Uchinchi omil. Bozorning tavsifi.
Agar bozor tor bo‘lsa, narx o‘zgarishi o‘ yerdagi muayyan tovarlarga bo‘lgan talabni elastik qiladi.
Bordi-yu bozor kengroq bo‘lsa substit - o‘rinbosar tovarlarni topish mumkin. Bu yerda narxning o‘zgarishi talabni boshqa tovarga ko‘chiradi.
To‘rtinchi omil – bu talabning qanday vaqt oralig‘ida o‘zgarishi.
Agar qisqa vaqtni olsak bunda talabning narxga bog‘liq elastikligi sezilmaydi.Uzoq davrda o‘ yaqqol bilinadi.
Masalan kvartira va kommunal xizmatlar haqi oshsa, dastlab ularga talab o‘zgarmay turadi,so‘ngra u elastik bo‘ladi.
Chunki ko‘p xonali kvartirani narxi pasayib, ikki yoki bir xonali kvartirani narxi oshadi.
Talabning elastiklik darajasini uning koyeffitsenti ifoda etadi.
Talabning narxga bog‘liq elastiklik koyeffitsenti – bu talab hajmi o‘zgarishining narxning o‘zgarishiga bo‘lgan nisbatidir.
Bu o‘zgarishlar avval foizlarda ifodalanib, so‘ngra nisbatlanadi.Buni quydagicha ifodalash mumkin:
Ek=Tb% / R%
Bunda ek- elastiklik koyeffitsenti,
Tb- talabning foiz hisobida o‘zgarishi,
R%- narxning foiz hisobida o‘zgarishi.
Buni bir misolda ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, bir shisha fanta narxi 100 so‘mdan 120 so‘mga yetdi.
Bunga javoban fanta xaridi 12 shishadan 9 shishaga tushib qoldi, demak narx 20 % oshdi.(120-100/100*100=20%)
Talab esa 25% ga qisqardi.(12-9/12*100=25%)
Endi bu ko‘rsatkichlarni formulaga tushirsak, ek = 25/20=1,25 yoki
Ek >1. Bunda narxga nisbatan talab tezroq o‘zgargan va talab qonuni o‘z kuchida qolgan.
Bu aksincha ham bo‘lishi mumkin,Ya’ni ek<1 bo‘lsa noyelastik talab mavjud bo‘ladi.
Agar ek=0 bo‘lsa, mutlaqo noyelastik talab vujudga keladi, ya’ni narxga javoban talabda hech qanday o‘zgarish yuz bermaydi.
Bordi-yu, ek=1 bo‘lsa, narx va talab bir xil o‘zgargan bo‘ladi, Bunday holatni bir daf’ali yoki birlik elastiklik deyiladi.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |