Tmc institute in tashkent


Download 208.83 Kb.
bet1/4
Sana21.09.2023
Hajmi208.83 Kb.
#1683720
  1   2   3   4
Bog'liq
mikroiqtisod Azizbek qo\'chqorov

TMC INSTITUTE IN TASHKENT

GURUH: 22-05

QO’CHQOROV AZIZBEK

Mavzu : Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartlari va korxonaning zararsiz nuqtasini hisoblash yo'llari

  • .
  • Reja:
  • . Qiska va uzoq muddatda foydani maksimallashtirish.
  • Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartlari bilan tanishish.
  • Korxonaning zararsiz nuqtasini hisoblash yo'llari.
  • Tadbirkor ishlab chiqarish bilan shug'ullanar ekan, uning oldida ishlab chiqarish bilan
  • bog'liq muammolar mavjud bo'ladi. Bu muammolarni uch darajada ko'rish mumkin.
  • Tadbirkorning oldida belgilangan miqdordagi mahsulotni qanday ishlab chiqarish mumkinligi masalasi turadi. Bu muammo ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa muddatda
  • minimallashtirish masalasiga kiradi.
  • Tadbirkorning oldida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni optimal, ya'ni eng ko'p foyda
  • keltiradigan variantini aniqlash turadi. Bu — qisqa muddatda foydani
  • maksimallashtirish
  • masalasiga kiradi.
  • Tadbirkorning oldida korxonaning eng optimal quvvatini, mahsulot ishlab chiqarish
  • hajmini, ya'ni katta-kichikligini aniqlash muammosi turadi. Bu, uzoq muddatda foydani
  • maksimallashtirish masalasiga kiradi. Qiska va uzoq muddatda foydani
  • maksimallashtirish
  • masalasini ko'rib chiqdik.
  • Narxlar faqat iste'moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o'zgarishlardan ham darak beradi.
  • Narxlarning boshqa muhim vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarni rag'batlantirishdir.
  • Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko'paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag'batlantiradi. Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog'liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo'jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o'z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste'mollarini ko'plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog'liq bo'ladi.
  • Narxlarning to'rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo'jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.

Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari Narx bilan iste'molchilar o'rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste'molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko'proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga to'g'ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko'proq tovar aylanmasi hajmini ta'minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo'ljallangan - bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo'yna va boshqalar.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo'lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog'liq bo'lgan to'rt bozor tipini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof monopoliya.
Asosan narxni o'zgartirish yo'li bilan talabga ta'sir ko'rsatish raqobatning narx bilan bog'liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog'liq bo'lmagan raqobat usullarida firmalar o'z mahsulotining o'ziga xos xislatlariga zo'r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harkati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e'tibor beradi. Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:
  • Talab omillari (bozorda o'xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo'lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo'naltirilgan narx)
  • Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
  • Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o'xshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo'lgan narxni bilish.


  • Download 208.83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling