Agar buni foizlarda ifodalasak narx avval 23,1% ga arzonlashganda talab 40% ga oshgan, so‘ngra narxning pasayishi 46,1% ni tashkil etganda, talab 100% ga oshgan.Agar narx dastlabki 70 so‘mdan 130 so‘mgacha qimmatlashdi deb olsak, talabning deyarli 2 marta qisqarganini ko‘ramiz.
Narxning qanday o‘zgarishiga qarab talab egri chizig‘i yuqoridan pastga qarab yoki pastdan yuqoriga qarab harakat qiladi.Shunga qarab talab narxga nisbatan qanday o‘zgarganligini ko‘rish mumkin.
Talabning narxga nisbatan elastikligi bu narxning o‘zgarishiga nisbatan talabning naqadar o‘zgarganligini bildiradi.
Agar narxga javoban talab jiddiy tarzda o‘zgarsa, talab elastik hisoblanadi, agar bu o‘zgarish sust bo‘lsa noyelastik talab paydo bo‘ladi.
Talabning elastikligini ko‘p hollarda 4 ta omil yuzaga keltiradi:
Birinchi omil- tovarning qanday extiyojni qondirishiga.Ma’lumki, tovarlar 2 xil bo‘ladi:
- kundalik iste’mol tovarlar, bularni hamma iste’mol etadi.
- obro‘li, eng zarur bo‘lmagan yoki zebu ziynat hosil etuvchi tovarlardir. Bu tovarlarni hamma emas saylangan xaridorlar iste’mol etadi. Bular odatda puldorlar yoki tovar havasmandlari bo‘ladi.
Kundalik tovarlarga talabning elastikligi past bo‘ladi yoki o‘zgarmaydi.
Masalan, non, tuz, elektroyenergiya, gaz va hokozo.bularni iste’mol etmaslikning iloji yo‘q, shu sababli narxning o‘zgarishi ularga talabning elastikligini yuzaga keltirmaydi
Agar tuz narxi 20% ga oshsa, oila tuzni ovqatga kamroq soladi deyish noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki ovqatni tuzini kam qilib yeb bo‘lmaydi.
Saylangan tarzda istemol etiladigan tovarlarga talab ancha elastik bo‘ladi.
Chunki narxning o‘zgarishiga javoban ularga talab sezilarli o‘zgaradi.
Masalan, neksiyani narxi 20% arzonlashsa unga talab 30% oshishi mumkin.
Ikkinchi omil. Bozorda o‘rinbosar tovarlarning mavjudligi.
Masalan sariyog‘ narxi oshsa, margaringa talabni oshiradi.Agar tovarning o‘rinbosari bo‘lmasa, narxning o‘zgarishi uning o‘ziga bo‘lgan talabni elastik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |