Tizimli tahlil – metodologik fan sifatida
Download 0.67 Mb.
|
tizimli tahlil va uning bosqichlari Xoliqova Sabina
Tizimli tahlil – metodologik fan sifatidaBajardi : Xoliqova SabinaTekshirdi: Matchanov OybekReja:
Tizim - muayyan munosabatlar bilan bogʻlangan va tizimning ancha murakkab funksiyalarni bajarishini ta‘minlaydigan tarzda oʻzaro aloqada boʻlgan obyektlarning (elementlarning) ajralmas toʻplamidir (aniq maqsadga erishish uchun). Tizim elementi - qismlarga ajratib boʻlmaydigan tizim obyektidir. Har qanday tizimning muhim tarkibiy qismlari uning tarkibiy elementlari va ular orasidagi bogʻlanishlardir. Tizimning birinchi boʻlinishi (dekompozitsiya) natijasida birinchi darajadagi quyi tizimlar (bloklar) shakllanadi, ikkinchi boʻlinish jarayonida birinchi darajadagi quyi tizimlar ikkinchi darajali quyi tizimlarga ajraladi va h.k. Natijada, oʻrganilayotgan tizimni turli darajadagi quyi tizimlar daraxti sifatida namoyish etilishi mumkin. 1-rasm. Tizim iyerarxiyasiga misol Tizimli yondashuv – bu murakkab obyektlarni (tizimlarni) oʻrganishning zamonaviy umumiy ilmiy metodologiyasidir; u har qanday tizimni umuman oʻrganishga qaratilgan boʻlib, unda elementlardan tizim tashkil etish tamoyillari oʻrganilib, har bir quyi tizim va alohida elementlarning ishlashi tizimning asosiy maqsadi nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Umumiy tizimlar nazariyasi - bu odatda turli xil va sinfdagi tizimlarni tavsiflaydigan va ularni tahlil qilishning oʻziga xos usullarini ishlab chiqadigan fanlararo nazariyasidir. Tizimli tahlil – har xil tabiatga va tavsifga ega boʻlgan hodisalar va jarayonlarni, fanlararo muammolarni oʻrganish va bayon etish uchun kerak boʻladigan tushunchalar, jarayonlar va texnologiyalar toʻplamidir. Bu toʻplam shunday tizimlarni tadqiq qilishning usullari, metodlari, umumiy qonunlarini oʻz ichiga oladi. Bu, nazariya va amaliyotning murakkab, koʻpincha toʻlaaniq boʻlmagan, muammolarini oʻrganish metodologiyasidir. Tizimli tahlilda predmetli (predmetga yoʻnaltirilgan) fikrlash – bu xususiy va umumiy voqyealar va hodisalar qatorida, bir maqsadga yoʻnaltirilgan holda (odatda, oʻrganish maqsadida) sabab-oqibat aloqalarini va qonuniyatlarini topish, aniqlash va faollashtirishga yordam beruvchi metod (prinsip)dir. Koʻp hollarda bu tizimlarni tadqiq qilishning metodikasi va texnologiyasidir.
Nazorat savollari:
2. Murakkab va katta tizimlar 3. Tizimli tahlil nima? 4. Tizimli tahlilning predmet sohasiga nima kiradi? 5. Qanday asosiy tizim usullari va protseduralari bor? E’tiboringiz uchun raxmat! Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling