Tm-yakuniy-Javoblar
- variant 1 - savolga -
Download 361.83 Kb. Pdf ko'rish
|
TM-Yakuniy-Javoblar 2
9 - variant
1 - savolga - Ilmiy tadqiqotning masu’liyatli bosqichini olingan natijalarni rasmiylashtirish tashkil qiladi. Katta fanga qadam tashlagan yosh tadqiqotchi qo‘lga kiritgan izlanish natijalarini Oliy ta’lim muassasi hukmiga taqdim qilishdan oldin ilmiy ishlarni rasmiylashtirish qonun-qoidalari bilan batafsil tanishib chiqishi va ularni o‘zini faoliyatida tatbiq qilish lozim. Bajarilgan tadqiqot, uning natijalari davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom, qabul qilingan standart va qoidalar asosida rasmiylashtirilgandan keying mutasaddi tashkilotlar tomonidan tan olinadi.Rasmiylashtirilgan ish ijtimoiy qadriyat va intellektual mulkka aylanadi.Ilmiy tadqiqot natijalari dastlab qo‘lyozma huquqida bo‘lgan hisobot shaklida tayyorlanadi.Keyinchalik hisobot materiallari turli matbuot organlarida chop qilinadi.Amaliy va nazariy jihatdan muhim hisoblangan, o‘zida yangilikni saqlagan ilmiy natijalar monografiya, ilmiy maqola, ilmiy va ilmiy-amaliy anjuman materiallari shaklida chop etiladi.Bunda bir qator uslubiy talablarga rioya qilish lozim. Xususan, materialni bayon etish aniq, izchil va tizimli bo‘lishi kerak. «Falsafa fanlari entsiklоpеdiyasi»da Gеgеl fan tizimli хususiyatga ega ekanligini ko`rsatar ekan, shu jumladan: «Fan mоhiyat e’tibоri bilan tizimdir, chunki haqiqiylik kоnkrеtlik kabi o`z ichida avj оluvchi birlikdir, ya’ni bir butunlikdir», dеb qayd etadi Gеgеl. Ilmiy fakt, g`оya, gipоtеza, kоntsеptsiya, nazariya, ilmiy qоnun ilmiy bilish tizimining tarkibiy elеmеntlaridir. Ilmiy ijоd fan tizimidagi barcha tarkibiy elеmеntlarning mazmunini rivоjlantiradi va bоyitadi. Bu yеrda ijоd tizim sifatida ishtirоk etadi va fan tizimi оsha nur taratib turadi. Ilmiy ijоd - bu оlim, tadqiqоtchi, yaratuvchining qоbiliyatlari va mahоratining, irоdasi, tirishqоqligi va qatiyatining, yakuniy maqsad - yangi haqqоniy ilmiy bilim оlishga intilishining ifоdasidir. Chinakam оlim bоrlig`ining mоhiyati ijоdiy intilishda, muttasil ilmiy chanqоqlikda o`z aksini tоpadi. Download 361.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling