Tmi 3- kurs talabasi Jumanazarova Dilrabo
Download 384.45 Kb.
|
Endokrin bezlar
Endokrin bezlarning oz-ozini boshqarish jarayonida gipotalamo-gipofizar tizimning roli. Gipotalamusning kopgina hujayralari neyrosekretsiya xususiyatiga ega, yani ularda biologik faol moddalar neyrogormonlar hosil boladi. Gipotalamusning neyrosekretor hujayralari tana va osimtalarga egadirlar. Ularning sekreti-gormonlar tabiatan polipeptidlar bolib sekretor granulalar shaklida hosil bolib hujayra aksonlariga tushadi va oxirgi uchlarigacha yetib boradi va osha joyda jamlanadi. Ajralib chiqishdan oldin gormonlar granulalari ozining zichligini yoqotadi va pufakchalarga aylanadi. Neyrosekretor hujayralarning osimtalari gipotalamo-gipofizar traktini hosil qiladi gipofizning oyoqchalari, yani ular orqali neyrogormonlar gipofizga tushadi va uning hujayralarini sekretorlik faolligini ozgartiradi. Boshqa endokrin bezlar orqali gipofizning funksiyasini ozgarishi organizmni funksiyalarini ozgarishini chaqiradi. Buni biz gipofizning oldingi bolagi gormonlari va boshqa endokrin bezlar bilan ozaro aloqasi orasidagi munosabati bilan tushuntiramiz. Gipofizning oldingi bolagidan qalqonsimon bez gormonlari hosil bolishini stimullovchi tireotrop gormon ishlab chiqiladi. Agar, hayvonlar gipofizining oldingi bolagi olib tashlansa va shu bilan birga tireotrop gormonlar tushishi toxtatilsa, gipofizni atrofiyaga uchrashini chaqiradi va tireotrop gormonini taqchilligi yuzaga keladi. Qolqonsimon bezning ichki sekretorlik funksiyasini tireotrop gormoni bilan stimullanuvishida namoyon boluvchi gipofiz bilan qalqonsimon bezlar orasidagi togridan-togri bogliqlik shunday yol bilan bajariladi. Ikkinchi tomondan qolqonsimon bezi gormonlarining meyoridan ortiq darajada kopayib ketishi, gipofizning tireotrop gormonini hosil bolishini tormozlaydi, bu holat tufayli qalqonsimon bez bilan gipofizning treotrop gormonini sekretsiyasi orasidagi qayta manfiy boglanish yuzaga keladi. Download 384.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling