719.
O‘pkadan qon ketganda qonning xarakteri:
och qizil, ko‘piksimon ishqoriy reaksiya bilan*
to‘q qizil, neytral reaksiya bilan
kofe qo‘yqasi tipida kislotali reaksiya bilan
to‘q qizil yoqimsiz hid va laxtalar bilan
720.
Sirrotik sil bilan og‘rigan bemor balg‘amida BK aniqlandi:
ba’zan va kam miqdorda*
tez – tez massiv bakteriya ajratuvchanlik
umuman aniqlanmaydi
doim aniqlanadi
721.
Bemorda silli meningit tashhisiga shubha bo‘lsa nima yordamida tasdiqlanishi mumkin:
likvorning klinik tahlili *
tuberkulinli Mantu sinamasi
qonning umumiy tahlili
kasallik anamnezi
722.
Meningeal simptomlarning bosh miya nervlari pareziga xarakterli belgilar bilan
qo‘shilib kelsa bu qaysi meningitga xos:
silli*
meningokokkli
serozli
yiringli
723.
Ekssudativ plevrit etiologiyasini aniqlashtirishning asosiy usuli bo‘lib hisoblanadi:
ekssudatning labarator tahlili*
anamnez va ob’ektiv ma’lumotlar
Mantu sinamasi va qon tahlili
ob’ektiv ma’lumotlar va Mantu sinamasi
724.
Aktiv sil bo‘lgan bemorda ko‘krak qafasida xanjarsimon og‘riq, zo‘rayib boruvchi
hansirash, sovuq ter va taxikardiya belgilari, bu nimadan dalolat beradi:
spontan pnevmotoraks*
silli plevrit
jarayonning progressiyalanishi
quruq kostal plevrit
725.
Aktiv silli bemor guruhlariga taaluqli emas:
sil o‘tqazgan, katta qoldiq o‘zgarishlari bor shaxslar*
segmentar joylashgan sirrotik sil bor shaxslar
o‘pkasida 4 sm diametrli tuberkulomasi bor bemorlar
o‘choqli sil bor bemorlar
726.
Silga tekshirishda silga qarshi dispanserida quyidagi bolalarni yo‘llanma berishi zarur:
tuberkulin sinamasi natijasi viraj bilan*
tuberkulinga sezgirlik kamaygan bolalarni
Mantu sinamasi manfiy natijali bolalarni
tuberkulin sinamasi normergik bulgan bolalarni
Do'stlaringiz bilan baham: |