Tjabt larining texnik vositalari
Download 44.49 Kb.
|
1 2
TJABT larining texnik vositalariRejaMarkazlashgan nazorat tizimlari haqida umumiy tushunchalar.Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari.1. Markazlashgan nazorat tizimlari haqida umumiy tushunchalarMarkazlashtirilgan nazorat tizimi (MNT) tushunchasi dispetcherlik punktida o‘rnatiladigan markazlashgan maxsus qurilmalarida nazorat natijalarini ko‘rsatgan holda texnologik jarayonlar ko‘rsatgichlarini avtomatik ravishda nazorat qilishni anglatadi. Markazlashtirilgan nazorat tizimi (MNT) quyidagi maqsadlar uchun xizmat qiladi: yorug‘likli va tovushli signalizatsiya orqali nazorat qilinayotgan ko‘rsatgichlarni belgilangan qiymatlariga nisbatan o‘zgarishlarini aniqlash hamda bu o‘zgarishlarni raqamli ro‘yxatga olish; operator topshirig‘i bo‘yicha nazorat qilinayotgan ko‘rsatgichlarni o‘lchash va o‘lchov natijalarini strelkali yoki raqamli ko‘rsatgichda namoyon qilish; texnologik jarayonni xarakterlaydigan texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlarni hisoblash va uning natijalarini ro‘yxatga olish hada boshqarilayotgan mashina yoki mexanizmga topshiriq berish. Markazlashtirilgan nazorat natijalari bo‘yicha “odam-operator” ishlab chiqarish jaryonini borishi va unga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. Qabul qilingan qarorlar asosida xizmat ko‘rsatayotgan xodim yoki operator orqali markazlashtirilgan boshqaruv qurilmasi yordamida yoki boshqarish qurilmalarini qo‘llagan holda jaryon avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini texnologik jarayonlari murakkabligi va ko‘p qirraliligi sababli markazlashtirilgan nazorat tizimlari va markazlashlgan boshqaruv qurilmalari orasidagi aloqa asosan “operator-dispetcher” orqali amalga oshiriladi (20.1-rasm).
DA, SN, ATA, TB, TO’, TS DA, SN, ATA, TB, TO’, TS DA, SN, ATA, TB, TO’, TS
Download 44.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling