1-mavzu: uzluksiz ta’limda texnologiya fani uzviyligini integratsiyalashning metodologik asoslari reja


Download 33.58 Kb.
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi33.58 Kb.
#1836327
  1   2   3   4
Bog'liq
UZLUKSIZ TA’LIMDA TEXNOLOGIYA FANI UZVIYLIGINI INTEGRATSIYALASHNING METODOLOGIK ASOSLARI


1-MAVZU: UZLUKSIZ TA’LIMDA TEXNOLOGIYA FANI UZVIYLIGINI INTEGRATSIYALASHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Reja:

  1. Uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining uzviyligini ta’minlash.

  2. Ta’lim sohasi mamlakat taraqqiyotining strategik yo‘nalishi.

3.Uzluksiz ta’lim tizimida muammolar.
4.Xulosa.


Uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining uzviyligini ta’minlash


Uzluksiz ta’lim tizimi sifatini ta’minlashda bir qancha muammoli masalalar mavjudligini ko‘rish mumkin.
Jumladan:
• Nima uchun maktabning birin­chi sinfiga borgan bola darslarga mos­lashish va fan dasturida berilgan mavzularni o‘zlashtirishda qiynaladi?
• Nega boshlang‘ich ta’limda yaxshi baholarga o‘qigan bola yuqori sinflarda o‘qishi pasayib ketadi?
• Nima uchun o‘quvchi kasb tanlashda mustaqil tanlovni amalga oshira olmaydi?
• Nega oliy ta’limni tugatganlar kasbiy faoliyatga tezkor kirishib keta olmaydi?
Bu kabi savollarning javobi sifatida uzluksiz ta’lim tizimida uzviy­likning ta’minlanmaganligini ko‘rsa­tish mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta’minlanmaganligi ta’lim sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, ta’lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko‘p soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma’lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar mavjud. Ta’lim bosqichlari mazmuni tahlilida 10–15 foiz mavzularning takror berilayotganligi, 50–60 foiz mavzularda uzviylik ta’minlanmaganligi tah­lillarda ko‘rindi.
Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari o‘z ta’lim obyektlari bo‘yicha me’yoriy hujjatlar tayyorlash jara­yonida bir qancha ijobiy natijalarga erishgan bo‘lsalar-da, ammo uzluksiz ta’lim tizimida uzviylik yetarlicha ta’minlanmay kelmoqda.
Oldimizda ta’lim mazmunini belgilashga xizmat qiluvchi, uzluksiz ta’lim tizimining me’yoriy hujjatlari, o‘quv dasturlarining uzviyligini tahlil qilish, ularning har bir fan bo‘yicha bosqichlar orasida takroriyligining oldini olish bo‘yicha ishlar hamda uzviyligi ta’minlangan fan dasturlari asosida darsliklar mazmunini ham muvofiqlashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi.
Prezidentimiz “Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligi” hamda “Oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirilishi, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib chiqilishi zururligi hamda mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar sonini 2 barobarga qisqartirish” to‘g‘risida aniq vazifalarni belgilab bergan edi. Ushbu topshiriqlar asosida Prezident Administratsiyasi tomonidan har bir ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan kelib chiqqan holda 2020-yilda ta’lim sohasida islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha kompleks “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Mazkur “Yo‘l xaritasi”ning 3-bandida “Fan dasturlarining mazmun-mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligini ta’minlash hamda o‘quvchi va talabalarda shakllanishi zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar darajasini aniq belgilash” vazifasi belgilanib, ma’sul ijrochilar sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari belgilangan. Idoralararo ushbu masala bo‘yicha yig‘ilish va seminarlar tashkil etilib, ishchi guruhlar shakllantirildi. O‘rganishlar natijasida uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash borasida quyidagi muammolar borligi aniqlandi:
• mavzular takrorlanishi — uzluksiz ta’lim turlariaro bosqichlarida mavzularning aynan yoki mazmunan takrorlanishining mavjudligi;
• ayrim mavzularga soat hajmi­ning ko‘pligi — ta’lim bosqichlarida ayrim mavzularga ortiqcha vaqt ajratilganligi. Ayniqsa, nazariy mashg‘ulotlarga ko‘p vaqt ajratilgan;
• vaqtning besamar sarflanishi — takrorlanish va ortiqcha vaqt evaziga o‘qituvchi va o‘quvchining vaqti besamar sarflanishi;
• uzviylikning yo‘qligi — uzluksiz ta’lim turlariaro fan xususiyatidan kelib chiqqan holda obyekt va subyekt tanlovi va mazmunida nomutanosibliklar mavjud va h.k.



Download 33.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling