Tizimlarda virtual xotira tushunchasi. Operatsion tizimlar xavfsizlik kategoriyalari. Operatsion tizimlarda hisoblash jarayoni
OSning mashinaga bog`liq xususiyatlari
Download 0,94 Mb.
|
4-mustaqil Adizov.F
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzilishlarni qayta-ishlash.
OSning mashinaga bog`liq xususiyatlari OSning asosiy (muhim) vazifalaridan biri EHM resurslarini boshqarishdir. Aksariyat resurslar bevosita apparat qurilmalariga, ya`ni operativ xotira, o`qish-yozish qurilmalari, markaziy protsessorga bog`liqdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, OS ko`p funksiyalari bevosita EHM arxitekturasi bilan aniqlanadi. Misol uchun, SO`Mda operativ xotirani boshqarish
uzilishlari, supervizorni chaqirish programmalari yo`q va u bitta foydalanuvchi bilan ishlashga moslashgan. SO`M/qV da aksincha xotira katta va unda multiprogrammali OSdan foydalanish maqsadga muvofiqdir va resurslarni taqsimlash imkoniyatini beradi. quyida biz SO`M/qV misolida EHM resurslarini boshqarish muammosini ko`ramiz, ayrim hollarda ma`lum bir xossalar shu turdagi boshqa mashinalarga ham ko`chirilishi mumkin. Uzilishlarni qayta-ishlash. Uzilish (Interrypt)-bu signal bo`lib, u EHMni buyruqlar oqimini oddiy tartibda bajarishida o`zgarish qilishga majbur etadi. Bu signallar o`qish-yozish amallari bajarilishi yoki oldindan berilgan vaqt intervali tugaganda, nolga bo`lish hollarida yuzaga keladi. quyidagi rasmda uzilishga javoban bo`ladigan hodisalar ketma-ketligi ko`rsatilgan. Faraz qilaylik, uzilish signali kelgan paytda A programma bajarilayotgan bo`lsin. Natijada boshqaruv avtomatik ravishda uzilishlarni qayta ishlash blokiga beriladi, bu blok OSning bir qismidir. Bu blok uzilish shartiga javob berishga mo`ljallangan. Yuqorida qayd qilingan holatda uzilishni chaqirish A programmaga umuman bog`liq bo`lmasligi mumkin. Bu signal o`qish-yozish amalini tugagan boshqa programma tomonidan chaqirilgan bo`lishi mumkin. Umuman, A programmani qaysi joyda va qachon uzilishni aytib bo`lmaydi, boshqacha aytganda, uzilish asinxron ravishda ruy beradi. Uzilgan programmani keyinchalik to`g`ri ishlashini apparat va tizimli programma vositalari kuzatib boradi. Uzilish holatida programma bajarilishiga vaqtdan boshqa hech nima ta`sir qilmaydi. quyidagi rasmda SO`M/qV uchun uzilishlarning to`rtta sinfi keltirilgan.
oxirgi buyruq sifatida protsessor holatini yuklash buyrug`ini (LPS- Load Processor Status) va natijada boshqaruv uzilgan programmaga beriladi. Sw-holat so`zi uzilishni qayta ishlash uchun zarur ma`lumaotlarning bir qismini o`z ichiga oladi. quyidagi rasmda Sw registrning razryadlar bo`yicha tuzilish keltirilgan.
Download 0,94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling