Avtomatik rostlagich – bi-ron bir ob’ektning ish maromini (mas,
stanokning tezligini) avtomatik tarzda rostlab turadigan qurilma.
Avtomatik rostlagich ob’ektga va rostlovchi organga ulanadi. U
quyidagi qismlardan iborat: 1) qabul qiluvchi organ; rostlanuvchi
para-metr miqdrrining oʻzgarishini sezadi; 2) oraliq zveno; qabul
qiluvchi qism harakatini kuchaytirib yoki oʻzgartirib, ma’lum
qonuniyat asosida ijro etuvchi organga uzatadi; 3) ijro etuvchi organ;
rostlovchi organga ta’sir etadi. Rostla-nuvchi parametrga qarab
bosimni, temperaturani,
namlikni, tezlikni, kuchlanishni,
cha-stota va
boshqalarni rostlovchi Avtomatik rostlagich lar boʻladi. Ijro etuvchi
organining harakatlanish usuliga qarab Avtomatik rostlagich mexanik
(shu jum-ladan, gidravlik, pnevmatik) va elektr xillarga ajraladi.
Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari.
Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida texnologik
jarayonlarni
avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi.
Rostlagichlarni klassifikatsiyalash
rostlanuvchi miqdorning
turi,
rostlagichning
ish usuli
,
ishlatiladigan energiya turi,
ijro etuvchi
mexanizmning rostlovchi organiga ko’rsatiladigan ta’sirning
xarakteri
,
rostlagich ishining tavsifnomasi (rostlash qonuni)
kabi xususiyatlarga
asoslanadi.
Rostlanuvchi miqdorning turiga ko’ra rostlagichlar quyidagilarga bo’linadi:
bosim, sarf, satx, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko’ra bevosita
va bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud.
Ijro etuvchi mexanizmning
rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan olingan
energiyaning o’zi bilan ishlovchi rostlagichlar
bevosita ta’sir