Tog' jinslarini maydalovchi qattiq qotishmali instrumentlar bilan skvajinalarni burg'ilash
Zarbli aylanma burg'ilash uchun tog'jinslarini maydalovchi
Download 0.65 Mb.
|
TOG` JINSLARINI HOSIL QILUVChI MINЕRALLAR
Zarbli aylanma burg'ilash uchun tog'jinslarini maydalovchi instrumentlar
Ochilgan kesimning litologik tarkibi, sizdirish-hajmiy xossalari va to’yinganlik xarakteri haqida bevosita geologik axborot olish uchun quduqlarda tog’ jinslarining namunalari (kern) olinadi. Burg’ilash jarayonida kern namunalari olish maxsus konlonkali burg’ilar bilan amalga oshiriladi. Kern olish hajmi va oraliqlari quduqlarning vazifasi va bajaradigan topshirig’i bilan belgilanadi. Tayanch quduqlarida to’liq kern olinadi, parametrik quduqlarda quduqning chuqurligidan 20% gacha hajmda loyihalanadi, izlov quduqlarida – odatda 10-12%. Neft va gaz uyumlarini chegaralash, konni geologik tuzilishini o’rganish va konning kesimini neftgazliligini aniqlash maqsadida loyihalanadigan qidiruv quduqlarida kern olinadigan oraliqlar quduqning chuqurligadan 6-8% ni tashkil etadi. Neft, gaz va gazkondensat qazib olish maqsadida burg’ilanadigan ishlatish quduqlarida kollektorlik xossalarini batafsil o’rganish uchun mahsuldor qatlamlardan kern olinadi. Kern maydon bo’yicha bir tekis joylashgan ishlatish quduqlarining 10% dan olinadi. Shuningdek, haydovchi quduqlarda ham kern olinishi lozim. Bu suv haydash rejalashtirilgan qatlamlarning kollektorlik xossalari va har turlilik xarakterini aniqlash imkonini beradi. Haydovchi quduqlarda kern haydovchi quduqlar sonidan 10% miqdorida mahsuldor qatlamlardan olinadi. Nazorat va baholov quduqlarida kern faqatgina mahsuldor qatlam oraliqlarida olinadi. Konlarni ishlatishga tayyorlash bosqichida kollektorlarning xossalarini batafsil o’rganish va zaxiralarni hisoblash hamda ishlatish loyihasini tuzish uchun zarur bo’lgan axborotlarni olish maqsadida mahsuldor qatlamlardan to’liq kern olinadigan maxsus quduqlar burg’ilanadi. Har bir yirik konda kollektor jinslarni neftgazga to’yinganlik koeffitsiyentini bevosita aniqlash uchun suvsiz yoki sizilmaydigan eritmalar qo’llagan holda bitta yoki bir nechta (konning miqyosi, tabiiy saqlagichning har turlilik darajasiga qarab) quduq burg’ilash tavsiya etiladi. Gaz (gazkondensat) uyumlarini qidirishda qoldiq neft mavjudligini aniqlash va uni kattaligini baholash uchun suvsiz (sizilmaydigan) eritmada burg’ilangan quduqning yonida suv asosidagi eritmada to’liq katta diametrli (60 mm dan kam bo’lmagan) kern olinadigan quduq burg’ilash tavsiya etiladi. Kernni quduq kesimiga bog’lash burg’ilash instrumentini davriy ravishda o’lchash bilan amalga oshiriladi, natijalar geologik jo’rnalga qayd qilinadi va tegishli akt bilan rasmiylashtiriladi. To’liq kern olib burg’ilangan hollarda kesimga bog’lash birorta kon geofizikasi usullari diagrammalarini “kern bo’yicha karotaj” natijalari bilan solishtirish yo’li bilan amalga oshiriladi (masalan, gamma-karotaj diagrammalarini kern namunalarining radioaktivligi o’lchov natijalari bilan). Kern oladigan snaryad – burg’ilash jarayonida kern olish uchun muljallangan moslama (8.1-rasm). Kern oladigan snaryad quduqqa burg’ilash quvirlarida tushiriladi, snaryadning pastiga jins yemiruvchi instrument (burg’u) biriktiriladi. Kern oladigan snaryadlarning uni ko’tarmasdan yer yuzasiga tutgich (ilgak) bilan olib chiqiladigan olinadigan kern qabul qiladigan moslamali va statsionar turlari mavjud. Kern oladigan snaryad odatda 7 – 8 m uzunlikdagi bir nechta seksiyalardan iborat bo’ladi, bu bir reysda ahamiyatli uzunlikdagi kernni olish imkonini beradi. Olinadigan kernning diametri 40 – 120 mm. K ern oladigan snaryadlarning “Nedra”, “Kembriy”, “Silur”, “Tengiz”, “Rif”, “MAG”, “KIM” va boshqa turdagi seriyalari mavjud. Turli konstruksiya va vazifadagi kern oladigan qurilmalar ishlab chiqariladi: “Nedra” – murakkab bo’lmagan sharoitlarda quduqlarni rotor usulida burg’ilab kern olish uchun; “Kembriy” – yumshoq, kuchsiz sementlangan va darzli tog’ jinslaridan rotor usulida burg’ilab kern olish uchun; “Silur” – to’kilish va o’pirilish bilan murakkablashgan tog’ jinslaridan rotor usulida burg’ilab kern olish uchun; “Tengiz” – neftgaz hosil bo’lishi va burg’ilash eritmasining yutilishi hamda yuqori kollektorlik xossalariga ega bo’lgan tog’ jinslaridan rotor usulida burg’ilab kern olish uchun; “Rif” – yumshoq, to’kiluvchan, juda darzli yotqiziqlaridan, shuningdek yuqori kollektorlik xossalariga ega bo’lgan rifogen tog’ jinslaridan rotor usulida burg’ilab kern olish uchun; “MAG” – mustahkam va abraziv tog’ jinslari oraliqlari hamda kristal poydevor jinslaridan turbinali usulda burg’ilab kern olish uchun. Standart usullarda kern olishning asosiy kamchiligi yumshoq va darzli tog’ jinslarini o’tishda uning kam chiqishi, shuningdek suv asosida tayyorlangan eritmalarda burg’ilashda neft- gazga to’yinganlikni to’g’ridan-to’g’ri aniqlash imkoniyatining yo’qligi hisoblanadi. Bu maqsadda kern olish uchun qidiruv quduqlarida neft (uglevodorod) asosidagi burg’ilash eritmalaridan foydalanishni talab qiladi. Uglevodorodlar asosida tayyorlanadigan burg’ilash eritmalari bilan mahsuldor qatlamlarni o’tish quduqning tannarxini ortishiga olib kelishi mumkin. Alternativ yechimlarni izlash o’tgan ХХ Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling