Tm-yakuniy-Javoblar
Download 361.83 Kb. Pdf ko'rish
|
TM-Yakuniy-Javoblar 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 - savolga
- 3 - savolga
24 - variant -
1 - savolga - Patent (lotincha: patens — ochiq, aniq, ravshan) — texnik yechim yoki ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat. Patent olish jarayoni, patent oluvchining maʼsuliyatlari va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday boʻlsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Koʻp mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini oladi. 2 - savolga - ● Ommaviy blokcheynlar - Ommaviy blokcheyn - bu mutlaqo hech qanday cheklovlarga ega bo'lmagan va Internetdagi har kim foydalanuvchi yoki validator bo'lishi mumkin. ● Shaxsiy blokcheynlar - Shaxsiy blokcheyn xuddi shunday relyatsion ma'lumotlar bazasi ya'ni to'liq markazlashgan va yagona tashkilotga tegishli. ● Konsortsium blokcheynlari - Konsortsiumning so'zma-so'z ma'nosi "bir nechta kompaniyalarning birlashmasi". Nomidan ko'rinib turibdiki, bu bir guruh tashkilotlar tomonidan birgalikda nazorat qilinadigan blokcheyn. 3 - savolga - Bunga javoban fanning erkinligi g‘oyasining muxoliflari ilmiy faoliyat ustidan ijtimoiy nazorat tamoyilini ilgari suradilar. Ularning fikricha, ilmiy hamjamiyat fanni rivojlantirishga faqat o‘z ichki ishi sifatida qaraydigan «sekta»ga aylanib qolmasligi kerak. Agar olimlarga ilmiy tadqiqotlarning maqsad va yo‘nalishlarini mustaqil belgilash huquqi berilsa, ular «ziyokor» maqsadlarga erishish ketidan quvib, «unumdor» maqsadlarni butunlay unutishlari mumkin. Bu holda fan olimlar qo‘lida o‘z qiziqishlarini g‘azna hisobiga qondirish vositasiga aylanishi mumkin. Hamonki jamiyat fanni mablag‘ bilan ta’minlar ekan, u fanning rivojlanish jarayonini nazorat qilishga haqlidir. Fanning differensiatsiyalashuvi o‘z-o‘zidan aksariyat olimlarni tor mutaxassislarga aylantiradi. Ular o‘z sohasida bilimdon bo‘lganlari holda, ijtimoiy ehtiyojlarni va amaliy hayotda, ishlab chiqarish, iqtisodiyot va siyosatda yuzaga kelayotgan vazifalarni lozim darajada baholay olmaydilar. Jamiyat ijtimoiy buyurtma mexanizmi orqali olimlarning kuchlarini jamiyat uchun amaliy nuqtai nazardan ayniqsa muhim bo‘lgan vazifalarni echishga yo‘naltirishi lozim. Fanni rivojlantirishga mablag‘lar berar ekan, jamiyat bu mablag‘lar nimaga sarflanishini belgilash imkoniyatigi ega bo‘lishi kerak. Ijtimoiy nazoratsiz fandan jamiyat uchun foydali naf ko‘rilishini ta’minlash mumkin emas. Download 361.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling