Togʼ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari
Togʼ jinslari gʼovakligi va oʼtkazuvchanligi
Download 0.68 Mb.
|
Tog jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari
Togʼ jinslari gʼovakligi va oʼtkazuvchanligi
Togʼ jinslari gʼovakligi deganda ularning hajmi boʼyicha qattiq moddalar bilan toʼlmagan qismlari: gʼovaklar, yoriqlar, kovaklar, har xil boʼshliqlar va shu kabilar tushuniladi. Togʼ jinslarining gʼovakligi unda neft, gaz va qatlam suvlarining oʼzaro aralashish imkoniyatlarini aniqlaydi. Gʼovaklikni tavsiflash uchun gʼovaklik koeffitsentidan foydalaniladi. Togʼ jinslari gʼovaklik koeffitsenti togʼ jinsining umumiy hajmi boʼyicha uning qancha qismini boʼshliq egallaganligini koʼrsatadi. Barcha turdagi gʼovaklar oʼzlarining oʼlchamlariga bogʼliq holda yuqori kapillyar (>508 mkm), kapillyar (508-0,2 mkm) va subkapillyar turlarga boʼlinadi. Yuqori kapillyar ka-nallarda suv, neft va gaz gravitatsion kuch taʼsi-rida erkin siljiydi. Kapillyar kanallarda esa molekulyar ilashish (ad-geziya) kuchlarining pay-do boʼlishi evaziga suyuq-likning gʼovak muxitdagi harakati qiyinlashadi. Subkapillyar gʼovaklik loyli togʼ jinslari uchun tegishli boʼlib, suv, neft va gazning harakatini cheklaydi. Bunday gʼovak-larda suyuqlik sizilishi (filьtratsiyasi) sodir boʼlmaydi. Mahsuldor qatlamlarda neft va suvning harakatlanishi oʼzaro tutash boʼlgan gʼovak kanallarda oʼlchamlari qiymatlari 0,2 mkm dan katta boʼlgandagina sodir boʼladi. Gʼovaklilik umumiy, ochiq va samarador turlarga boʼlina-di. Togʼ jinslaridagi barcha turdagi gʼovaklarning yigʼin-disi (boʼshliq, kovak, yoriq-lik va shu kabilar) umumiy (absolyut) yoki nazariy gʼovak-lik deb ataladi. Umumiy gʼovaklik gʼovaklilik koef-fitsenti bilan tavsiflana-di va umumiy gʼovak hajm-ning birlik hajmga nisba-tiga teng. Gʼovaklilik koef-fitsenti sonli yoki foizli qiymatlarda ifodalanishi mumkin. Togʼ jinslarining toʼliq (absolyut) gʼovakligi quyidagi formula orqali ifodalanadi: bu yerda: - gʼovak muxitning umumiy hajmi; - togʼ jinsining toʼliq hajmi. Gʼovaklik koeffitsentini % da quyidagicha ifodalanadi: Togʼ jinsining umumiy gʼovakligi togʼ jinsini tashkil etuvchi donalar-ning oʼzaro joylashuvi xususiyatlariga va turli xildagi moddalarning mavjudligiga, donalar oraligʼidagi qatlamcha-larning oʼzaro birikib qotish xususiyatlariga bogʼliq. Togʼ jinslarini tashkil etuvchi zarracha-larning shakllari har hil boʼladi. Togʼ jins-lari juda mayda bir xil diametrdagi zarrachalar-dan tashkil topgan boʼlsa, unda togʼ jinslarining umumiy gʼovaklilik haj-mi uni hosil qiluvchi zarrachalarning oʼzaro joylashuv holatlariga bogʼliq boʼladi. Baʼzi hollarda togʼ jinslari zarrachalari oraligʼida yelimlangan qatlamcha-larning mavjudligi gʼo-vaklik oʼlchamlarini kich-raytiradi yoki toʼliq gʼo-vaklikni berkitib qoʼyadi. Togʼ jinslari asosiy xos-salari yuqori daraja-dagi gʼovaklik kanallari-ning oʼlchamlari (kapil-lyar, subkapillyar va yuqori kapillyar) bilan aniqlanadi. Kapillyar kanallarga diametri 0,002 - 0,5 mm-gacha boʼlgan kanallar, subkapillyar kanallarga diametri 0,002 mm dan kichik, yuqori kapillyarga esa diametri 0,5 mm dan katta boʼlgan kanallar kiradi. Tabiiy sharoit-larda subkapillyar gʼovak-liklarda suyuqliklar-ning harakatlanishi yoʼ-nalishi boʼylab bosim-ning kamayishi sodir boʼlmaydi. Bunday holat-larda gʼovaklik kanal-lari devorlari oraliq-laridagi masofa juda kichik boʼlganligi uchun suyuqlik gʼovaklik devor-larining molekulyar tortish taʼsirida boʼladi va gʼovakliklarda ha-rakatlanmasdan ushlanib turadi. Turli xildagi togʼ jinslari uchun gʼovak-lik koeffitsientlari-ning qiymatlari oʼzga-rish chegaralari 3.1-jadvalda keltiril-gan. Togʼ jinslaridagi ochiq gʼovakliklarni neft, gaz va suv egallaydi, ularni qurshab turgan gʼovakliklarda boshqa moddalar boʼlishi mumkin. ogʼ jinslarida umumiy gʼovakliklarini neft, gaz yoki suvga toʼldirilgan hajmining togʼ jinsidagi hamma umumiy gʼovaklik hajmiga nisbati toʼyinish koeffitsienti deyiladi. Toʼyinish koeffitsienti qoldiq togʼ jinslarida gʼovakliklarning tutash hajmini tavsiflaydi. Toʼyinish koeffitsenti qanchalik katta boʼlsa mahsuldor qatlamda shunchalik koʼp neft va gaz joylashgan boʼladi. Gʼo-vakliklardagi neft, gaz va suv bilan toʼyinishi yotish chuqurligining oshishi bilan gʼovaklik kanallarida suyuqlik-larning harakatlanishi gʼovaklik oʼlchamlariga bogʼliq ravishda oʼzgara-di. Gʼovakliklar diamet-ri qanchalik katta boʼlsa neft va suv shunchalik yen-gil kirib boradi. Ular ogʼirlik kuchi taʼsirida gʼovak kanallar boʼylab kattaroq masofaga sil-jishi mumkin. Suyuqlik-larni kichik diametrli gʼovakliklarga kirib bo-rishi uchun (kapillyar gʼovakliklarda) katta bo-sim talab qilinadi. Bun-day hollarda suyuqlik-ning gʼovak kanallar boʼy-lab harakatlanishi juda qiyin kechadi. Togʼ jinslarida neft, gaz yoki suvning toʼplanishi uchun gʼovakliklarning oʼzaro tutashuvi uning muhim koʼrsatkichlaridan biri hisoblanadi. Qoldiq togʼ jinslarida gʼovaklik, boʼshliq va yoriqlarning oʼzaro bir-biri bilan tutashuvi qanchalik katta boʼlsa neft, gaz va suv qatlamda shuncha yaxshi siljiydi, yaʼni erkin harakatlana oladi. Togʼ jinslarida gʼovakliklar bir qismi bir-biri bilan oʼzaro bogʼlanmagan holda ham boʼladi. Bunday hollarda gʼovakliklar bekitilgan gʼovakliklar deyiladi va suyuqliklarning sizilishi imkonini bermaydi yaʼni sizilishga ishlashda qatnashmaydi. Shu bilan birgalikda bunday bekitilgan gʼovakliklar gaz yoki suv bilan toʼldirilgan boʼlishi ham mumkin. Shunga bogʼliq holda gʼovaklik ochiq turdagi gʼovaklikka ajratiladi. Ochiq turdagi gʼovaklik ochiq gʼovakliklarning togʼ jinsi hajmiga nisbati sifatida ifodalanadi. Baʼzi bir kanallar diametrlari kichikligi tufayli kanallar devorlarining namlanish darajasi kichik boʼladi. Bunday turdagi kanallarda neft va gazning harakatlanishi sodir boʼlmaganligi uchun samarasiz hisoblanadi. Samarali gʼovakliklar hajmining togʼ jinsi birlik hajmiga nisbati samarali gʼovaklik deyiladi (sonli qiymatlarda yoki foizlarda ifodalanadi). Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling