Tizimli modellashtirish nazariyasining asosiy tushunchalari. O'xshashlik nazariyasi va modellashtirish
Download 1.44 Mb.
|
maruza1-2023
Fikriy(xayoliy) modellashtirish ba’zi hollarda vaqtning berilgan oralig‘ida amalga oshirib bo‘lmaydigan yoki ularni jismoniy shartlaridan tashqarida yotganligi uchun ob’ektlarni modellashtirishning yagona usuli hisoblanadi.
Masalan, xayoliy modellashtirish asosida mikroolamdagi fizik tajriba o‘tkazishga imkon bermaydigan ko‘p vaziyatlarni tahlillash mumkin. Xayoliy modellashtirish ko’rgazmali (ayoniy), belgili va matematik ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin.
Ayoniy modellashtirishda, ob’ektda o‘tadigan hodisalar va jarayonlarni aks ettiruvchi real ob’ektlar haqida turli ayoniy modellar inson tushunchalari asosida yaratiladi. Gipotetik modellash asosida real ob’ektda jarayonlar o‘tish qonuniyatlari haqida tadqiqotchi qandaydir gipotezani asos qilib oladi.
Bu gipoteza ob’ekt haqida tadqiqotchining bilim darajasini aks ettiradi va o‘rganilayotgan ob’ektning kirish va chiqish orasidagi sabab – oqibat aloqalariga asoslanadi. Gipotetik modellash formal modellarni qurish uchun ob’ekt haqidagi bilimlar yetishmayotganda ishlatiladi.
Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling