Tizimli dasturlash fanidan Joriy nazorat


Download 26.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi26.5 Kb.
#221392
Bog'liq
Joriy nazorat 20-variant


Tizimli dasturlash fanidan Joriy nazorat

20-variant

20. Fayl va kataloglar ustida amallar

Fayl – (File- inglizcha ma’lumot) biror nomga ega bo’lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan bir turdagi ma’lumotlar majmuidir. Fayllarga windows operatsion tizimida 255 tagacha belgidan foydalanib nom qo’yish mumkin. Fayllarda fayl nomidan tashqari uning kengaytmasi ham mavjud bo’ladi. Kengaytmalar 3 tagacha belgidan iborat bo’ladi. Kengaytma fayl nomi bilan nuqta (.) bilan ajratiladi. Faylning kengaytmasi bo’lishi majburiy emas. Lekin kengaytma fayl qaysi dasturda yozilganligini bildirib turganligi uchun, uni yozmasak yoki ishlatmasak fayllarni turlarga ajratishda qiyinchilikka uchrashimiz mumkin. Fayllar kengaytmalariga qarab 2 turga ajratiladi. Bular: bajarailadigan va bajarilmaydigan.

Kataloglar. Disklardagi fayl nomlari kataloglarda joylashadi. Kataloglar- Direktoriya, papka deb ham yuritiladi.

Katalog – bu fayllar nomlari ularning hajmi, atributlari, so’nggi yangilangan vaqti va h.k.larni saqlanadigan diskdagi maxsus joy hisoblanadi. Agar katalogda biror faylning nomi bo’lsa shu fayl o’sha katakogda joylashgan deb yuritiladi. Har bir katalogga bir qancha fayl joylashadi. Ammo bir katalogga bir nomdagi bitta fayl joylashadi.

Kataloglar aslida maxsus ko’rinishdagi fayllar bo’lib, bosh katalog bundan mustasno.

Disk formatlanganda hosil bo’lgan har bir yo’lakdagi sektor adres va ma’lumot maydonidan iborat bo’ladi. Adres maydoniga disk, yo’lak, sektor tartiblari va nazorat yig’indisi deb ataluvchi kod yoziladi.



Biror nomga ega bo’lgan va kompyuterning tashqi xotirasiga joylashgan bir turdagi ma’lumotlar majmui fayl deb yuritiladi. Har bir fayl o’z nomiga egadir. Fayldagi ma’lumotlar matn, chizma, dastur va h.k. bo’lishi mumkin.
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling