ʻtmish moddiy-madaniy boyliklari. Ajdodlardan avlodlarga qolgan xalq og
Download 18.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Документ1
Adabiy-madaniy meros — o ʻtmish moddiy-madaniy boyliklari. Ajdodlardan avlodlarga qolgan xalq og ʻzaki ijodi, yozma adabiyoti, sanʼati, meʼmorlik va hokazo namunalari. Adabiy-madaniy meros uni yaratgan xalq tarixi bilan iz-chil va mustahkam bog ʻlangan bo ʻladi; shu xalqning qadimgi davrlardan boshlab hozirgacha yaratgan va saqlanib kelgan adabiy-ma ʼnaviy yodnomalari, moddiy-madaniy obidalarini oʻz ichiga oladi. Oʻzbek xalqining boy adabiy-madaniy merosi yozma tarix boshlangandan keyin axomaniylar (mil.av. 558 — 330), salavkiylar (mil. av. 312-64), O ʻrxun-Yenisey tosh bitiklari, turkiy (uyg ʻur) qoʻlyozma yodgorliklar, Turk xoqonligi (552-745), Arab xalifaligi (632-1258) va keyingi davrlar, xususan Amir Temur va temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, uch xonlik, Rossiya is-tilosi, sho ʻrolar tuzumi davrlarida va, nihoyat, mustaqillik yillarida bunyod etilgan og ʻzaki, yozma va moddiy yodno-ma hamda yodgorliklardan iborat. Bular o ʻzbek xalqining urf-odatlari, rasm-rusmlari, bayramlari, xalq ijodi namu-nalari, adabiyot va fan sohasida yaratilgan manbalar, tasviriy va amaliy san ʼat hamda musiqa asarlari, qadimgi bitiklar va arxeologik topilmalar, rang-barang me ʼmoriy obidalarni qamrab oladi. Adabiy-madaniy merosni saqlash va urganish ham tarixiy, ham ma ʼrifiy qimmatga ega. Bular oʻzbek xalqining milliy iftixori hisoblanadi. Sho ʻrolar tuzumi davrida, xususan qatagʻon yillarida Adabiy-madaniy merosga nisbatan butunlay noto ʻgʻri, mafkuraviy munosabatda boʻlindi. Oʻtmishda yashab ijod etgan bir qancha shoirlar ijodini o ʻrganish man etildi, arab yozuvida bitilgan qoʻlyozmalar yo ʻqqilindi. Adabiy-madaniy merosning zukko bilimdonlari quvgʻin ostiga olindi; Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho ʻlpon va boshqa adib, shoir, olim va ziyolilar qatl etildi, oʻnlab masjid va madrasalar buzib tashlandi, xalq marosimlari va bayramlarini o ʻtkazish taqiqlandi. Bu borada turg ʻunlik yillari qatagʻon davrining oʻziga xos davomi boʻldi. 12 jildli Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasini nashr etishga kirishil-ganligi adabiy-madaniy merosni ilmiy oʻrganish yoʻlidagi muhim tadbir boʻldi. Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband singari islom dinini targ ʻib qilish yoʻlidagi xizmatlari bilan dunyoga tanilgan buyuk vatandoshlarimiz dafi etilgan joylar obodonlashtirilib, ziyoratgohga aylantirildi. Ularning hayoti va ilmiy merosini o ʻrganishga bagʻishlangan ki-toblar chop etiddi. Amir Temir hayoti va faoliyati, temuriylar davri madani-yatiga oid kitoblar nashr etildi. O ʻrta asrning noyob madaniy yodgorligi „Usmon Qur’oni“ o ʻz egalariga — Oʻzbekiston Diniy boshqarmasiga qaytarildi. „Al-pomish“ dostoni yaratilganligining 1000 yillik yubileyi oʻtkazildi. Xalq meʼmorligining noyob namunalari boʻlgan bir qator meʼmoriy yodgorliklar ta ʼmirlandi. Ahmad Yassaviy, Rabgʻuziy, Husayniy, Huvaydo, Behbudiy va boshqalar ijodi haqida tadqiqotlar olib borilmoqda, asarlari nashrga tayyorlanmoqda, Qur’on va Hadis ham birinchi marta o ʻzbek tiliga tarjima qilinib ommalashtirildi, qatagʻon qilingan shoir va adiblarning asarlari ko ʻplab nusxalarda chop etildi, unutilishga mahkum etilgan qator hunarmandchilik sohalari qayta tiklandi va xalq bayramlari tantanali nishonlanmoqda. Download 18.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling