Tmc institute Reja
Download 0.72 Mb.
|
Ривожланиш психологиясини шаклланишининг тавсифий боскичи
Respublikamizdagi yetakchi oliygohlarning kafedra va labaratoriyalarida rivojlanish psixologiyasi va ta’lim-tarbiyaning psixologik xususiyatlari bilan bog’liq jarayonlarni tadqiq etish yuqori malakali mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar bilan jihozlangan sharoitlarda ilmiy tadqiqot ishlari samarali yo’lga qo’yilgan. Mazkur muammolarning yechimi hozirgi zamon fanining metodologik tamoyillari asosida, yaqib va uzoq xorijiy mamlakatlarda bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yutuqlari va g’oyalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan holda o’zining munosib o’rnini egallab bormoqda. Bu borada P.Ivanov, M.Vohidov, M.Davletshin, E.G’oziyev, R.Gaynutdinov, B.Qodirov, R.Sunnatova, A.Jabborov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin.
Jumladan, o’quvchilarning texnik qobiliyatlari, o’quv motivlari, zamonaviy maktab o’quvchisining psixologik qiyofasi M.G.Davletshin va uning izdoshlari A.Jabborov, F.I.Haydarov, M.M.Mavlonovlar tomonidan, tafakkur va ta’limni boshqarish muammosi E.G.G’oziyevning tashabbusida, iste’dodli o’quvchilar va kasb tanlash muammosi B.R.Qodirov rahbarligida, bolalarning aqliy faoliyat muammosi R.I.Sunnatovalar tomonidan samarali olib borilgan. Shu tariqa rivojlanish psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan o’tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga O’rta Osiyo allomalari, rus va chet el psixologlari munosib hissalarini qo;shdilar. Yuqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy ma’lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalar o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling