Tm-yakuniy-Javoblar
Download 361,83 Kb. Pdf ko'rish
|
TM-Yakuniy-Javoblar 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 - savolga
3 - variant
1 - savolga: Tajriba-sinov bu - biror bir sohaga (jumladan, ta'lim sohasiga) olib kirilayotgan yangilikni (yondashuv, metodika, o‘quv-metodik majmualarni) sinovdan o‘tkazish va dastlabki xulosalarga ega bo‘lish jarayoni. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, shu yangilikni (yondashuv, metodika, o'quvmetodik majmualarni) joriy etish yoki joriy etmaslik bo'yicha qaror qabul qilinadi. Tajriba-sinov ishlarining (muddati, o‘quv materialini hajmiga ko‘ra bir qancha mavzular, chorak, o‘quv yili, bir necha yilni qamrab olinishi) va Tajriba-sinov ishlarining barcha bosqichlari o‘zining aniq maqsad va vazifalarning belgilanib olinadi. Tajriba-sinovning ajratiladigan bosqichlarida. (respublika, viloyat yoki shahar va tuman darajasida, maktablararo, maktab darajasida, tajriba-sinov maydoni) o‘tkazilishi mumkun. Dastlab tajriba-sinov ishlarining dasturi ishlab chiqilishi, unda tajriba-sinovga oid tadbirlar rejasi, kutilayotgan natijalar, unga erishilganlik darajasini belgilash usullari aks ettirilishi lozim. Tajriba-sinov ishining muayyan davri yakunlariga ko‘ra hisobotlar, ma’lumotnomalar tahlillar o‘tkazib borilishi lozim. 2 - savolga: Miloddan avvalgi I ming yillikdan XVI asrgacha bo’lgan davr ilk fan davridir. Bu vaqtdagi fan rivojining yirik vakillari haqida ma`lumotlar ham ancha davrimizgacha yetib kelgan. Jumladan, Aristotelning falsafiy asarlarida fizika, zoologiya, embriologiya, mineralogiya, geografiya kabi fanlarning kurtaklariga duch kelish mumkin. Miloddan avvalgi III-II asrlarda falsafiy bilim tarkibida statistik mexanika, gidrostatika, geometrik o’tika (xususan, ko’zgular haqidagi alohida fan – «ka-to’trika») farqlanadi va nisbatan mustaqil ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari al-Xorazmiy matematika, al-Farg’oniy astranomiya, al-Beruniy meneralogiya va geografiya, Ibn Sino tibbiyot, Mirzo Ulug’bek astranomiya, Alisher Navoiy adabiyot ilmi rivojiga munosib hissa qo’shdi va ular ijodi mahsullari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. XVI- XVII asrlar – 1 ilmiy inqilob davri bo’lib, u klassik fan davri deb nomlanadi. U Ko’ernik va Galiley tadqiqotlaridan boshlanib, Nyuton va Leybnitsning fizika va matematika sohasidagi fundamental asarlari bilan o’z cho’qqisiga ko’tarilgan. Galiley vafoti (1642 yil 8 yanvar)dan so’ng oradan bir yil o’tgach Nyuton tug’ilgani (1643 yil 4 yanvar) ramziydir. Fanning bu buyuk ijodkorlari yashagan davr – kashfiyotlar hamda yangi ilmiy g’oyalarning mualliflari sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib borgan romantik davrdir. XVIII-XIX asrlar fani noklassik fan davri deb ataladi. XX asrdan fan rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bu davr fani postnoklassik deb ataladi, chunki mazkur asr bo’sag’asida fanda inqilob yuz beradi va buning natijasida u oldingi davrning klassik fanidan sezilarli darajada farq qila boshlaydi. XIX-XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan inqilobiy kashfiyotlar bir qancha fanlarning asoslarini larzaga soladi. Download 361,83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling