Tkan kunlar romanidagi badiiy maktublarning leksik semantik xususiyatlari haqida


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1234513
1   2   3
Bog'liq
Davlatov Zoirjon Zokiraliyevich

sözcükbilim deyiladi. Sözcükbilim turk tilshunosligiga oid ba‟zi kitoblarda leksikoloji, 
ba‟zilarida esa kelime bilimi yoki kelime anlamı (so‟zma-so‟z tarjimasi: so‟z ma‟nosi) 
deb beriladi. 
Umuman olganda, turk tilshunosligida bir tilning so‟z boyligini morfologik
sintaktik va ma‟no bilimi (leksika) nuqtayi nazaridan tadqiq etuvchi, so‟z, ba‟zi 
birikmalar, qoliplashgan shakllar, ibora va maqollar, o‟zlashmalarni tadqiq etuvchi, 
birliklarning shakl va ma‟no munosabatiga ko‟ra turlari, eskilik va yangilik bo‟yog‟iga 
31
Федоров.Введение в теорию перевода. М.,1952 


235
ega bo‟lgan so‟zlar va ularing ishlatilish doirasiga ko‟ra turlari kabi masalalarni 
o‟rganuvchi soha sözcükbilim deb nomlanadi. 
Leksikologiya kursining ajralmas qismi hisoblangan frazeologiyada turg‟un 
birikmalarning nutqdagi o‟rni, qo‟llanilish sohalari, ifoda imkoniyatlari haqida so‟z 
yuritiladi. 
So‟zlarning barchasi tilning lug‟at boyligini, ya‟ni leksikasini tashkil qiladi. So‟z 
va ibora til birligi hisoblanadi. 
So‟z muammosi tilning asosiy birligi o‟laroq uch aspektda ko‟rib chiqiladi: 
1) 
struktur (tuzilish); 
2) 
semantik aspekt (so‟zning leksik ma‟nosi); 
3) 
funksional aspekt (so‟zning til tuzilishida va nutqdagi o‟rni); 
Leksik birlikning semantik tahlili leksik semantika, yoki so‟z ifodalaydigan 
tushuncha va nutqda bildiradigan ob‟yekt bilan mutanosibligini tadqiq etuvchi 
semasiologiyaning asosiy predmeti hisoblanadi. Semasiologiya leksikologiya bilan 
uzviy bog‟liqlikda, odatda, semantika doirasiga kiradi. Leksikologiya leksik 
birliklarning monosemiya va polisemiya, umumiy va xususiy, aniq va mavhum, keng 
va tor, mantiqiy va ekspressiv, 
asl va ko‟chma ma‟no singari leksik birlik semantik 
xususiyatlarini ifodalovchi leksikologik kategoriyalarni ajratgan holda semantik tur 
(tip)larni o‟rganadi."
32
Xat, maktublar shaklida yaratilgan turli xil asarlar epistolyar adabiyotni tashkil 
qilad
i. “Epistolyar” –yunoncha- xat, maktub, noma. Epistolyar adabiyotga atoqli 
arboblarning madaniy- 
tarixiy ahamiyatga ega bo‟lgan yozishmalari ham kiradi 
(masalan, Alisher Navoiyning “Munshaot” asari). Noma adabiy janr sifatida yunon 
va rim adabiyotida Sitse
ron, Goratsiyning she‟riy maktublarida, shuningdek, Sharq 
adabiyotida keng tarqalgan. 
XVIII asrda maktub shaklida romanlar yozish Yevropada odat tusiga kirgan 
(S.Richardsonning “Pamela”, 1740; J.J.Russoning “Yuliya yoki Yangi Elioza”,1761 
va boshqalar). 
XIX asrda Epistolyar adabiyot tarixiy hikoya, oilaviy xronika tarzida rivoj topdi 
(I.S.Turgenev, “Faust”; F.Dostoyevskiy, “Faqir kishilar”). 
“XX asrda ,ayniqsa, 2-jahon urushi yillarida maktub shaklidagi Epistolyar 
adabiyot muhim ahamiy
atga ega bo‟lgan. Hozirgi o‟zbek adabiyotida epistolyar 
shakldan Odil Yoqubov, O‟.Hoshimov, A.Ibrohimov kabi yozuvchilar unumli 
foydalanmoqdalar. Xususan, Abduqahhor Ibrohimovning “Uyqu kelmas kechalar” 
romani boshidan oxirigacha asosiy qahramon Faxri Kamolning sevgilisi Yoqutxonga 
32
X.Hamidov,G.Rixsiyeva.Turk tili.Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.Toshkent-2013,8-11-b. 


236
yo‟llagan xatlaridan iborat. Shuningdek, hozirgi paytda Epistolyar adabiyotning 
she‟riy maktublar, murojaatnoma, ochiq xat (asosan adabiy tanqidchilikda) kabi 
shakllari ham mavjud.”
33
Abdulla Qodriy “O‟tkan kunlar” asarida ushbu janrga murojaat qilganligi 
ma‟lum. Ushbu asarda 17 ta maktub matni berilgan, ular quyidagilar: 

Yusufbek hojidan o‟g‟li Otabekka yozilgan maktub [1:34-35-36]; 

Musulmonqulga O‟sh hokimi tarafidan yozilgan maktub [1:117-18-19]; 

Xudoyorxonga Normuhammad 
qushbegi tomonidan yo‟llangan maktub 
[1:128-129]; 

Yusufbek hojining Mirzakarim qutidorga yozgan maktubi [1:147-148]; 

Kumushning Otabekka yozgan maktubi [1:170-171]; 

Otabekning Kumushbibiga yo‟llagan maktubi(Aslida Homid tomonidan 
yozilgan) [1:174-175]; 

Otabekning Kumushga yozgan maktubi [1:182-183]; 

Otabekning Kumushga maktubi (Aslida Homid tomonidan yozilgan) [1:217-
218]; 

Otabekning qayin otasiga yo‟llagan maktubi [1:267-268]; 

Otabekning Kumushbibiga yozgan maktubi [1:272-273]; 

Yusufbek hojining javob maktubi (Xudoyorxonga) [1:278-79-80]; 

Qo‟qon xoniga yozilgan noma (Toshkent navkarlari tomonidan) [1:287-88-
89]; 

Usta Alimdan Otabekka yozilgan maktub [1:289-290]; 

Normuhammad qushbegiga qozoq xonining yorlig‟i [1:300]; 

Kumushning Otabekka yo‟llagan maktubi [1:307-308]; 

Kumushning onasiga yozgan maktubi [1:376-77-78]; 

Avliyo otadan Yusufbek hojiga yo‟llangan maktub [1:391]; 
“A.Qodiriy maktublar matnini yaratishda o‟sha davr adabiy tilida mavjud 
bo‟lgan rang-barang birliklardan, badiiylikni ta‟minlovchi vositalardan keng 
foydalangan, ularni ustalik bilan ishlatgan. Maktublarda turli xil tasviriy vositalardan 
foydalanilgan, bu esa maktublar matniga alohida bir badiiylik baxsh etadi. Bu hol 
ushbu maktublarni badiiy maktub deb ataluvchi alohida guruhga kiritish imkonini 
beradi.”
34
33
Veb-sayt.www.vikipediya.com 
34
Z.T.Ch7oriyeva.”Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romanidagi maktublarning lug’aviy-ma’noviy va uslubiy 
xususiyatlari” nomzodlik dissertatsiyasi Avtoreferati.Toshkent-2006,11-b. 


237
Yozuvchi maktublari tili soda va xalqchildir, kitobxon bir o‟qishda yozuvchi 
nima demoqchi ekanligini faxmlay oladi, lekin foscha va arabchadan o‟zlashgan 
so‟zlar ham uchraydi, bu so‟zlar notanish so‟zlardir. Aristotening shunday fikri bor: 
“Eng tushunarlisi hamma ishlatadigan so‟zlardan tuzilgan nutqdir, ammo bunday 
nutq tuban (oddiy) bo‟ladi… Munosib va ko‟p ishlatilmagan ifoda kutilmagan, g‟alati 
so‟zlardan foydalanish orqali kelib chiqadi. Men ko‟p qo‟llanadigan hamma 
so‟zlardan boshqasini noyob so‟zlar, metafora, cho‟zilgan va boshqa so‟zlarni g‟alati 
deb atayman. Lekin kimdir butun nutqni shunday asosda tuzsa, yo topishmoq, yo 
varvarizm kelib chiqishi mumkin.”
35
Romandagi 17 maktubdan 4 tasi rasmiy, 13 tasi esa intim mavzuli xatlardir. 
Amnmo bu maktublarning barchasi ham yozuvchining badiiy laboratoriyasidan 
o‟tgani, badiiy-estetik vazifa bajarishga bo‟ysundirilganligi bilan xarakterlanadi. 
Shuni alohida ta‟kidlab o‟tish joizki, biz o‟rganayotgan xatlar matniy tuzilishiga ko‟ra 
muqaddima, asosiy qism va xulosalardan iborat. 
36
Maktublar Ahsen Batur tarjimasida qanday berildi? Demak, 17 maktub 
tarjimada ham aks etadi. Faqatgina tarjimon beshinchi maktubning, ya‟ni 
Kumushning Otabekka yo‟llagan maktub matnini asl nusxaligicha , tarjima 
qilmasdan beradi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling