Tog’ jinslari, silikatlar sinfi va minerallar haqida tushuncha
Download 48.91 Kb.
|
Tog’ jinslari, silikatlar sinfi va minerallar haqida tushuncha
TOG’ JINSLARI , SILIKATLAR SINFI VA MINERALLAR HAQIDA TUSHUNCHA. Yer sharining quruqlik va okean qismlaridagi yer po’sti har xil tog’ jinslari va minerallardan tashkil topgan. Tog’ jinsi deb bir yoki bir necha minerallarning tabiiy birikmasi, organik dunyo qoldiqlaridan tashkil topgan hosilalarga aytiladi. Yer po’stidagi hamma tog’ jinslari hosil bo’lish sababiga va tarkibiga ko’ra uch guruhga: magmatik, cho’kindi va metamorfik (o’zgargan) tog’ jinslariga bo’linadi. Magmatik tog’ jinslari o’z navbatida yer po’stida qotgan intruziv va yer yuzasiga chiqib quyilgan effuziv vulqon jinslarga bo’linadi. Bularning ikkalasi ham magmaning ikki xil sharoitda qotishidan paydo bo’lgan. Cho’kindi jinslar magmatik va metamorfik jinslarning turli kuchlar ta’sirida yemirilib to’planishidan vujudga keladi. Metamorfik tog’ jinslari cho’kindi va magmatik jinslarning harorat, bosim gaz va suyuq holidagi eritmalar ta’sirida qayta kristallanib o’zgarishidan paydo bo’ladi. Ammo shuni aytish kerakki, metamorfik jinslar ham o’z navbatida qaytadan metamorfizmga uchrashi mumkin. Masalan, Kola yarim orolidagi belomeoridlar deb ataladigan metamorfik jinslar bir necha marta o’zgargan. Bu uch guruh tog’ jinslari minerallardan tashkil topib, ular bilan turli foydali qazilmalar bog’liq bo’lganligi sababli minerallarning kimyoviy tarkibi va fizik xossasini o’rganish lozim. Ma’lumki, bir xil tog’ jinsning tarkibi ikkinchi xil tog’ jinsining tarkibiga mos kelmaydi. Masalan, magmatik tog’ jinslari bo’lmish granit, kvars, dala shpati, biotit rogovaya obmanka minerallaridan tashkil topgan bo’lsa, dunit, olivinit, piroksen olivindan va metamorfik tog’ jinslaridan bo’lmish marmar faqat kalsit minerallaridan tashkil topgan. Demak, minerallarning fizik va ximik xossalarini o’rganib, ular qaysi tog’ jinsida uchrashini bilib, tog’ jinslarining nomini aniqlash mumkin ekan. Tog’ jinslarini hosil qiluvchi minerallar va ularning hossalari. Mineral deb tog’ jinslarining tarkibini tashkil qiluvchi bir yoki bir necha elementlarning fizik – kimyoviy sharoitlarda paydo bo’lgan birikmasiga aytiladi. Tog’ jinslarini tashkil qiluvchi minerallarning xar biri o’ziga xos fizik-kimyoviy xususiyatga ega. Tabiatda ma’lum bo’lgan minerallarning (3000 dan ortik) ko’pchiligi qattiq, juda ozgina qismi suyuq va gaz holatda bo’ladi. Hamma minerallardan faqat 100 tachasi tog’ jinsini tashkil qiluvchi minerallar bo’lib ularning 60 tasi eng ko’p tarqalgan. Tog’ jinsining tarkibini tashkil qiluvchi minerallar fizik xususiyati va kimyoviy tarkibi bilan biri ikkinchidan farqlanadi. Minerallarning tashqi tuzilishi – morfologiyasi ularning qanday elementlardan tuzilganligiga va bu elementlarning molekula, atom va ionli ichki qurilishiga bogliq. Shularga qarab minerallar har xil geometrik shakllarda kristallanadi. Tabiatda ma’lum bo’lgan minerallarning kristallanish xossalari bilan geologiya fanining bir sohasi kristallografiya shugullanadi. Minerallarning kristallik xossasi ularni boshqa amorf minerallardan farq qilinishini ko’rsatadi.Minerallarning kristallari bir necha qirrali bo’ladi. Kristall tekisligi, qirralari va markazi kristallarning simmetriya elementi deyiladi. Shuning uchun o’xshash kristallarning simmetriya elementlari soni hamma kristallarda to’rliga va cheklangan bo’ladi. Bir xil simmetriyali kristallarni bir tur yoki bir singoniyaga kiritishi mumkin. Tabiatda uchraydigan barcha mineralarni kristallarning va singoniya elementlarining murakkabligiga qarab ( ular 32 ta ) 7 ta singoniya guruhiga bo’linadi. Triklin singoniya. 2. Monoklin —prizmatik singoniya. Rombik singoniya. 4. Trigonal singoniya. 5. Geksogonal singoniya. 6. Tetragonal kvadrat singoniya. 7. Kub singoniya. Minerallarning fizik xossalariga quydagilar kiradi: Rangi— minerallar tabiatda oq, kulrang, sariq, pushti, ko’k, qora, qizil, rangsiz bo’ladi. Ba’zi minerallarni rangiga qarab juda oson aniqlash mumkin. Masalan pirit- 02 sariq oltinrang, azurit ko’k rangda bo’ladi. Ba’zi minerallarni aniqlashda rangi katta rol o’ynamaydi. Masalan, kvars, gipslarning rangi har xil bo’lishi mumkin, ikkalasi oq bo’lsa ham qattiqligi boshqa bo’ladi. Shaffofligi-minerallar kristallaridan yorug’lik nurining o’tishiga bog’liq, ular tiniq, yarim tiniq, xira va tiniqmas bo’lishi mumkin. Masalan, tog’ xrustali, kalsit, gips tiniq minerallarga; opal, xalsedon – yarim tiniq; dala shpati – xira; pirit, magnetit — tiniqmas minerallar xiliga kiradi. 3.Yaltiroqlik — minerallar yuzasiga tushgan nurni aks etishidan xosil bo’ladi. Minerallar shpatsimon, metallsimon, sadafsimon, olmossimon, moysimon yaltirash xususiyatiga ega bo’ladi. 4.Qattiqlik – minerallarning fizik xususiyatlarini aniqlashda eng muhim belgi qattiqlikdir. Minerallarning qattiqligini aniqlash uchun 10 ta mineral tanlab olingan bo’lib, ularning eng yumshog’i 1 deb, eng qattig’i 10 deb belgilangan. Moos tomonidan tuzilgan qattiqlik shkalasiga quyidagi minerallar kiradi.
Minerallarning qattiqligini aniqlash uchun qattiqligi ma’lum bo’lgan mineralni o’tkir uchi bilan qattiqligi noma’lum bo’lgan mineral yuzasiga chizib aniqlanadi. Sinishi – ba’zi minerallar uchun muhim belgi xisoblanadi. Minerallar chig’anoqsimon to’g’ri, tolali, noto’g’ri sinishi mumkin. Chig’anoqsimon sinishi kvars, opal va xalsedon minerallari uchun xosdir. To’g’ri sinishi magnetit minerali uchun, donador sinishi apatitlar uchun xos. Asbest tolali bo’lib sinadi. Solishtirma ogirligi dala sharoitida aniqlash qiyin, lekin ayrim minerallar uchun bu muhim belgini nisbatan aniqlash mumkin. Kalsitning solishtirma og’irligi 2,7 bo’lsa, baritniki 4,5 ga, galenitniki 7,1 ga teng. Qovushoqlik yoki atramin xususiyati ham katta ahamiyatiga ega bo’lib, o’ta mukammal, mukkamal va nomukammal bo’ladi. Masalan, slyudalarniki o’ta mukammal, kalsitniki – mukammal va kvars, gematitniki nomukammal bo’ladi. Minerallarning magnitli xususiyati ham muhim ahamiyatiga ega, masalan magnetit minerali tashqi ko’rinishi gematitga o’xshasada, magnitli xususiyatiga ega. Minerallar o’zlarining ximiyaviy tarkibiga genezisiga, va boshqa xususiyatlariga qarab quyindagicha tasniflanadi: Sof elementlar sinfiga, oltingugurt, olmos, grafit, oltin, kumush, platina va boshqalar. Sulfidlar sinfiga, galenit, sfalerit, xalkopirit, pirit, markazit, molibdenit, kinovar, realgar, arsenopirit va bosqalar kiradi. Galoidlar sinfiga osh tuzi, galit, silvin, karnallit va boshqalar. Oksidlar va gidrooksidlar sinfiga kuprit, magnetit, gematit, sinkit, korund, va boshqalar kiradi. Karbonatlar sinfiga kalsit, magnezit, dolomit, siderit, malaxit, azuritlar kiradi. Sulfatlar sinfiga – selestin, barit, angidrit, gips, alunit va boshqalar kiradi. Fosfatlar sinfiga – apatit, fosforitlar kiradi. Silikatlar sinfi ichki tuzilishi ( strukturasiga qarab quyidagi turlarida bo’lingan). а) Orolsimon silikatlar – granatlar – almandin, andradit va grossulyar. b) Zanjirsimon silikatlar – avgit, bronzit, enstatit, gipersten. v) Lentasimon silikatlarga, rogovaya obmanka, aktinolit. g) Varaqsimon silikatlarga talk, muskovit, yuiotit, serpentin va boshqalar. To’qimasimon silikatlarga ortoklaz, plagioklazlar kiradi. Download 48.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling