- Tog’ay Murod asarlarining leksik-grammatik xususiyatlari
- Reja:
- 1. Tog’ay Murodning hayoti va ijodi
- 2. Tog’ay Murod asarlarining leksik xususiyatlari
- 3. Tog’ay Murod asarlarining grammatik xususiyatlari
- Adibning shu kungacha yozgan asarlari o`zbek milliy adabiyotining yetuk namunalaridan bo`ldi desak adashmaymiz.Bu asarlarning har birida adib Surxon vohasining sodda va kamtar xalqini,uning ichki va tashki qiyofasini,dardu alamlarini,orzu va armonlarini qo`shiq qilib kuylagan.
- O’zbek adabiyotining yirik vakili ,surxon vohasining chinakkam farzandi ,taniqli yozuvchi Togay Murod bir qator qissalari,va «Otamdan kolgan dalalar», «Bu dunyoda o`lib bo`lmaydi»romanlari bilan xalk mehrini qozondi.
- Adib nutqqa munosib rang berish, induvidual til va obraz yaratish, obrazlar xarakterini ochish uchun baycha, jigit, bova, xamsoya, ogil, korson, iyarmok, angnib yotmoq, yonashtirmoq kabi shevaga xos so`zlardan unumli foydalangan:»Jigitlarga daryo yoqasida angnib yotinglar deb tayinlab edim.» 40-bet
- «Bo`ldim-bo`ldim, Surxoni bo`ldim –baycha deyinda.»84- bet
- Frazeologik birikmalar suzlar kabi yaxlit bir ma’noni ifodalasada,lekin frazeologik ma’no kup jixatdan leksik ma’nodan fark kiladi.Frazeologik ma’noning xajmi leksik ma’noning xajmiga nisbatan keng va murakkabdir.
- Frazeologik birikmada stilistik bo`yoq juda kuchli buladi.
- Shuning uchun xam adib uz asarlarida frazeologik birikmalardan kup foydalangan:
- «Ogzingga talkon solganday mik etmay yurasan.»(189-bet) «Ayolimiz beshikka bagir berdi.»(186- bet.)
- Yozuvchi suz ma’nosini kuchaytirish uchun ularni takror kullaydi: «Bir juft okbadan-okbadan olabuji dala oralab boradi.»(9-bet.)
- «Oppok soch odam lunda-lunda suzlaydi,oppok soch odam munis-munis suzlaydi.»(59-bet)
- Ayniqsa asarda fe’llarni,fe’lning ravishdosh shaklini takror qo`llash hollari ko`p uchraydi.
- «Xudoni yodlab-yodlab ketmon chopadi.»(96-bet)
- Togay Murod asar mazmuni va tilini boyitish uchun xalk makollaridan unumli,mahorat bilan foydalangan.
- «Bo`laman degich el bir-birini botirim deydi,bo`lmayman degich el bir-birini etini yeydi.»(7-bet)
- «Otamdan qolgan dalalar»romani adibning eng katta yutuqlaridan biridir.Asar chinakkamiga o`zbek xalqiga qo`yilgan haykal bo`ldi desak adashmaymiz.Roman 1994 yil A.Qodiriy nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor buldi.Togay Murodning nafaqat bu asari,balki xar bir asari,undagi voqealar o`ziga xos takrorlanmas bo`yoqlarda maxorat bilan tasvirlanganki,ularni ta’sirlanmasdan o`qib bo`lmaydi.
- Togay Murod asarlari xar bir kitobxon uchun ilhom manbai bo`lib xizmat qiladi.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
- Normatov U. Kechmishdan qolgan armonlar. „Xalq soʻzi“ gazetasi, 16-iyul, 1993-yil.
- Solijonov Y. Erkinlikning ilk qaldirgʻochi. „Oʻzbekiston adabiyot va san'at“ gazetasi, 5-avgust 1994-yil.
- Said Ahmad. Togʻay Murod qoʻshiqlari. Kitob: Said Ahmad. Tanlangan asarlar. 3-jild, T.: „Sharq“, 2000, 238–242 betlar.
- Rahmon Qoʻchqor. „Oʻtgan kunlar“ning davomi… „Milliy tiklanish“ gazetasi, 5 dekabr 1995 yil.
- “Otamdan qolgan dalalar”. Tog`ay Murod.
Do'stlaringiz bilan baham: |