Tizimli-vaziyatli yondashuv. Reja. Tizimlar to’g’risida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi
Download 1.27 Mb.
|
Sunnat menejment
Xulosa .
Tizimli yondashuv – ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo’nalishi sifatida universal tavsifga ega bo’lib, pedagogikada keng qo’llaniladi. «Tizimli yondashuv» tushunchasi ko„pincha «tizimli metod», «tizimli tahlil usuli» tushunchalari bilan uzviy bog„liq. Chunki tizimli tahlil usullari ham obyektni yaxlit tizim sifatida o„rganishni nazarda tutadi. Tizimli yondashuv tuzilish vazifasiga ko„ra bajariladigan tahlilga juda yaqin. Tizimli tahlilning obyekti yaxlit narsa yoki hodisa hisoblanadi, u obyektning turli qismlarini, qismlarning o„zaro uzviyligini, tizim chegaralarini va tizimning atrof-muhit bilan bog„liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi. Bu tizimda bir qancha qoida va tamoyillar majmuidan foydalaniladiki, ular tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi davr ta‟lim taraqqiyoti yangi yo„nalish-innovatsiya pedagogikasini maydonga olib chiqdi. «Innovatsiya pedagogikasi» termini va unga xos bo„lgan tadqiqotlar G„arbiy Yevropa va AQShda 60-yillarda paydo bo„ldi. Innovatsiya faoliyati F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin, A.I.Shcherbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsiya faoliyatining amaliyoti va ilg„or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazardan yoritilgan. X.Barnet, Dj.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M.Mayyez, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsiya jarayonlarini boshqarish, ta‟limdagi o„zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti va faoliyati» uchun zarur bo„lgan shart-sharoitlar masalalari tahlil qilingan.Yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti amerikalik innovator E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka bo„lgan munosabatini va idrok qilishga shayligini tadqiq etadi. Oliy maktab o„qituvchisining innovatsiya faoliyati oliy maktab pedagogikasining bosh muammolaridan biridir. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling