Tm-yakuniy-Javoblar
- variant 1 - savolga - 4 - variant 1 savol bilan bir xil ekan
Download 361.83 Kb. Pdf ko'rish
|
TM-Yakuniy-Javoblar 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 - savolga
5 - variant
1 - savolga - 4 - variant 1 savol bilan bir xil ekan. 2 - savolga - Dinamik qonuniyatlarda dunyoga ilmiy yondashuv namoyon bo'ladi. Ijtimoiy ong shakli sifatidagi fanning boshqa bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, rang-barang fanlar borliqning obyektiv (insondan tashqarida, insonga ham, insoniyatga ham bog'liq bo'lmagan holda) mavjud hodisalari va jarayonlarini o‘rganishni nazarda tutadi. Butun olam tortishish qonuni, kvadrat tenglamalar, kimyoviy elementlar davriy jadvali, tennodinamika qonunlari obyektivdir. Ulaming amal qilishi fikrlar va kayfiyatlar bilan ham, olimning shaxsi bilan ham belgilanmaydi. Fan o‘z xulosalarini nazariyalar, qonunlar va formulalarda ta’riflaydi. Shu tariqa u olimning o‘rganilayotgan hodisalarga va u yoki bu kashfiyot olib kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy oqibatlarga individual, emotsional munosabatidan tashqariga chiqaradi. Oqilona ilmiy bilim predmetli va shaxssiz obyektivdir. Boshqacha aytganda, fan o‘z predmeti bilan bajaradigan barcha amallar qonuniyatlar va muntazam aloqalar nomidan yangi sifatda amal qiladi. Statik manosi o`zgarmas. 3 - savolga - Ilmiy maqola aniq strukturaga ega va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 1. nomi (mavzu). 2. Annotatsiya. 3. kalit so‘zlar. 4. Kirish. 5. Adabiyotlar tahlili. 6. Asosiy qism (metodologiya, natijalar). 7. Xulosalar va tadqiqotning kelajakdagi vazifasi, qimmati, foydasi. 8. Foydalanilgan va tavsiya etilayotgan adabiyotlar. Ilmiy maqola yozish qoidalari: •Maqolaning nomi maqolaning mazmunini to‘liq aks etti- rishi, o‘quvchining e’tiborini jalb etishi lozim. Aksincha bo‘lsa, zarur va muhim maqola e’tibordan chetda qoladi. •Annotatsiya maqolaning nomini kengaytirilgan ko‘ri nishidir unda maqolaning mazmuni qisqacha yoritiladi. •Annotatsiyada muallif tomonidan ushbu materialning qim- matli va amaliyotdagi foydali tomonlari yoritiladi. Kirish qismi •Ushbu qismga alohida e’tiborni qaratishingiz lozim. •Ko‘pchilik holatlarda mualliflar kirish qismiga asosiy ur- g‘uni berib, maqolaning asosiy maqsadini yoritishni yoddan chiqarib qo‘yishadi. Asosiy qism •Bu qismda maqolaning asosiy maqsadi yoritiladi. U quyi- dagi tarkibiy qismlardan iborat: Vazifaning qo‘yilishi. •Tadqiqot qanday maqsadda olib borilayapti. Tadqiqot metodlari. •Bunda tadqiqot olib borilgan va siz taklif qilayotgan metod to‘liq ochib berilishi lozim, oshiqcha tushuntirishlarsiz bo‘lishi Shart. •kamchilik va nuqsonlarni ham ko‘rsatib o‘tishni unutmang. Download 361.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling