Tog' jinslarini maydalovchi qattiq qotishmali instrumentlar bilan skvajinalarni burg'ilash
Tog'jinslarini maydalovchi sharoshkali instrumentlar bilan
Download 0.65 Mb.
|
TOG` JINSLARINI HOSIL QILUVChI MINЕRALLAR
Tog'jinslarini maydalovchi sharoshkali instrumentlar bilan skvajinalarni burg'ilash.
Sharoshkali burg’ilash uskunasi. Ochiq kon ishlarida turli xildagi tog’ jinslaridan tashkil topgan massivlarda skvajina burg’ilash uchun asosan sharoshkali burg’ilash uskunasi qo’llaniladi. U diametri 190-320 mm chuqurligi 32 m gacha SNiP bo’yicha 6-16 guruhdagi tog’ jinslarida skvajinalar parmalash uchun keng qo’llaniladi. Bu uskunaning qulayligi: yuqori mehnat unumdorligi; skvajina burg’ilashning avtomizastiyalashganligi. Bularga misol qilib SBSh-250MNR, SBSh-200MN larni aytish mumkin. Burg’ilashning zarbli-aylanma usulida tog’ jinsining maydalanishi asosan burg’ilash koronkasining zarbi va burgi’lash uskunasining aylanma harakati hisobiga amalga oshiriladi. Burg’ilashning zarbli-aylanma usuli asosan SNiP bo’yicha VI-XI guruh mustahkam tog’ jinslarida skvajina parmalash uchun qo’llaniladi. Zarbli-aylanma usuliga mo’ljallangan burg’ilash uskunalari asosan ochiq kon ishlarining kichik mehnat unumdorligiga ega bo’lgan karerlarida qo’llaniladi. Zarbli-aylanma usuliga mo’ljallangan burgilash uskunalari asosan 105-125 mm diametriga ega bo’lgan skvajinalar burg’ilashda qo’llaniladi. Bu uskunaning qulayligi: uskunani mehnat unumdorligi burg’ilashning qiyalik burchagiga bog’liq emasligidir va mustahkamlik darajasi yuqori bo’lgan tog’ jinslarida skvajina burg’ilash uchun qo’llash hamda qulay transportirovka qilish mumkunligidadir.(SBU 100g, 125) Burg’ilashning aylanma zarb usulida tog’ jinsini maydalash asosan kuchli bosim ostida to’xtovsiz aylanma xarakat ostidagi burg’ilash qurilmasi hisobiga amalga oshiriladi. Tog’ jinsini maydalash asosan zarb va burg’ilash qurilmasining aylanma harakati asosida bo’ladi. Skvajina burg’ilanishining aylanma zarb usuli asosan NKR-100 burg’ilash uskunasida qo’llanilgan. Ushbu uskuna hozirgi kunda ham foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish ishlarida keng qo’llanilmoqda. Skvajina burg’ilashning termik va kombinastiya usulida tog’ jinsida burg’ilashning olovli usuli – termik usuliga kiradi. Asosan mehnat unumdorligi katta bo’lgan ochiq kon ishlarida va tarkibida kvarstdan tashkil topgan tog’ jinslarida skvajinalarni burg’ilash uchun ushbu burg’ilash usuli keng qo’llaniladi. Burg’ilashning portlatish usulida asosan, tog’ jinslarini ketma-ket portlatishga asoslangan va mustahkam, juda mustahkam tog’ jinslarida skvajina burg’ilashga asoslangan. Tog’ jinsining samarali maydalanishi asosan portlovchi moddaning brizantligi, zichligi va detonastiya xarakteristikasiga bog’liqdir. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling