Tog usuli. Guidebook. Kirish


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana11.02.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1189929
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
TOG o\'quv qo\'llanma

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Xorijiy so’zlar uchun tayyor assotsiatsiyalar 
 
Quyida 150 ta ingliz tilidagi eng asosiy, boshlang’ich so’zlar, ularning 
tarjimasi, xorijiy so’zga obraz va bog’lanish berilgan. Agar ingliz tilini umuman 
bilmasangiz, u holda shu so’zlarni yodlashni boshlashingiz mumkin. Imkoni boricha 
o’zingiz ushbu so’zlarga obraz qilishga harakat qiling, agar qiynalsangiz, berilgan 
obrazlardan foydalanishingiz mumkin. 
1. Red [red] – qizil; (rediska) tasavvur qiling, rediskaning rangi to’q qizil edi, siz 
unga qaraganingizga u sizdan uyalib, yanayam qizarib ketti. 
2. Pink [pink] – pushti; (link) tasavvur qiling, sizga telegramdan link tashlashdi, 
uning rangi esa pushti rangda. Odatda, link ko’k rangda bo’lar edi, lekin bunisi 
pushti. 
3. Green [griin] – yashil; (green card) tasavvur qiling, siz green card yutib oldingiz, 
bu kartaning rangi yam-yashil ekan. 
4. Blue [blu] – ko’k; (Rio multfilmidagi to’ti: Blu) tasavvur qiling, Blu ko’k rangli 
bo’yoqda o’zining patlarini bo’yayapti. 
5. Yellow [yellou] – sariq; (yelin) tasavvur qiling, sigiringizning yelini sarg’ayib 
ketti, u kasal bo’lib qoldimikan deb o’ylab, veterinarga olib bordingiz. 
6. Purple [pyorpl] – binafsharang; (pyure, pul) tasavvur qiling, binafsharang pyureni 
pulingizga sotib oldingiz. Oddiy pyure arzon edi, lekin siz aynan shunisini 
tanladingiz. 
7. Brown [braun] – jigarrang; (burun) tasavvur qiling, burningizda xuddi 
kartoshkaga o’xshab jigarrang bo’lib qoldi. Siz endi nima qilishni bilmaysiz. 
8. Orange [orenj] – apelsin; (oranjeviy) oranjeviy (olovrang) qanday mevalar bor, 
albatta apelsin. 
9. White [uayt] – oq; (u aytdi) tasavvur qiling, xonani rangini oqqa bo’yashdi, 
bo’yoqchilar “u aytdi” deb bir-biriga to’nkashmoqda. 
10. Black [blek] – qora; (bilak) tasavvur qiling, bilagingiz qorayib ketti, nima 
qilganingizni o’zingiz ham bilmayapsiz. 


11. Gray [grey] – kulrang; (gree konditsioneri) tasavvur qiling, uyingizdagi Gree 
konditsioneringiz changib ketganidan kulrang bo’lib qoldi. 
12. Father [fazer] – ota; (lazer) tasavvur qiling, otangiz sizga lazer tushiryapti. 
13. Mother [mazer] – ona; (mozayka) tasavvur qiling, onangiz mozayka yasayapti. 
14. Sister [sister] – opa, singil; (siz, ter) tasavvur qiling, terlab ketganingizda 
singlingiz va opangiz sizga qarab, “siz teringizni artib oling” dedi. 
15. Brother [brazer] – aka, uka; (brat, ser) tasavvur qiling, bratingizni ser 
darajasigacha ko’tarishdi. 
16. Aunt [ant] – amma; (aut) tasavvur qiling, ammangiz futbolda to’pni autga 
chiqarib yubordilar. 
17. Uncle [ankl] – tog’a; (ankologiya) tasavvur qiling, tog’angiz ankologiya 
bo’limini boshlig’i. 
18. Wife [vayf] – xotin; (wi-fi) tasavvur qiling, hamma xotinlar wi-fida o’tirishipti, 
ishni hech kim qilmayapti. Eng alamlisi ish o’zingizga qolgan, wi-fini siz o’rnatib 
bergansiz. 
19. Husband [hazbend] – er; (hazil, bint) tasavvur qiling, biror-bir tanishingizning 
eri hazil qilib sizni bintga o’rab tashladi. 
20. Cousin [kazin] – tog’avachcha, ammavachcha; (kazino) tasavvur qiling, sizning 
tog’avachcha va ammavachchalaringiz kazinoga borib pul yutib olishdi. 
21. Niece [niis] – qiz bola jiyan; (mis) tasavvur qiling, sizning qiz bola jiyanlaringiz 
mis o’ynab o’tirishipti. 
22. Nephew [nefyu] – o’g’il bola jiyan; (neft, yulduz) tasavvur qiling, o’g’il bola 
jiyaningiz neft zavodda ishlab, neft ichidan yulduz topib oldi. 
23. Parents [perents] – ota-ona; (partnyor) tasavvur qiling, bu partnyorlar kimningdir 
ota-onasi. Ular partnyor. 
24. Family [femili] – oila; (family suvi) tasavvur qiling, butun oilangiz bilan Family 
suvidan ichasizlar. 


25. Face [feys] – yuz; (feysbuk) tasavvur qiling, feysbukda sizning yuzingizni rasmi 
bor. Logotipga qayerdandir qo’shilib qolipti. 
26. Head [hed] – bosh; (Het shot) tasavvur qiling, ko’ntr o’yinini 
o’ynayotganingizda sizni hetsho’t qilishdi, ya’ni boshingizga bir o’q otib o’ldirishdi. 
27. Tongue [tang] – til; (tong) tasavvur qiling, erta tongda siz tilingizni quyoshga 
qaratib chiqaryapsiz. 
28. Tooth [tuuz] – tish; (tuz) tasavvur qiling, tishingizga tuzni ishqalab
tishlaringizni oqartiryapsiz. 
29. Mouth [maus] – og’iz; (Mikki Maus) tasavvur qiling, Mikki Maus og’zini katta 
qilib ochib olib, sizni yeb qo’yishini aytyapti. 
30. Nose [nous] – burun; (nos) tasavvur qiling, burningizga nos tiqilib qoldi, uni esa 
siz chiqara olmayapsiz. 
31. Brow [brou] – qosh; (birov) tasavvur qiling, birovlar sizning qoshingizni kelib 
yulishyapti, siz u birovlardan qochishga harakat qilyapsiz. 
32. Eye [ay] – ko’z; (Ay!) tasavvur qiling, do’stingiz sizning ko’zingizga barmog’ini 
tiqib oldi. Shu sababli siz, “Aaaay” deb baqirib yubordingiz. 
33. Hair [heyr] – soch; (xayr) tasavvur qiling, sochlar jonlanib, sizga xayr deb qochib 
ketishyapti. Siz esa kal bo’lib qoldingiz. 
34. Ear [iyer] – quloq; (Iyee) tasavvut qiling, sizga quloqlaringiz judayam kattaligini 
aytishdi, siz esa ularga “Iyeeee, nega bunaqa deb hazillashyapsan” dedingiz. 
35. Jaw [jau] – jag’; (o’xshash so’zlar) tasavvur qiling, sizning jag’ingizga qattiq 
urishgan edi, siz “Ayy, jag’im” deya olmay, “Jaum” deb yubordingiz. 
36. Cheek [chiik] – yanoq; (Chikko) tasavvur qiling, Chikkoning yanoqlari qizarib 
ketti. 
37. Lips [lips] – lablar; (chips) tasavvur qiling, chipslarni lablaringiz bilan yeb 
qo’yyapsiz. 
38. Brain [breyn] – miya; (bir o’yin) tasavvur qiling, bir o’yin bor, u sizni miyangizni 
charxlaydi. Shunday bir o’yinlar ko’paysa yaxshi bo’lar edi. 


39. Neck [nek] – bo’yin; (nektar) tasavvur qiling, bo’yningizga nektar (asalari 
yig’adigan) surtib oldingiz, shu sababli asalarilar bo’yningizga yopishyapti. 
40. Chest [chest] – ko’krak; (chest) tasavvur qiling, kapitanga chest berish uchun 
qo’lingizni ko’kragingizga qo’ydingiz. 
41. Shoulder [sho’lder] – yelka; (sholi, o’ldir) tasavvur qiling, sholini yelkangiz 
bilan o’ldirdingiz.
42. Arm [arm] – qo’l; (charm) tasavvur qiling, qo’lingiz charm materialga aylanib 
qoldi. 
43. Thumb [samb] – bosh barmoq; (sambo) tasavvur qiling, bosh barmog’ingiz 
sambo tushyapti. 
44. Finger [finger] – barmoq; (fingal) tasavvur qiling, barmoqlaringiz bilan 
do’stingizni fingal qilib qo’ydingiz. 
45. Palm [palm] – kaft; (palma) tasavvur qiling, kaftingiz bilan palma daraxtini ezib 
tashlayapsiz. 
46. Wrist [Vrist] – bilak; (arm vrestling) tasavvur qiling, bilaklaringiz bilan 
armvrestling tushyapsiz. 
47. Leg [leg] – oyoq; (lego) tasavvur qiling, oyog’ingiz bilan legoni bosib oldingiz, 
shuning uchun rosa yig’layapsiz. 
48. Thigh [tsay] – son (oyoqniki); (PSY) tasavvur qiling, PSY qo’shiq aytayorganida 
soni og’rib qolib, yotib qoldi. 
49. Knee [nii] – tizza; (nina) tasavvur qiling, tizzangizga ninalar sanchib 
tashlashyapti. 
50. Heel [hiil] – tovon; (Napaleon Hill) tasavvur qiling, Napaleon Hillning tovoni 
qavarib yorilib ketti. 
51. Toe [to’] – oyoq barmog’i; (to’y) tasavvur qiling, to’yda oyoq barmoqlaringizda 
turib raqsga tushyapsiz. 
52. Toenail [to’neyl] – oyoq tirnog’i; (tunel) tasavvur qiling, tunelga berkinib olib, 
oyog’ingizning tirnog’ini olyapsiz. 


53. Fingernail [fingerneyl] – qo’l tirnog’i; (finger-barmoq, nay) tasavvur qiling, 
fingerlaringiz bilan nayni chalyapsiz. 
54. Heart [hart] – yurak; (Hard disk) tasavvur qiling, kompyuteringizning hard 
diskida yurak urib turibdi. 
55. Stomach [stomak] – qorin, oshqozon; (stomatolog) tasavvur qiling, qoriningiz 
og’riganida stomatologning ko’rigiga boryapsiz. 
56. Season [sizon] – fasl; (sezon) tasavvur qiling, har fasl almashganda, sevimli 
serialingizning yangi fasli chiqadi. 
57. Winter [vinter] – qish; (vinchester) tasavvur qiling, qish payti sovuqda 
kompyuteringizning vinchesterini tuzatishga ustaxona qidirib yuribsiz. 
58. Spring [spring] – bahor; (supuring) tasavvur qiling, bahor keldi, daraxtlar gullab, 
ular to’kilishni boshladi. Shuning uchun bu barglarni har kuni supuring. 
59. Summer [sammer] – yoz; (Lada samara) tasavvur qiling, yozning issiq kunlarida 
do’stlaringiz bilan Lada samara mashinasida toqqa dam olgani ketdingiz. 
60. Autumn (o’tum) – kuz; (o’tin) tassavvur qiling, kuz payti daraxtlar barglarini 
to’kkani uchun, daraxtlarni o’tin qilib chopib tashlayapsiz. 
61. Clothes [klo’z] – kiyimlar; (ko’z) tasavvur qiling, kiyimlaringizdan ko’zlar 
paydo bo’lib qolyapti, siz ulardan yashirina olmayapsiz. 
62. T-shirt [Ti-shyort] – futbolka; (Timati, shortik) tasavvur qiling, repper Timati 
sho’rtik kiyib olgan, ustida esa futbolka bor. Yangicha repperlar stili. 
63. Shirt [shyo’rt] – ko’ylak; (shortik) tasavvur qiling, qizlar ko’ylak bilan shortik 
kiyib olgan. Bu nimasi endi, qizlar ham sho’rtik kiyadimi ko’ylak bilan?! 
64. Sweater [svite] – sviter; (o’xshash so’zlar) shunchaki inglizlarga o’xshab sviter 
deyishga harakat qiling. 
65. Coat [ko’ut] – palto; (tushungandirsiz) tasavvur qiling, paltoni kiyib oldingiz, 
qayergaligini o’zingiz bilasiz. 
66. Jacket [jaket] – Jaket; (o’xshash so’zlar) shunchaki inglizlarga o’xshab jaket 
deyishga harakat qiling. 


67. Vest [vest] – nimcha; (vestminster) tasavvur qiling, vestminster talabalarining 
barchasi nimchada yurishadi. 
68. Pants [pants] – shim; (patnis) tasavvur qiling, ofitsiantlar patnisda shimlarni 
tashishyapti. 
69. Shorts [sho’rts] – shortik; (o’xshash so’zlar) shunchaki inglizlarga o’xshab 
sho’rts deyishga harakat qiling. 
70. Jeans [jins] – jinsi; (o’xshash so’zlar) shunchaki inglizlarga o’xshab jins 
deyishga harakat qiling. 
71. Skirt [skert] – yubka; (isqirt) tasavvur qiling, judayam isqirt yubkani bozorda 
sotishyapti. 
72. Dress [dres] – qizlar ko’ylagi; (adras) tasavvur qiling, hamma qizlar adras 
ko’ylak kiyib olishgan. Toshkent ko’chalarida bu judayam chiroyli ko’rinar ekan. 
73. Suit [syut] – kostyum; (sut) tasavvur qiling, sizning qora kostyumingizga 
do’stingiz sut to’kib yubordi. Kostyumingizning ba’zi bir joyi oq dog’ bo’lib qoldi. 
74. Underwear [andeveya] – ichki kiyim; (andava) tasavvur qiling, andava bilan 
ichki kiyimlarni ishqalayapsiz. 
75. Socks [so’ks] – paypoq; (sok) tasavvur qiling, paypoqlarni ezib, undan paypoqli 
soklar tayyorlashyapti. 
76. Slippers [slippers] – uy oyoq kiyimi (tapochka); (snikers) tasavvur qiling, 
tapochkangizning ichiga kimdir sizga syurpriz qilaman deb snikers solib qo’ygan 
ekan. Siz esa tapochkangizni kiyib olib, snikersni ezib qo’ydingiz. 
77. Sneakers [snikers] – krossovka; (snikers) tasavvur qiling, krossovkangizning 
ichiga ikkinchi marta yana snikers solib qo’yishibdi, siz esa yana uni bosib oldingiz. 
78. Shoes [shyuz] – tufli; (yuz) tasavvur qiling, odam tuflini yuziga kiysa nima 
bo’lar edi, judayam kulgili holat yuzaga keldi. 
79. Boots [buts] – etik; (butsi) tasavvur qiling, butsini cho’zib etik qilib qo’ydingiz. 
Qishda uni bemalol kiyasiz, yozda esa qirqib tashlashga to’g’ri keladi. 
80. Under [ander] – ostida; (tandir) tasavvur qiling, adirdagi tandir ostini 
titkilayapsiz. Tandir ostidan nima qidiryapsiz, buni o’zingiz ham bilmaysiz. 


81. Undershirt [andershyort] – mayka; (Under-ostida, shirt-ko’ylak) ko’ylak ostida 
faqatgina mayka bo’lishi mumkin. 
82. Underpants [anderpents] – ichki kiyim; (Under-ostida, pants-shim) shim ostida 
faqatgina ichki kiyim bo’lishi mumkin. 
83. Bathrobe [bazro’b] – xalat (hammomniki); (bass, robot) tasavvur qiling, bass 
chiqarayotgan robot ustiga xalat kiyib olgan. 
84. Pajamas [pejames] – pijama; (o’xshash so’zlar) shunchaki inglizlarga o’xshab 
pijamas deyishga harakat qiling. 
85. Sunglasses [sanglasses] – ko’zoynak; (san, gilossiz) tasavvur qiling, do’stingizga 
ko’zoynak berib, uning oynalariga gilos osib qo’ydingiz va “san gilossiz bu 
ko’zoynakni taqma” dedingiz. 
86. Gloves [glo’vs] – qo’lqop; (globus) tasavvur qiling, globusga qo’lqop kiydirib 
qo’ydingiz. 
87. Belt [belt] – kamar; (bel) belga taqadigan nima narsa bor? Albatta bu kamar. 
88. Tie [tay] – bo’yinbog’; (taylung) tasavvur qiling, Kung-Fu pandadagi taylung 
bo’yniga bo’yinbog’ taqib olgan. 
89. Backpack [bakpak] – ryukzak; (bak, paket) tasavvur qiling, ryukzakingizni 
mashinaning bakiga ilib qo’yib, ryukzakingizning ichidan paket olyapsiz. 
90. Umbrella [ambrella] – soyabon; (ombur, elak) tasavvur qiling, omburda elakni 
qiyshaytirib, o’zingizga soyabon yasab oldingiz. 
91. Scarf [skarf] – sharf; (o’xshash so’zlar) shunchaki inglizlarga o’xshab sharf 
deyishga harakat qiling. 
92. Hat [hat] – shlyapa; (xat) tasavvur qiling, shlyapangizga xat qistirib olgansiz, uni 
endi pochtaga olib borishingiz kerak. 
93. Cap [kep] – kepka; (o’xshash so’zlar) shunchaki -ka qo’shimchasini olib tashlab 
kep desangiz kifoya. 
94. Necklace [nekleys] – taqinchoq; (Neck-bo’yin, lays chipslari) tasavvur qiling, 
bo’yningizga “Lays” chipslaridan tayyorlangan taqinchoq osib oldingiz. 


95. Ring [ring] – uzuk; (ring) tasavvur qiling, ringda uzuklar sochilib yotibdi. 
Jangchilardan g’olib bo’lgani ushbu uzuklarni olib, kimgadir hadya qilishi mumkin. 
96. Earring [iyerring] – zirak; (ear-quloq, ring-uzuk) quloqqa taqiladigan uzuk – bu 
zirak bo’ladi. 
97. Sun [san] – quyosh; (san) tasavvur qiling, uyga kirsangiz quyosh o’tiribdi, siz 
uni “san nima qivossan” dib uni haydadingiz. 
98. Earth [ers] – yer; (iriska) tasavvur qiling, yer hammayoqda iriska bo’lib yotibdi. 
99. Square [skveya] – kvadrat; (skver) tasavvur qiling, skver maydoni kvadrat 
shaklga kelib qoldi. 
100. Rectangle [rektangl] – to’rtburchak; (rektor, angliyskiy) tasavvur qiling, boshi 
to’rtburchak rektor, angliyskiy o’qituvchisi. Uning gaplari ham to’rtburchak. 
101. Triangle [trayengl] – uchburchak; (traktor, yengil) tasavvur qiling, 
traktoringizni uchburchak holiga keltirdingiz, u esa yengil bo’lib qoldi. 
102. Circle [syorkl] – doira; (sirkul) tasavvur qiling, sirkulda doira chizyapsiz. 
103. Oval [o’vel] – oval (tuxumsimon); (o’xshash so’zlar) shunchaki inglizlarga 
o’xshab oval deb ayting. 
104. Cube [kyub] – kub; (o’xshash so’zlar) shunchaki inglizlarga o’xshab cube deb 
ayting. 
105. Cone [ko’n) – konus; (o’xshash so’zlar) faqatgina -us qo’shimchasini olib 
qo’ysangiz, ko’n bo’lib qoladi. 
106. Pyramid [piremid] – piramida; (o’xshash so’zlar) shunchaki inglizlarga o’xshab 
pyramid deb ayting. 
108. Tree [tri] – daraxt; (tirik) tasavvur qiling, daraxtlar xuddi tirikdek, ular siz bilan 
gaplashishyapti. 
109. Flowers [flovers] – gul; (flomaster) tasavvur qiling, flomaster bilan gullarni 
chizyapsiz, juda chiroyli chiqyapti. 


110. Bamboo [bembu] – bambuk; (o’xshash so’zlar) shunchaki inglizlarga o’xshab 
bamboo deb ayting. 
111. Rose [ro’uz] – atirgul; (ro’za) shunchaki rus tilidagi ro’za bilan bog’lab 
qo’yamiz. 
112. Tulip [tyulip] – lola; (tyulen) tasavvur qiling, tyulenlar lolalarni terib suvda 
o’ynashyapti. 
113. Daisy [deyzi] – romashka; (dezodorant) tasavvur qiling, romashka hidli 
dezodorant sotib oldingiz va hammayoqni romashka hidiga bulg’ab tashladingiz. 
114. Sunflower [sanflover] – kungaboqar; (sun-quyosh, flower-gul) quyoshga 
qaragan gul, albatta kungaboqar bo’ladi. 
115. Lily [lili] – nilufar; (Liliya) tasavvur qiling, Liliya ismli rus qiz sochiga nilufar 
gulini taqib olgan, eng qizig’i, Liliya Nilufar Usmonova bilan dugona ekan. 
116. Vegetables [vejiteybls] – sabzavotlar; (vegetarian) tasavvur qiling, siz 
vegetariansiz, faqat sabzavotlar iste’mol qilasiz. Go’sht yeyish mumkin emas. 
117. Cabbage [kebbij] – karam; (kembridj) tasavvur qiling, kembridj universitetida 
karamlar o’qiyapti. Studentlar yo’q, lekin faqat karamlar, o’qituvchilar ham 
karamlar. 
118. Carrot [kerro’t] – sabzi; (kereli o’t) tasavvur qiling, sabzini tepasidagi o’tiga 
qarab siz “bu kereli o’t” deyapsiz. 
119. Cucumber [kyukember] – bodring; (kiyik, anbar) tasavvur qiling, kiyik musk-
anbarlarni bodringlarga suritb chiqiyapti. 
120. Eggplant [eggplant] – baqlajon; (egar, planeta) tasavvur qiling, baqlajon egarni 
planetaga taqib, minyapti. 
121. Garlic [garlik] – sarimsoq piyoz; (Garri Potter, likopcha) tasavvur qiling, Garri 
likopchada sarimsoq piyozlarni tashiyapti. 
122. Onion [o’nion] – piyoz; (o’n, minyon) tasavvur qiling, o’nta minyon banan 
o’rniga piyoz talashib yuripti. 
123. Potato [poteyto’] – kartoshka; (Poti, to’y) tasavvur qiling, dugonangiz Potini 
to’yi bo’lyapti, siz uning to’yiga kartoshka olib bordingiz. 


124. Tomato [to’mato’] - pomidor; (tomat) tasavvur qiling, pomidorni ezib, undan 
ovqat uchun tomat tayyorlayapsiz. 
125. Pumpkin [pamkin] – qovoq; (pamada, kino) tasavvur qiling, qovoqqa pamada 
surish haqida kino suratga olishyapti. 
126. Meat [mit] – go’sht; (mitti) tasavvur qiling, likopchangizda mitti go’sht turipti. 
127. Beef [bif] – mol go’shti; (biip) tasavvur qiling, mol go’shtida signal bor. Unga 
bossangiz biip degan tovush chiqyapti. 
128. Sausage [so’sej] – sosiska; (o’xshash so’zlar) shunchaki inglizlarga o’xshab 
so’sej deb ayting. 
129. Nut [nat] – yong’oq; (natriy) tasavvur qiling, yong’oqda natriy sulfat kabi 
kislotalar bor. 
130. Pistachio [pestasheo] – pista; (pista, sher) tasavvur qiling, pistani sherlar chaqib 
o’tirishibdi. 
131. Fruit [frut] – meva; (Qurt) tasavvur qiling, mevalar qurtlab ketgan. Bog’bon 
bechora rosa yig’ladi. 
132. Apricot [eypriko’t] – o’rik; (aprikot) tasavvur qiling, o’rik bilan boks 
tushyapsiz, u sizga aprikot berib nokaut qildi. 
133. Cherry [cherri] – olcha; (Jerri) tasavvur qiling, Jerri olchani mazza qilib yeb 
o’tiripti. Tom esa bundan g’azablandi. 
134. Coconut [kokonat] – kokos; (kokos, nut-yong’oq) tasavvur qiling, kokosni 
ichidan nut (yong’oq) chiqyapti. 
135. Fig [fig] – anjir; (figura) tasavvur qiling, maneken figuraga anjir ilib 
qo’yishgan. 
136. Peach [pich] – shaftoli; (pech) tasavvur qiling, shaftolini pechda pishiryapsiz. 
137. Pear [per] – nok; (pari) tasavvur qiling, parilar nok yeyapti. 
138. Apple [eppl] – olma; (Apple kompyuterlari) tasavvur qiling, Apple 
kompyuterlarida olmaning rasmlari bor. 


139. Pineapple [payneppl] – ananas; (paynet, Apple) tasavvur qiling, paynetta Apple 
komyuterini ishlatadigan xodim, boshiga ananasni kiyib olibdi. 
140. Pomegranate [po’migranet] – anor; (pomidor, granata) tasavvur qiling, 
pomidorni granata qilib otyapsiz, sizga qarshi anorlarni otishyapti. 
141. Food [fuud] – taom; (futbol) tasavvur qiling, futbolda hamma o’yinchilar ovqat 
yeyishyapti. 
142. Animals [enimals] – hayvonlar; (animatsiya) tasavvur qiling, hayvonlardan 
animatsion film suratga olinyapti. 
143. Camel [kaml] – tuya; (Kamol So’ydarak) tasavvur qiling, Kamol tuyaga minib 
olib, Nihonni oldiga ketyapti. Aslida oq otda borishi kerak edi, ammo bu safar tuyada 
ketyapti. 
144. Wolf [vulf] – bo’ri; (qulf) tasavvur qiling, bo’riga qulf ilib qo’yishgan, shuning 
uchun u hozir hech kimni tishlamaydi. 
145. Lion [layn] – sher; (laym) tasavvur qiling, sherlar laym yeb bazm qilishyapti. 
146. Deer [dir] – bug’u; (tir) tasavvur qiling, tirda bug’uni boshini mo’ljalga olib o’q 
otyapsiz. 
147. Bear [ber] – ayiq; (ber) tasavvur qiling, bir ayiq oldingizga kelib, ber menga 
ber deyapti. Siz nimani berishingiz kerakligini bilmay o’tiribsiz. 
148. Monkey [manki] – maymun; (manti) tasavvur qiling, Kung-Fu pandadagi 
maymun manti yeyapti. 
149. Ostrich [o’strich] – tuyaqush; (stretch) tasavvur qiling, tuyaqushni stretchlab 
tashladingiz, u qimirlay olmayapti. 
150. Parrot [parro’t] – to’ti; (parot) tasavvur qiling, siz mening to’tim gapirishni 
biladi deb do’stingiz bilan 100$ ga garov o’ynadingiz, to’tingiz sizni parot qildi. U 
aynan shu payt gapirmay jim turdi. 



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling