Tanlov g‘oliblarini aniqlash va rag‘batlantirish
5.8. Tanlov g‘oliblari ijod maktabining pedagoglaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi.
5.9. Tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha 3 nafardan (1- 2- 3-o‘rinlar) g‘olib aniqlanadi.
5.10. Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlanadi.
Tanlovga ijodiy ishlar 27-fevral sanasiga qadar qabul qilinadi va g‘oliblar 2023-yil 1-mart kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “O‘zbegim Zulfiyasi” mavzusida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda taqdirlanadi.
Tanlov talabi
Ijodiy ishlar mazmunli, sifatli, imloviy va uslubiy xatolarsiz yuborilishi va har bir yo‘nalish bo‘yicha maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan 1 nafardan ishtirokchilarning ijodiy ishlari so‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |