Tmi 3- kurs talabasi Jumanazarova Dilrabo
Download 384.45 Kb.
|
Endokrin bezlar
38-rasm. Endokrin bezlarning joylanish chizmasi. 1-gurrasimon bez yoki epifiz; 2-gipofiz; 3-qalqonsimon bez; 4-qalqonsimon bez oldi bezchalari; 5-ayrisimon bez; 6-medaosti bezi; 7-buyrakusti bezi; 8-tuxumdon (qizlarda); 9-urugdon(ogil bollarda) Jinsiy bezlar jinsiy gormonlar ishlab chiqarish bilan birga, jinsiy hujayralarni (tuxum va spermatazoidlar) ham ishlab chiqaradi. Medaosti bezining hujayralarini bir qismi insulin va glyukogen gormonlarini ishlab chiqsa, qolgan qismi medaosti bezining hazm shiralarini ishlab chiqaradi. Odamning endokrin bezlari olchami jihatidan unchalik katta emas, ogirligi ham unchalik katta emas (grammning bir qismidan, bir necha grammlargacha) lekin qon tomirlari bilan juda yaxshi taminlangan. Qon ularga zarur bolgan qurilish materiallarini olib keladi va undan kimyoviy jihatdan faol sekretlarni olib ketadi. Endokrin bezlarga juda katta tarmoqlangan asab tolalari keladi va ularning faoliyati doimiy ravishda asab tizimi bilan nazorat qilinadi.Ichki sekretsiya bezlari funksional jihatdan bir-biri bilan uzviy boglangan va bitta bezning jarohatlanishi boshqa bir bezning faoliyatini buzilishini chaqiradi. Download 384.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling