Tm-yakuniy-Javoblar
Download 361.83 Kb. Pdf ko'rish
|
TM-Yakuniy-Javoblar 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 - variant 1 - savolga 2 - savolga
3 - savolga:
Bilim bu - kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va qoidalarga zid kelmasa bunda ishonch hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz B. darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Faoliyat — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat F. zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, F. shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy F. (insonning oʻz xavfsizligi taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy F. (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish); maʼnaviy F. (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va boshqa sohalardagi F.). ijtimoiy institut jamiyatda muayyan funktsiyalarni bajaradigan kishilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tarixan shakllangan, barqaror shakli bo'lib, ularning asosiysi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishdir. 2 - variant 1 - savolga ? 2 - savolga: FAN — dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy. manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. F.ning bevosita maqsadi oʻzining urganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir. Fan sohalari uch katta qismga ajratilib koʻrsatiladi: ● Aniq fanlar - ● Tabiiy fanlar - fanning olamni u biror tabiiy qonunlarga bo‘ysunadi, deb qarovchi va uni ratsional o‘rganuvchi bo‘limlaridir. Tabiiy fanlar uslubiyati ijtimoiy va aniq fanlar uslubiyatidan farq qiladi. Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kiradi. ● Ijtimoiy fanlar - Ijtimoiy fanlar — jamiyat va odam hulqi bilan bog'liq fanlar majmui. Ular qatoriga quyidagi fanlar kiradi: ○ Antropologiya ○ Arxeologiya ○ Iqtisodiyot ○ Tilshunoslik ○ Siyosat ○ Sotsiologiya ○ Tarix ○ Huquqshunoslik ○ Psixologiya ○ madaniyatshunoslik (kulturologiya). Fan empirik yoʻl bilan olingan maʼlumotlarni (faktlarni) kuzatiladigan u yoki bu hodisani izohlash uchun tartiblaydi, bunday tartib gipoteza deyiladi. Gipoteza hodisani izohlash uchun yetarli boʻlsa hamda tegishli isbotlar bilan tasdiqlansa, u nazariyaga aylanadi. Keng (yig‘ma) ma'nodagi fan – bu butun inson faoliyati jabhasi bo‘lib, uning vazifasi borliq haqidagi ob'ektiv bilimlarni o‘rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu yerda «fan», «olim» tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig‘ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. «Fan» tushunchasi falsafaga tatbiqan ko‘pincha ayni shu kontekstda qo‘llaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman o‘rinlidir. Download 361.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling