6.3. Rasm. Monolit (a) va yoriq (b) tog’ jinslarida yumshatgichning parallel o’tishdaga borozdo qirqimi.
Massivni yumshatish yumshatgichning parallel uzun yurishi orqali amalga oshiriladi. Uzun yurishlar orasidagi masofa belgilangan bo’laklik va yumshatishning samarador chuqurligini ta’minlash sharti bo’yicha hisoblanadi. Bunda yumshatishning samarador chuqurligi, tishning botish chuqurligidan kam bo’ladi. Chuqurligini oshirish va kon massasining bo’lakligini ta’minlash maqsadida qo’shimcha kesishgan yurishlar qo’llaniladi.
O’ta zich tog’ jinslarida yumshatgichning mehnat unumdorligi- yumshatiladigan uchastka uzunligi 100-300 m bo’lganda 1000-1500 m3/soatgacha etishi mumkin.
Yumshatiladigan uchaska uzunligi 100-300m gacha bo’lishi mumkin. Yumshatilgan tog’ jinslari buldozerlar bilan shtabellanadi (to’planadi). To’plangan tog’ jinslari yuklovchi mashinalar yoki ekskavatorlar bilan transport vositalariga yuklanadi.
Xulosa
Mexanik usulda yumshatishning eng keng tarqalgan usuli bu-traktorli yumshatishdir. Bunda gusenistali quvvatli traktorlarga 1-5 tagacha yumshatuvchi tishlar o’rnatiladi. Tog’ jinsi qattiqligi oshgan sayin yumshatuvchi tishlar soni kamayadi. Yarim qoyali va katta yoriqli qoyali tog’ jinslarida bir tishli yumshatgichlar, kam mustahkamlikka ega bo’lgan tog’ jinslarida esa, ko’p tishli yumshatgichlar (ularning unumdorligini oshirish maqsadida) ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |