparvarlik va buyuk qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini milliy va umuminsoniy g‘oyalar bilan boyitish;
- Zufiya ijodini targ‘ib qilish orqali yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni kitob hamda badiiy adabiyotga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash;
- Zulfiya adabiy merosining mazmun-mohiyati va shaxsi haqida to‘liq ma’lumot berish, matn bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish;
- Zufiya she’riyatidagi vatanparvarlik, sadoqat, fidoyilik g‘oyalarini targ‘ib etish kabi maqsadlarni ko‘zda tutadi.




  1. Download 65.56 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling