Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallarni o’rganish va ularning fizik hususiyatlarini aniqlash
Download 56.27 Kb.
|
Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar va ularni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallarni o’rganish va ularning fizik hususiyatlarini aniqlash
Reja: Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallarni o’rganish va ularning fizik hususiyatlarini aniqlash. Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar majmuasi. Minerallarning ulanish tekisligi. Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallarni o’rganish va ularning fizik hususiyatlarini aniqlash Yer tarkibi 47% kremniy oksid, 8% alyuminiy, 5% temir,11% magniy, kalsiy, natriy va kaliy yig‘indisidan iborat bo’lib, faqat 3% ni boshqa bizga Mendeleev jadvalidan ma‘lum bo‘lgan, qolgan kimyoviy elementlaridan tashkil topadi. Bu kimyoviy elementlar tabiiy sharoitda bir-birlari bilan birikib, minerallarni tashkil etadi. Minerallarni o’rganuvchi fan geologiya fanining bir bo‘limi bo‘lib, mineralogiya deb ataladi. Mineral degan termin qadimiy «mineral» ya‘ni rudali tosh, rudaning parchasi degan so‘zdan kelib chiqqan. Mineral deb, fizikaviy xossalari va ximiyaviy tarkibi bir xil bo‘lib, ma‘lum bir fizikaviy, ximiyaviy jarayonlar natijasida tabiiy yo‘l bilan hosil bo‘lgan moddaga aytiladi. Minerallar hosil bo‘lishiga qarab+ : birlamchi, ikkilamchi, hamda «metamorfizm» jarayonida- yangi minerallar hosil bo‘ladi. Magmaning qotishi va kristallanish yo‘li bilan hosil bo’lgan minerallar (kvars, dala shpati, oliven va boshqalar) birlamchi minerallar deyiladi. Birlamchi minerallarning ko‘mir kislotasi, kislorod, harorat, organik moddalarning ta‘sirida yemirilish natijasida hosil bo‘ladigan minerallar (talk-avgitni, zmeevik- olivinni, xlorit- slyudani o‘zgarishidan ) –ikkilamchi minerallar deyiladi. Yerning ichida yuqori bosim, yuqori xarorat ta‘sirida tog‘ jinslari va minerallar o‘zgaradi, buning natijasida yangi minerallar hosil bo‘ladi, bunday minerallar metamorfizm jarayoni natijasida hosil bo’ladi. Yer sharida hozirgi vaqtda 7000 dan ortiq mineral ma‘lum, ammo bularning faqat 50-100 tasi tog‘ jinsini hosil qiluvchi hisoblanadi. Minerallarni o‘rganish rentgen, kristallografik, ximiyaviy, fizikaviy, hamda qizdirish va boshqa usullar yordamida olib boriladi. Bu usullarning hammasi maxsus moslashtirilgan laboratoriyalarda bajariladi. Minerallarni ko‘z yordami bilan aniqlashda quyidagi ish asboblari ishlatiladi: 7 yoki 10 marta kattalashtiriladigan lupa, igna, bolg‘a, qattiqlik shkalasi va pichoq. Buning uchun minerallardan namuna olib chetini bolg‘a yordamida sindirilib, yangi siniq hosil qilib xususiyatlari topiladi (rangi, qattiqliligi, ulanish tekisligi va aniq yuzalari, shaffofligi, yaltirash, sindirish ko‘rsatkichi va boshqalar). Download 56.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling