Tizimli dasturiy ta’minot qanday vazifalarni bajaradi?


Tizim, EISA, MCA, Lokal, PCI va AGP shinalari haqida nimalarni bilasiz? Tizim shina


Download 28.38 Kb.
bet9/13
Sana13.03.2023
Hajmi28.38 Kb.
#1266233
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Tizimli dasturiy ta’minot qanday vazifalarni bajaradi

25. Tizim, EISA, MCA, Lokal, PCI va AGP shinalari haqida nimalarni bilasiz?
Tizim shina nisbatan murakkab bo’lib, markaziy protsessor va tashqi qurilmalar hamda tezkor xotira orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlash uchun mo’ljallangan. Ularning asosiy ko’rsatkichlari uzatilayotgan ma’lumotlarning razryadligi va uzatish tezligidir. Har qanday standart shina tarkibida ma’lumotlarni uzatish uchun liniya, manzillarni uzatish uchun alohida liniya (manzil ma’lumotlarni uzatuvchini va qabul qiluvchini belgilaydi), apparat uzilishi liniyasi, xotiraga bevosita kirish kanali liniyasi va elektr ta’minotini ajratuvchi liniya bo’ladi. Ma’lumotlarni uzatish shinasi uchun signallarni (bitlarni) kodlash usuli, axborotni uzatish tezligi, arbitraj mexanizmi (shinadan foydalanishni boshqarish va vujudga kelgan vaziyatlarni yechish) aniqlangan. ShK tizim shinasini tashkil qilishning bir nechta standartlari mavjud.
EISA shinasi (Extended ISA) – 32 razryadli ma’lumotlar shinasi va 32 razryadli manzillar shinasi bo’lib, 1989-yil ISAning konstruktiv va funksional kengaytmasi sifatida yaratilgan. Shinaning manzillar maydoni 4 Gbayt va 8–10 MHz chastotada ishlaydi. Shinaning o’tkazish xususiyati nazariy jihatdan 33 Mbayt/s bo’lib, protsessor – kesh – tezkor xotira kanali bo’yicha almashuv tezligi xotira mikrosxemasining ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Kengaytirish razyomlarining soni oshirilgan bo’lib, nazariy jihatdan 15 tagacha, amaliy 10 tagacha qurilma ulanishi mumkin. Uzilishlar tizimi yaxshilangan.
MCA shinasi (Micro Channel Architecture) – 32 razryadli shina bo’lib, 1987-yil PS/2 mashinalari uchun IBM firmasi tomonidan yaratilgan. O’tkazish xususiyati 76 Mbayt/s, ish chastotasi 10–20 MHz. O’zining boshqa tavsiflari bilan EISA shinasiga yaqin, ammo ISA bilan ham, EISA bilan ham mos tushmaydi. PS/2 kompyuterlarida ishlab chiqarilgan amaliy dasturlarning yo’qligi, uning keng tarqalishiga to’sqinlik qilgani sababli, MSA shinasi ham uncha keng ishlatilmaydi. MSA shinasiga bo’lgan talabning yo’qligining ikkinchi sababi ISA adapter platalarining MSA bilan mos tushmasligidir.

Download 28.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling