Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallarni o’rganish va ularning fizik hususiyatlarini aniqlash
Minerallar Mustahkamlik shkalasi
Download 56.27 Kb.
|
Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar va ularni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yumshoq
- Pichoq bilan
Minerallarning ulanish tekisligi. Kristallar va kristall donalarining haqiqiy yoki bo’lishi mumkin bo’lgan yonlariga parallel muayyan kristallarini tekisliklar bo’yicha ajralishi yoki sinishi natijasida hosil bo’lgan tekis yuzalariga ulanish tekisligi deb ataladi. Bu ulanish tekisligi faqat kristall tuzilish minerallarga hos, amorf jismlarda esa ifodalanmaydi. Ularning tekisligi yaxshi ifodalangan minerallar oson parchalanib, juda silliq va tekis yuzalar hosil qiladilar. Ulanish tekisligiga ko’ra barcha minerallar quyidagilarga bo’linadi: 1. Ulanish tekisligi o‘ta mukammal minerallar (masalan, slyuda, kalsit). 2. Ulanish tekisligi mukammal minerallar (masalan- osh tuzi, kalsit). 3. Ulanish tekisligi o‘rtacha bo‘lgan minerallar (masalan, shox aldamchisi, dala shpati ) 4.Ulanish tekisligi nomukammal minerallar (masalan- anortit, sof oltingugurt, olivin, kassitrit). 5.Ulanish tekisligi o‘ta nomukammal minerallar (masalan- kvars, magnetit, gematit, oltin, platina) Minerallarning sinishi. Mineral urib maydalanganda u qonuniy yo’nalishda bo’lmagan tasodifiy yuzalar bo’yicha parchalanishi sinish xossasi deyiladi. Bu xususiyat ulanish tekisligi bo’lmagan minerallarga xosdir. Minerallarning bu xossasiga qarab ularning qaysi gruppasiga kirishi yoki nomini aniqlashimiz mumkin. Bizga ma’lumki slyuda har doim plastinka shaklida sinadi. Har xil minerallar singandan so’ng hosil bo’lgan yuzaga qarab bir necha turga ajraladi: Tekis sinish – bu ulanish tekisligi bo‘lgan minerallarda bo‘ladi (kalsit, slyuda, dala shpati.) Chiganoqsimon sinish–minerallar maydalanganda chig‘anoqqa o‘xshash yuzalar hosil bo‘ladi. Bu sinish kvars, xalsedon, opal, magnetit singari minerallar uchun xarakterlidir. Zirapchasimon sinish – bunda minerallarning maydalangan yuzasida har -xil uzunlikdagi tikanlar uchraydi (asbest, kremen, shox aldamchisi) Donador sinish – bunday sinishda mineral bo‘lakchasidagi ayrim kristallar dona-dona bo’lib ko’rinib turadi (olivin, angidrid, magnetit, anortit) Kesaksimon sinish – bu gilli minerallarda uchraydi (kaolin). Minerallarning yaltiroqligini aniqlash. Minerallar yuzasining turli darajada nur qaytarish qobiliyatiga yaltiroqlik deyiladi. Yaltiroqlik minerallarning rangiga bogliq bo’lmasdan ularning yuzasidan qaytgan nurning miqdoriga bogliq bo’ladi. Minerallarning yaltiroqligini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1.Metallsimon yaltiroqlik - bu yaltiroqlik odatda tiniq bo’lmagan minerallarda uchraydi (markazit, magnetit, molibdenit). 2.Olmossimon yaltiroqlik-bu tiniq va ishlash qobiliyati kam bo’lgan minerallarga xos (olmos, kinovar, sfalerit). 3.Shishasimon yaltiroqlik-bu asosan juda tiniq minerallarda tarqalgan (kvars, dala shpati, olivin, kalsit, dolomit). 4.Yog’simon yaltiroqlik-bu yaltiroqlik minerallarning yuzasida kichik notekisliklar, g’adir-budirliklar paydo bo’lganida hosil bo’ladi, chunki shu yuzaga tushayotgan nur qisman har yerga bo’linadi (talk, nefelin). 5.Sadafdek yaltiroqlik- qat-qat tuzilgan va ulanish tekisligi yaqqol ko’rinib turuvchi tiniq minerallar uchun harakterli. Bu yaltiroqlik qatlamlar va ulanish tekisligi orqali o’tuvchi nurning qaytarilishi bilan bogliqdir. 6.Ignasimon yaltiroqlik-tolasimon tuzilgan (asbest, tolali gips-selenit) minerallarga xosdir. 7. Xira yaltiroqlik-ba’zi minerallarda nurni juda yomon o’tkazish xususiyati bor, shuning uchun ularning yuzasi yaltiramaydi. Bularga bo’r, kaolin, har xil oxralar, temir gidrooksidning ba’zi turlari kiradi. Minerallarning solishtirma og‘irligi. Ma’lumki, minerallarning solishtirma og’irligi avvalo shu kristal moddani tashkil etuvchi ion yoki atomlar og’irliklar bilan bog’liq. Ularning solishtirma og’irligi 0,6 dan 23 gacha bo’ladi (tabiiy gazlar, suyuq bitumlar 1 dan kichik, iridiy gruppasidagi minerallar 23 gacha bo’ladi). Yer sharida uchraydigan ko’pchilik minerallarning o’rtacha solishtirma og’irligi 2,5 – 4 ga teng (masalan, silikatlar gruppasi). Laboratoriya sharoitida qyuidagi minerallar bilan tanishib, ularning fizik hususiyatlarini aniqlaymiz: Download 56.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling