Togʼ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari
Togʼ jinslarida neft, gaz va suvning joylashish shartlari
Download 0.68 Mb.
|
Tog jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari
Togʼ jinslarida neft, gaz va suvning joylashish shartlari
Maxsuldor qatlamdagi togʼ jinslari tarkibi, bosim va haroratning oʼzaro nisbatlari kabi omillarga bogʼliq ravishda neft, gaz va suv turli agregat xolatlarda: suyuq, gazsimon va neftgaz aralashmalari koʼrinishlarida boʼladi. Neft, gaz va suv uyumda zichliklarining kattaligi boʼyicha aniq ketma-ketlikda joylashgan boʼlib, uyumning yuqori qismida gaz uning tagida neft va neftning pastki qismida suv boʼladi. Uyumda neft va gaz katta miqdorda toʼplangandan keyin gaz xolatidagi moddalar uyumning yuqori qismida gaz doʼppisi shaklida kontsentratsiyalanadi. Аgar neft uyumida gazning miqdori neftning miqdoriga nisbatan kichik boʼlsa qatlamdagi yuqori bosim taьsiridagi gazlar neftda erigan holatda boʼladi. Bunday holatda qatlamdagi neft bir fazali – chuyuq fazada boʼladi. Uyumlar neftli, gazli, gazneftli, gaz kondensatli va neftgazkondensatli turlarga boʼlinadi. Uyumning neftli va gazli qismlarida neft va gazdan tashqari kapillyar bosim kuchlari taьsirida gʼovakliklar va yoriqlarning devorlarida pardali qatlam shaklida suv ushlanib turadi. Kimyoviy tarkibi boʼyicha bu suv ham qatlam tubi yoki chetki suvlar kabidir. Qatlamda neft va gazli uyumlarning shakllanish jarayonida yupqa parda koʼrinishida gʼovakliklar va yoriqlarning sirtida saqlanib qolgan bunday pardali suvlarga «bogʼlangan yoki qoldiq suvlar» deyiladi. Bogʼlangan suvlar juda katta bosim jarayonida ham uyumda qoʼzgʼalmasdan qoladi. Neft konlarida bogʼlangan suvlar qatlam gʼovaklari va yoriqlari hajmining 10% dan 30% gacha qismini egallaydi. Bogʼlangan suvlarning yupqa pardalari qalinligi togʼ jinslari kollektorlarining oʼtkazuvchanligiga va suvning menerallashganlik darajalariga bogʼliq boʼladi. Loyli qalinliklarning oshishi bilan parda qalinligi oshadi, suvning minerallashuvi oshishi bilan esa bogʼlangan suvning pardasi qalinligi kamayadi. Bogʼlangan suvlarning miqdoriy jixatdan har xil boʼlishi uyumdagi neft va gaz zahirasini aniqlash va hisoblash uchun muhim koʼrsatkich hisoblanadi. Аgarda neft qatlamlarida katta miqdordagi bogʼlangan suvlar mavjud boʼlsa, qatlamning neft oʼtkazuvchanlik qobiliyati kamayadi va quduq kam debit bilan ishlaydi. Quduqlarni burgʼilab mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida qatlam suvlarining tavsiflariga bogʼliq ravishda turli xildagi loyli eritmalar tayyorlanadi. Neft va gaz kollektorlarining har xil gʼovakligi va oʼtkazuvchanligi hamda suvning gʼovakliklardan kapillyar koʼtarilishi sababli, mahsuldor qatlamdagi neftlilik va gazlilik soxalari oraligʼidagi boʼlinma aniq chegaralanmagan. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling